2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida



Yüklə 184 Kb.
səhifə17/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
6-ma\'ruza

Giponimiya. O‘zbek tilshunosligida leksika tavsifiga bag‘ishlab yaratilgan ayrim monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida leksemalar o‘rtasidagi semantik munosabatlar sifatida faqatgina sinonimiya va antonimiya ko‘rsatib kelindi. Bu esa o‘z-o‘zidan muayyan cheklanish hisoblanadi. Zero, dunyo tilshunoslik nazariyasida leksemalar o‘rtasidagi semantik munosabatlarning yana boshqa turlari haqida ma’lumot berilgan va ular yuzasidan izchil tadqiqotlar yaratilgan. Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida ham bu borada izlanishlar yuzaga kela boshladi. Xususan, E.Begmatov; H.Ne’matov, R.Rasulovlarning maxsus maqolasi, R.Safarova va A.Sobirovlarning monografiyalarida, H.Jamolxonovning darsligida leksemalar o‘rtasidagi semantik munosabatlarning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berilgan. Biz ham ushbu darslikda leksemalar o‘ratasidagi semantik munosabatlar sifatida giponimiya, graduonimiya va partonimiya haqida ma’lumot berib, ular haqidagi bilimlarni talabalarga o‘rgatish zarur deb bildik.
Ma’lumki, real borliqqa ko‘p sonli paradigmalardan iborat bo‘lgan ulkan va murakkab sistema sifatida qarash hamda uning in’ikosini inson tilidan qidirish natijasida g‘arb tilshunosligi o‘tgan asrda juda ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, Jon Rey, Karl Linney; Charlz Darvin kabi botanik va biolog olimlar tomonidan o‘simliklar va hayvonlar sistematikasiga kirtilgan jins-tur munosabati keyinchalik til birliklariga nisbatan ham tatbiq etila boshlandi". 1968- yilda ingliz olimi Dj.Layonz tomonidan giponimiya, giperonim, giponim so‘zlari jins-tur munosabatini ifodalovchi atamalar sifatida tilshunoslikka olib kirildi. Uning 1977-yilda Londonda bosilib chiqqan “Semantika” kitobida giponimiya haqida to‘liq ma’lumot berilgan. Giponimiya hodisasi fransuz tilshunosi V.Gak, rus tilshunoslari Yu.S.Stepanov, A.A.Ufimsteva, L.A.Novikov, M.V.Nikitinlar tomonidan keng tadqiq qilingan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligida bu haqda “O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” o‘quv qo‘llanmasida, R.Safarova va A.Sobirovning monografiyalarida fikr bildirilgan. Xususan, A.Sobirovning monografiyasida ta’kidlanishicha: “Muayyan turlarga nisbatan umumiy ma’noni ifodalovchi va semantik maydonning yadrosi (markazida) keluvchi bosh so‘zga, dominantaga nisbatan giperonim atamasi ishlatiladi. Bu so‘z jinsni bildiradi. Giponim ma’lum bir jinsning turini bildiruvchi leksik birlik sifatida yuzaga chiqadi. O‘zi bilan teng qiymatga ega bo‘lgan turdosh giponimlar bilan birgalikda giperonimga tobe bo‘ladi”. Demak, giponimiya - lug‘at boyligidagi leksemalarning pog‘onali aloqasidan kelib chiqadigan semantik munosabatlaridir. Bunday munosabatlarning mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalayotgan leksemalar kengroq tushuncha yoki ma’no ifodalayotgan leksemalar bilan tur (giponim) va jins (giperonim) aloqasida bo‘ladi. Masalan, "hayvon” va “o‘simlik” giponimining (turining, katta tushunchaning) giporonimlarini (unga nisbatan kichkina, shu tushuncha tarkibiga kiruvchi tushunchani) ko‘rib chiqamiz. Hayvon - bosh giponim, u ham yana bo‘linish hosil qiladi: 1) yovvoyi hayvonlar (giponim); 2) uy hayvonlari (giponim) va b. 1) yovvoyi hayvonlarning gipernomlari - yo‘lbars, maymun, sirtlon, echkiemar va b.; 2) uy hayvonlarining giperonimlari - sigir, ot, echki, tuya, qo‘y va b. O‘simlik - bosh giponim, u yana 1) daraxt; 2) gullar; 3) boshoqli o‘simliklar va boshqa turlarga bo‘linib ketadi. 1) Daraxtning gipernomlari - olma, behi, (terak, tol, sada, bereza va b.; 2) gullarning giperonimlari - gvozdika, atirgul, orxideya va b.; 3) boshoqli o‘simliklarning giperonimlari - sholi, bug‘doy va b.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə