2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida


Leksikologiyaning turlari



Yüklə 184 Kb.
səhifə2/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
6-ma\'ruza

Leksikologiyaning turlari. Leksikologiya barcha tillarning so‘z boylikligi taraqqiyotiga xos umumnazariy masalalar bilan birga, ayrim olingan muayyan bir tilning lug‘at boyligi masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Shunga ko‘ra umumiy leksikologiya va xususiy leksikologiyaga bo‘linadi.
1. Umumiy leksikologiya barcha tillarning boyligini, ularning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
2. Xususiy leksikologiya esa faqat bir tilning lug‘at boyligini o‘rganadi. Masalan, o‘zbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi kabi.
Xususiy leksikologiya o‘z navbatida tavsifiy (sinxron) va tarixiy (diaxron) leksikologiyaga bo‘linadi:
n) tavsifiy (sinxron) leksikologiyada ayrim olingan bir tilning, masalan, o‘zbek tilining leksikasi statik holatda - shu til leksikasining avvalgi taraqqiyoti dinamikasiga bog‘lanmay o‘rganiladi, shunga ko‘ra u sinxron leksikologiya sanaladi.
b) tarixiy leksikologiyada ayrim olingan bir tilning leksikasi dinamik holatda - tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan bog‘lab o‘rganiladi, shunga ko‘ra u tarixiy (diaxron) leksikologiya hisoblanadi.
3. Qiyosiy leksikologiyada qardosh tillar leksikasi va ular o‘rtasidagi bir xillik hamda tafovutlar, tafovutlar sabablari, Nomasiologik va frazeologik umumiyliklar solishtiriladi.
Leksikologiyaning bo‘limlari. Leksikologiya quyidagi bo‘limlarni qamrab oladi:
1. Semasiologiya til birliklarini ma’no jihatdan o‘rganadi. Unda so‘zning shakl va ma’nosi izohlanadi. Semasiologiyada tilning barcha ma’no anglatuvchi birliklarini tahlil qiladi.
2. Leksikografiya til tarkibida so‘zlarni ma’lum tartib va maqsad asosida yozma ravishda to‘plab, lug‘at tuzish masalalarini o‘rganadi.
3. Onomasiologiya narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o‘rganadi.
4. Etimologiya so‘zlarning kelib chiqish masalalarini ham shakl, ham ma’no jihatidan o‘rganadi.
5. Frazeologiya tilning turg‘un birikmalarini o‘rganadi.
6. Onomastika atoqli otlarni o‘rganadigan fan. U 9 bo‘limdan iborat:
1) antroponimika - shaxs bildiruvchi atoqli otlari o‘rganadi;
2) toponimika - geografik obyektni bildiruvchi atoqli otlarni o‘rganadi, u 3 ga bo‘linadi: a) oykonimika - shahar, qishloq nomlari;
b) oronimika — yer ustidagi relyef nomlari;
d) urbanomimika -shaharning ichki obyektlarini o‘rganadi;
3) zoonimika - hayvonlarga qo‘yilgan atoqli otlarni o‘rganadi;
4) gidrononimika - suv havzalari va inshootlariga qo‘yilgan atoqli otlarni o‘rganadi, u ham 3 ga bo‘linadi:
a) pelagonimika – dengiz nomlari; b) limnonimika - ko‘l va kechuv nomlari:
d) otanonimika- daryo nomlari:
5) teonimika - ilohiy kuchlarga qo‘yilgan atoqli otlarni o‘rganadi;
6) kosmonimika - kosmik fazo zonasidagi atoqli otlarni o‘rganadi;
7) astronimika - ayrim osmon jismlariga qo‘yilgan atoqli otlarni o‘rganadi;
8) xrononimika - ijtimoiy ahamiyat kasb etgan ma’lum voqeani bildiruvchi vaqt bo‘laklarining nomlarini o‘rganadi;
9) fitonimika - ayrim o‘simliklarga qo‘yilgan atoqli otlarni o‘rganadi.
7. Etnonimika - millatlarning nomlarini o‘rganadi.
8. Terminologiya - terminlarni o‘rganadi.



Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə