2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida



Yüklə 184 Kb.
səhifə7/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
6-ma\'ruza

Atash semalari. Atash semalari - semema tarkibidagi nomlash, atash semalaridir, ayrim olimlar uni ideografik sema deb ham nomlaydilar. Masalan, olma so‘zidagi “ko‘p yillik mevali daraxt”, “shu daraxtning mevasi” semalari atash semalaridir.
Ifoda semalari. Ifoda semalari - semema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralaridir, ular so‘zda ko‘chma ma’no hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ular leksemalarmi atashdan, nomlashdan tashqari, shaxsiy munosabatlarini ifodalashga yoki shu leksemaning qo‘llanish doirasini belgilashga ham xizmat qilishi mumkin. Ayrim leksemalaming semantik strukturasida ifoda semasi (konnotativ ma’no) nutqiy matndan tashqarida ham voqelanadi, ya’ni leksema - so‘z shu ma’no bilan “tug‘ilgan bo‘ladi”, ular til sifatida ham nutq birligi sifatida ham ifoda semasiga ega. Bu hodisa tilshunoslik nazariyasida ingerent konnotatsiya deyiladi. Masalan, quyidagi leksemalarda ifoda semasi yetakchilik qiladi: turq, bashara, likillamoq, dikillamoq va b. Ba’zi leksemalar esa ifoda semasiga (konnotativ ma’noga) ma’lum nutqiy matnda ega bo‘lishi mumkin. Bu hodisa tilshunoslik nazariyasida adgerent konnotatsiya deyiladi. Masalan, shirin leksemasini olib ko‘raylik. Unda birinchi navbatda atash semasi yetakchilik qiladi, til birligi sifatida unda ifoda semasi yo‘q. Ammo muayyan mantda (nutqiy vaziyatda) unga ifoda semasi yuklanadi va u ham konnotativ ma’no bildiradi: shirin bola, shiringina qizcha kabi.
Atash semalari bilan ifoda semalari bir-biri bilan teskari proporsional munosabatda: biri kuchaysa biri pasayadi. Masalan, "tulki" so‘zida atash semasi yetakchilik qilsa (masalan, Kecha dashtda oq tulkini ko‘rdim, gapida) ifoda semasi kuchsizlanadi, u - yo‘q. Ammo ushbu so‘zda ifoda semasi kuchaytirilsa (masalan, Katta amakim - g‘irt tulki, gapida) atash semasi yo‘qqa chiqadi.
Vazifa semalari. Vazifa semalari haqida ham o‘zbek tilshunosligida turlicha fikrlar mavjud. H.Ne’matov va R.Rasulovlarning vazifa semasi haqidagi fikrlari quyidagicha: “Vazifa semalari semema tarkibiga kiruvchi va leksemaning nutqda qanday vazifalarda kela olishini bildiruvchi semalardir. Vazifa semalari leksemaning birikuvchanligini (sintaktik valentligini) ham belgilab keladi”.
H. Jamolxonovning fikricha: “Vazifa semalari ham semema tarkibiga kiradi, ammo ular atash, ifodalash bilan birga leksemalarning nutqda o‘zaro birika olishini (valentligini), shu orqali gapda ma’lum vazifa bajarishini belgilaydi. Masalan, choy leksemasining sememasi tarkibida “qayta ishlangan”, “suyuqlik”, “ichimlik”, “quruq”, “choy o‘simligi" semalari bor. Bu semalar choy leksemasining o‘stirmoq, Ichmoq, qaynamoq va damlamoq fe’llari bilan birika olishini ta’minlaydi: choy o‘stirmoq, choy ichmoq, choy qaynatmoq, choyni damlamoq va b.”
A.Hojiyev esa leksema sememasida umuman vazifa semasi yo‘q deb hisoblaydi94. Uning fikricha, vazifa semasi yasama so‘z va so‘z shakllarida bo‘lishi mumkin.
Bizningcha, sememaning semantik tarkibi atash va ifoda semalaridan iboratdir. Bu mustaqil leksemalardagi vaziyat, binobarin vazifa semasi faqat yordamchi so‘z turkumlariga xos so‘zlarda mavjud. Yordamchi so‘z turkumlari doirasiga kiruvchi birliklarda atash va ifoda semasi bo‘lmaydi, ammo ularda vazifa semasi bo‘lishi mumkin. Chunki ular gap tarkibida vazifa bajarishga (bog‘lash, munosabatni ifodalash va b.) xoslangan.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə