2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida


Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat)



Yüklə 184 Kb.
səhifə5/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
6-ma\'ruza

Leksik ma’no (denotat) va tushuncha (signifikat). Leksemalar o‘z ma’nosi bilan, aytilganidek, obyektiv borliqdagi narsa, harakat, belgi kabilarning konkret (aynan) o‘zini emas, balki u haqidagi tushunchani ifodalaydi. Leksema — so‘z orqali nomlanuvchi (ataluvchi) voqelik, narsa-buyum denotat deb ataladi. Denotat lotincha denotate - “belgilamoq” so‘zidan olingan. Tilshunoslikda referent termini denotatga sinonim holda ishlatiladi.
Tushuncha (signifikat) esa obyektiv borliqdagi narsa-hodisalarning kishi ongida umumlashgan tarzidagi in’ikosidir. Tushuncha mantiqiy kategoriya bo‘lib, u tafakkurga xos; leksik ma’no va uni ifodalovchi leksema esa tilga oid, til strukturasiga tegishlidir. So‘z ma’noni bildiradi, ammo har bir so‘z tushuncha anglatishi shart emas (masalan, yordamchi so‘zlarda tushuncha bo‘lmaydi). Demak, tushunchani faqat nomlovchi so‘zlar, asosan, leksemalar anglatadi.
Bir polisemantik leksema-semema bir necha tushunchani o‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko‘ra semema va tushuncha har doim ham mos kelavermaydi. Bir leksemaga bir tushunchanining to‘liq mos kelishini faqat terminlarda kuzatish mumkin.
Professor A.Sobirovning fikricha, denotat, tushuncha va so‘z (leksema) o‘rtasidagi munosabatlarda: predmet (denotat) — umumlashma obraz (signifikat) — asos (markaziy ma’no) —> ust (qo‘shimcha ma’no)— leksema — so‘z (belgi) qoidasiga amal qilinadi. Ya’ni bu qoidani quyidagicha tushuntirish mumkin: dastlab biror predmet (denotat) paydo bo‘ladi, keyin u haqda tushuncha (signifikat) yuzaga keladi, so‘ngra unga asosiy ma’no (qo‘shimcha ma’nolar) tayinlanadi, tanlanadi undan so‘ng uni nomlash biror leksemaga topshiriladi. Masalan, ko‘z so‘zini olib ko‘raylik. Dastlab predmet-denotat bo‘lgan, so‘ngra u haqda tushuncha yuzaga kelgan, unda avvalo denotativ leksik ma’no, so‘ngra bir nechta ko‘chma ma’nolar yuzaga kelgan, o‘zbeklar bu denotatni nomlashni “ko‘z” leksemasi bilan belgilab qo‘yishgan bo‘lsa, ruslar “glaza”, tojiklar “chashm” leksemalari bilan belgilashgan. Ko‘rinadiki, turli xalqlar uchun denotat va signifikat umumiy bo‘lgan holda uni ifodalash xususiy. Yoki kompyuter so‘zini olaylik. O‘zbeklar va ruslar uni kompyuter deyishsa, turklar bilgi sayaq deb nomlashadi va b. Xullas, predmet - tushuncha — leksema o‘rtasida mustahkam dialektik aloqa mavjud bo‘lib, denotat va signifikat leksemaning yuzaga kelishida poydevor vazifasini o‘taydi.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə