2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida



Yüklə 184 Kb.
səhifə18/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
6-ma\'ruza

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Butun
Graduonimiya. “Moddiy borliqdagi voqea va hodisalar so‘z orqali bizning hayotimizga ko‘chadi. So‘z kundalik turmushimizning o‘ziga hos ko‘zgusidir. U muayyan xalqning hayotiga kirish, bilim olish uchun bebaho kalitdir” — deb yozadi rus tilshunoslari E.M.Vereshchagin va V.O.Kostamarovlar. Haqiqatan ham, hayotimizdagi bor voqea va hodisalar tilda o ‘z lisoniy ifodasini so‘zlar orqali topar ekan, ular o‘rtasidagi turli semantik munosabatlar olimlar diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Bular ichida graduonimik (darajalanish) hodisasini tilshunoslikda ko‘p bora o‘rganilganligini kuzatish mumkin. Dunyo tilshunosligida J.Lokk, E.Sepir, D.Bolinjer, Yu.D.Apresyan, Yu.S.Stepanov, L.N.Tolstoy, I.V.Chervenkova, T.N.Grigorenko kabi olimlar tomonidan graduonimik (darajalanish) haqida qimmatli fikrlar bildirilgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida bu masala S.G‘iyosov, E.Begmatov, H.Ne’matov, R.Rasulov, R Safarova, M.Narziyeva, M.Fayzullayevlar tomonidan ko‘rib chiqilgan. O‘zbek tilshunosligida hatto graduonimik (darajalanish) munosabatiga bag‘ishlangan maxsus, aytish mumkinki, fundamental tadqiqotlar yaratilgan.
Demak, graduonimiya - leksemalaming ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishidir. Masalan:
firma —>shirkat —> kompaniya —> holding;
go‘dak —> bola —> o‘spirin —> yigit —> kishi —> erkak —> chol;
go‘dak —> bola —> qiz —> o‘smir —> ayol —> kampir;
sirli —> yashirin —> maxfiy;
buzmoq —> sindirmoq —> abjag‘ini chiqarmoq;
yalinmoq —> yolbormoq; baqirmoq —> chinqirmoq —> o‘kirmoq;
usul —> tartib —> qoida; yakun —> nihoya —> pirovard natija.
Sistem leksikologiya nuqtayi nazaridan qaraladigan bo‘lsa, graduonimik munosabatdagi leksemalar denotatida o‘zgarish bo‘lishini kuzatish mumkin. Sinonimik munosabatdagi leksemalar denotatida o‘zgarish bo‘lmaydi. Shu xususiyati bilan graduonimiya sinonimiyadan farq qiladi.
Partonimiya. Borliqdagi har bir narsa, hodisa, jarayon bizning ko‘z oldimizda alohida butunlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular ma’lum bir qismlardan, bo‘laklardan, komponentlardan tashkil topadi. Bu qismlar, bo‘laklar, komponentlar bir-biri bilan bog‘lanib yagona bir yaxlitlikni, sistemani tashkil qiladi. Butun - o‘zaro dialektik aloqada bo‘lgan qismlar, bo‘laklar, komponentlar, elementlarning uzviy birligidan iborat bo‘lgan yaxlit narsa, hodisa, jarayon. Qism - butunni tashkil qilgan,uning tarkibiga kirgan bo‘lak, element, komponentdir. Real borliqdagi butun-bo‘lak munosabati tilshunoslarning ham diqqatini tortib, uni tilga tatbiq etishlariga sabab bo‘ldi. Rus olimi M.V. Nikitin bu hodisani nazariy jihatdan asoslab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. U butun tushunchasini xolonim, qism tushunchasini meronim yoki partonim deb atashni taklif qilgan. O‘zbek tilshunosligida tildagi bu hodisaga birinchi bo‘lib E.Begmatov, H.Ne’matov, R.Rasulovlarning “Leksik makrosistema va uning tadqiq metodikasi” (Sistem leksikologiya tezislari) maqolasida e’tibor berilgan. Keyinchalik B.Qilichev bu masalada maxsus monografik tadqiqot yaratdi1. Shuningdek, A.Sobirovning monografiyasida ham partonimik munosabat haqida izchil fikrlar bildirilgan.
Demak, partonimiya leksemalarning ma’no guruhlarida butun-bo‘lak munosabatlarining ifodalanishidir. Shunga ko‘ra partonimik munosabatda alohida olingan uzv (a’zo)ning uni tashkil qilayotgan ichki a’zolari bilan munosabati ko‘rib chiqiladi.
Masalan:

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə