2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida



Yüklə 184 Kb.
səhifə15/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
6-ma\'ruza

Antonimiya. Bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar antonimlar deyiladi. Antonim so‘zlarning xususiyati shundaki, ularning biri ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yilib, birining mazmuni ikkinchisini inkor etadi, birinchisining ma’nosi ikkinchisiga qarshi qo‘yiladi. Shuning uchun bu so‘zlarning birini aytish bilanoq unga qarama-qarshi tushuncha esga tushiriladi. Masalan, oq-qora, issiq-sovuq, kirish-chiqish, oriq-semiz, past-baland kabi.
Har bir so‘zning antonimi bo‘lavermaydi. Masalan: magazin, kitob, institut, daryo, tog‘ kabi so‘zlarning antonimi yo‘q. Antonimlar predmet belgisini bildiradigan so‘zlarda ko‘p uchraydi. Masalan, yaxshi-yomon, chiroyli-xunuk kabi. Bir so‘zning bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shakllari o‘zaro bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilsa ham antonimlar qatoriga kirmaydi. Masalan, o‘qigan-o‘qimagan, kelgan-kelmagan kabi. Ba’zi bir so‘z birikmalarida, xususan, tarkibida termin bo‘lib qolgan so‘z birikmalarida antonimlik xususiyatini yo‘qotib, umuman predmet nomini bildirishi mumkin. Masalan, oq-qora antonim, lekin oq gul deganimizda qora gulni ko‘z oldimizga keltirmaymiz. Shuningdek, qora metallurgiya, qora kuch birikmalari tarkibida ham qora so‘zining antonimlik xususiyatini yo‘qotib, bu birikmalar ma’lum sohaga doir terminlarga aylangan.
Antonim so‘zlar nutqda predmet, hodisa va ularning belgilarini solishtirib ko‘rishda, bir-biriga qarama-qarshi qilib ko‘rsatishda va fikrimizni, his-tuyg‘ularimizni ta’sirli, aniq-ravshan ifodalashga juda katta yordam beradi.
Kontekstual antonimiya o‘zaro zid ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum kontekst ichida so‘zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritilishidir. Buni quyidagi she’riy misralar tahlilida ko‘rish mumkin:
Ushoq qand oq tuzga monand erur,
Va lekin biri tuz, biri qand erur.
Bu misolda qo‘llangan qand va tuz so‘zlari aslida antonimlar emas, ammo birinchi misolning ikkinchi misrasida tuz va qand leksemalari muallifning leksik qo‘llashi natijasida “achchiq” va “shirin” ma’nolarini ifoda etib, kontekstual antonimiya hosil qilgan.
Bunday qo‘llanish olmoshlarda va sonlarda ham uchraydi:
Bir u deydi, bir bu deydi, deganda u va bu olmoshlarida kontekstual zidlanish bor. Bu quyidagi she’riy misrada ham o‘z aksini topgan:
Sichqonlarga nisbatan
Poyloqchiman, to‘g‘riman.
Ко ‘rsam tekin go ‘sht ba ‘zan
Chidolmayman — o‘g‘riman.
Leksik antonimiya leksemalarning bir-biriga zid ma’no anglatishi asosida guruhlanishidir: oq va qora, qalin va yupqa kabi.
Antonimiya hodisasi, asosan, bir so‘z turkumi leksemalari doirasida yuz beradi. Sifatlar: a) hajmi belgisiga ko‘ra: issiq-sovuq; b) yosh belgisiga ko‘ra: yosh-qari; d) xarakter-xususiyati belgisiga ko‘ra; saxiy-xasis, botir-qo‘rqoq, aqlli-ahmoq; e) shakl-belgisiga ko‘ra; to‘g‘ri-egri; f) maza-ta’m belgisiga ko‘ra; achchiq-shirin kabi. Payt, holat, miqdor ma’noli leksemalar doirasida ham antonimiya hodisasi keng tarqalgan: a) kecha-ertaga, avvalokeyin (payt belgisiga ko‘ra), b) tez-sekin, arang-bemalol (holat belgisiga ko‘ra), d) ko‘p-oz, mo‘l-kam (miqdor belgisiga ko‘ra) va boshqalar. Bunday leksemalarning sifat yoki ravish turkumiga mansubligi keyingi yillarda bir qadar munozarali bo‘lib qolmoqda.
Otlarda: a) belgi otlarida: boylik va kambag‘allik; b) qarama-qarshi tomon nomlarida: sharq va g‘arb; d) fasl nomlarida: yoz va qish, kuz va bahor; e) sutkaning qarama-qarshi tomonlarini ifodalovchi nomlarida: kecha va kunduz, tong va shom kabi.
Fe’llarda: a) qarama-qarshi harakat ma’nolarini ifodalovchi fe’llarda: bormoq va kelmoq; b) sifat yoki ravishdan yasalgan fe’llarda: kengaymoq va toraymoq, sekinlashmoq va tezlashmoq kabi.
Ba’zan fe’lning sifatdosh shakli sifat turkumidagi leksema bilan anatomik munosabatlarga kirishi mumkin: o‘qigan va bilimsiz, o‘qimagan va bilimli kabi. Antonimiya hodisasi sifat turkumida keng tarqalgan, ot va fe’llarda biroz kamroq uchraydi, olmosh va sonlarda esa bo‘lmaydi.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə