Semema va nutqiy ma'no, sema va uning turlari Fayzullayeva Laylo Xasanovna



Yüklə 17,1 Kb.
tarix14.05.2023
ölçüsü17,1 Kb.
#110236
Semema va nutqiy ma


Semema va nutqiy ma'no, sema va uning turlari

Fayzullayeva Laylo Xasanovna
Termiz davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu tezisda leksima, semema termining lug’aviy ma’nosi, sema va uning turlari; denotativ, konotativ, funksional semalar, semema va nutqiy ma’no haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: semema, sema, leksema, atash semasi, ifoda semasi, vazifa semasi, nutqiy ma’no, umumiy sema, farqlovchi sema.

Kirish
Tilshunosligimizda tilning mazmun tomonidan mustaqil birligi sanalib kelinayotgan semema va uning tarkibiy qismlari, sememani tashkil etuvchilar semalarga bo’linishi hozirda to’la tan olingan. Sh.Rahmatullayev, I.Qo’chqortoyev, H.Ne’matov, R.Rasulov va boshqalarning tadqiqotlari vositasida bu tushunchalar o’zbek tilshunosligida to’la ommalashdi.
Asosiy qism
Sememaning asosiy xususiyati shundaki, u jamiyat a’zolari ongida tayyor holda bo’ladi. Nutqiy ma’no esa so’zlovchining nutqi davomida namoyon bo’ladi. Semema barqaror va o’zgarmasdir. Chunki u ma’lum bir qolip asosida ongimizda bo’ladi. Nutqiy ma’no esa beqaror va o’zgaruvchandir. Chunki ongimizdagi semema nutqimizga chiqqanda turli ko’rinishda namoyon bo’ladi. Semema chekli, nutqiy ma’no esa cheklanmagan bo’ladi. Semema ma’lum bir qolipda bo’lsada, u nutqqa chiqqanda o’zgaradi. Semema ijtimoiy bo’lib, u til a’zolari tomonidan umumiylikka xos. Nutqiy ma’no individuallikka xos. Chunki u bir kishi nutqida namoyon bo’ladi. Sememaning umri uzoq, nutqiy ma’noniki esa qisqa. Chunki nutq tugaganda joyda unda foydalanilgan unsurlarning o’rni ham tugaydi. Semema ko’pchilik tomonidan qabul qilingan, nutqiy ma’no esa ayni bir shaxsga tegishlidir.
Leksemalar butunlik sifatida nomema va sememadan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig’i nomema bo’lsa, ichki qobig’i sememadir. Narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchlarning ongdagi tasviri semema hisoblanadi. Birorta leksemaning sememasi boshqa bir leksemaning sememasiga o’xshash bo’lmaydi. Ular bir-birini takrorlamaydi. Ikkita leksemaning sememasida ham farq bo’ladi. Misol uchun, [do’st] va [oshna] leksemalari ham sinonim hisoblansada, ammo ular uslubiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. [do’st] leksemasi adabiy uslubga, [oshna] leksemasi esa so’zlashuv uslubiga xosdir. Shunday ekan bir xil sememaga ega ikkita leksema yo’q. Har qanday butunlik bo’lakdan tashkil topganidek, semema ham bo’lakdan tashkil topgan. Tilshunoslikda sememaning unsuri sifatida sema olinadi. Leksema va semema haqida tilshunos olim Sh.Rahmatullayev shunday fikr yuritadi: “Biz analiz yo’liga, ya’ni nutqdan tilga borish yo’liga o’rganib ketganmiz. Albatta, konkret birlikdan (so’zformadan) abstrakt birliklarga (so’zformani tarkib toptiruvchi birliklarga) borish oson ko’chadi. Shu yo’l bilan borib, so’zforma tarkibida leksik ma’no anglatuvchi qismni ajratamiz va uni leksik birlik deb nomlaymiz. Asli leksik ma’no anglatuvchi til birligiga leksima deyiladi”. Tilshunos Sh.Rahmatullayev sememaga ega birliknigina leksima sifatida baholaydi.
Leksik-semantik guruhga oid sememalardagi semalar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga ko’ra ikki asosiy turga bo’linadi: umumiy, birlashtiruvchi (integral) sema va farqlovchi (differensial) sema.
Umumiy sema – bir semantik maydondagi sememalarni tutashtiruvchi sema.
Farqlovchi sema – ko’p ma’noli so’z sememalaridan har birining o’ziga xos bo’lgan, ular sememasini bir-biridan farqlaydigan sema.
Sema mohiyatiga ko’ra uch guruhga bo’linadi. Bular quyidagilar;
1.atash semasi (denotative sema)
2.ifoda semasi (konotativ sema)
3.vazifa semasi (funksional sema)
Atash semasi borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holat, miqdorni nomlovchi semadir.
Ifoda semasi semema tarkibidagi turli qo’shimcha ma’no uslubiy bo’yoq, qo’llanish doirasi, davr va shaxsiy munosabatni atovchi semadir.
Vazifa semasi leksemaning valentlik imkoniyatini, tafakkurimizda qanday qolipni egallashini bildiruvchi semadir.
Leksema sememasi tarkibida atash semalari eng muhim, belgilovchi hisoblanadi.
Xulosa
Xullas, semalar mohiyatiga ko’ra guruhlarga bo’lindi. Bular quyidagilar; atash, ifoda, vazifa semalari. Bitta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasidan farq qiladi. Semalar umumlashtirish va farqlash jihatidan ham farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.I.Qo’chqortoyev So’z ma’nosi va uning valentligi. Toshkent, 1977.
2.H.Jamolxonov “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. 2005
3.Sh.Rahmatullayev Semema – mustaqil so’z birligi // o’zbek tili va adabiyoti, 1984, 5-son
4.R.Sayfullayeva “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. Toshkent, 2009.
Yüklə 17,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə