2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida


So‘z leksik ma’nosining ko‘chma ma’no yuzaga keltirishi



Yüklə 184 Kb.
səhifə9/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
6-ma\'ruza

So‘z leksik ma’nosining ko‘chma ma’no yuzaga keltirishi. So‘z leksik ma’nosining ko‘chma ma’no (ayrim adabiyotlarda ko‘chma ma’no) yuzaga keltirishi har bir tilda keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. U ekstralingvistik sababga ko‘ra ham, intralingvistik sababga ko‘ra ham yuzaga keladi. Ko‘plab lingvistik adabiyotlarda ko‘chma ma’noning yuzaga kelishida: 1. Metafora. 2. Metonimiya. 3. Sinekdoxa. 4. Vazifadoshlik kabilar ta’kidlab ko‘rsatilgan. Ammo M.Mirtojiyev o‘z asarlarida (doktorlik dissertatsiyasi, monografiya, darsliklarida) ko‘chma ma’no hosil bo‘lishining beshinchi yo‘li - tobelikni ham asoslab bergan. Biz bu borada ustozni ma’qullaymiz va so‘z leksik ma’nosi ko‘chishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud deb hisoblaymiz:
1. Metafora so‘z ma’lum leksik ma’nosining denotatiga boshqa bir denotat o‘xshashligi uchun ham uni ataganligi orqasida ko‘chma ma’no yuzaga keltirishdir. Masalan, darvoza so‘zi hovlidan ko‘chaga chiqadigan joydagi moslangan qurilmani anglatadi. Bu qurilmaga futbol yoki xokkey o‘yinida koptok yoki shayba kiritiladigan qurilma o‘xshaydi, ya’ni ularning denotatlari o‘xshash. Shuning uchun ular dervoza deb atalgan. Metoforaning sodir bo‘lishi deyarli barcha mustaqil leksemalarda kuzatiladi.
Metaforalar mohiyat e’tibori bilan 3 ko‘rinishga ega bo‘ladi: sof metaforalar, sinesteziyalar, jonlantirishlar.
Sof metaforalarda o‘zaro o‘xshatilgan denotatlarning biror belgisi, aniq va ko‘zga tashlanadigan belgisi asos qilib olingan bo‘ladi. Masalan, yuqorida keltirilgan darvoza leksemasida buni kuzatish mumkin.
Sinesteziyalarda hosil qiluvchi va ko‘chma ma’no denotatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik belgilarining ongdagi umumlashmasiga asoslanadi. Masalan, mayin yung va mayin ovoz birikmalaridagi mayin so‘zining bu ikki ma’nosi denotatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik bunda tusmollashga, ikkinchisida eshitishga asoslangan belgilar ta’siri haqidadir.
Jonlantirishlarda jonli narsa nomi bilan jonsiz narsa yoki voqelikni, umuman, jonli narsaga xos belgi, harakat yoki holat nomi bilan jonsiz narsaga xos belgi, harakat yoki holatni atash va bunda o‘xshatishga asoslanish orqali mazkur nomda ko‘chma ma’no yuzaga keltirishdir. Bu hodisa tilshunoslikka oid ayrim adabiyotlarda personifikatsiya deb ham yuritiladi.
2. Metonimiya so‘z ma’lum leksik ma’nosi denotati boshqa bir denotat bilan zamon va makonda o‘zaro aloqador bo‘lganligi uchun uni ham ataganligi orqasida ko‘chma ma’no yuzaga keltirishidir. Masalan, etak so‘zi “kiyimning pastki qismi” ma’nosiga ega. Undan “beldan pastga tutiladigan buyum” ma’nosi hosil qilingan. Keyingi ma’no denotati, ya’ni buyum o‘rnashish o‘rniga ko‘ra avvalgi ma’no denotati bilan aloqador. Shunga ko‘ra etak so‘zida metonimik ko‘chma ma’no yuzaga kelgan.
3. Sinekdoxa so‘z ma’lum leksik ma’nosining denotati bilan boshqa bir denotat biri ikkinchisiga bo‘lak yoki aksincha butun bo‘lish munosabatiga egaligi, uni ham ataganligi orqasida ko‘chma ma’no yuzaga kelishidir. Masalan, vatan so‘zi “ma’lum shaxsning daxlsiz hududi” leksik ma’nosiga ega. Undan esa “ma’lum xalqning daxlsiz hududi” ma’nosi hosil qilingan. Bu ma’nolar denotatiga e’tibor qilinsa, ikkinchi denotat tarkibida birinchi denotat joylashgan, uning bo‘lagi hisoblanadi. Xalqimizda “farzandga zor” ma’nosi “tirnoqqa zor” bilan berilishi ham sinekdoxaga asoslanadi, ya’ni bunda butunning nomi bilan qism, qismning nomi bilan butunni atash mumkin bo‘ladi.
4. Vazifadoshlik so‘z ma’lum leksik ma’nosining denotati eskirib iste’moldan chiqib ketishi va o‘rniga boshqa denotat kelib uning vazifasini olishi sababli uni ham ataganligi orqasida ko‘chma ma’no yuzaga keltirilishidir. Masalan, quvur so‘zi avval tegirmon novini bildirgan. Hozir esa ichidan suv oqiziladigan metall yoki asbest moslamani bildiradi. Yana otlanmoq fe’lini olaylik. U ilgari ‘‘otga minmoq” ma’nosini berardi, hozir esa “biror joyga borishga hozirlanmoq” ma’nosini bildiradi.
5. Tobelilik so‘z ma’lum leksik ma’nosining denotati o‘z faoliyati yoki asosiga ko‘ra ikkinchi bir denotatni yuzaga keltirishi munosabatiga egaligi uchun, uni ham ataganligi orqasida ko‘chma ma’no yuzaga keltirilishidir. Mantiqan ham anglashiladiki, hosil qiluvchi ma’no denotatining mavjudligi ko‘chma ma’no denotatining mavjudligi uchun asosdir, ya’ni ko‘chma ma’no denotati hosil qiluvchi ma’no denotati mavjudligi bilan bog‘liq holda, unga tobe holda mavjuddir. Masalan, musht so‘zining ko‘chma ma’no yuzaga keltirishi tobelilik hisoblanadi. Musht so‘zi “qo‘lning barmoqlari belga tugilgan qismi” ma’nosiga ega edi. Shu ma’no denotati bilan berilgan zarb ham shu so‘zda ifodalanadi. Zarbni bildirgan ma’no ko‘chma (ko‘chma) ma’nodir. Turgan gapki, musht bo‘lmasa, uning zarbi ham bo‘lmaydi.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə