2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida



Yüklə 184 Kb.
səhifə8/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
6-ma\'ruza

Leksik ma’no turlari. Tilshunoslik nazariyasida leksik ma’noning quyidagi turlari ajratilgan:
1. So‘z semantik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan:
Genetik ma’no - o‘zi oid bo‘lgan so‘zning hosil bo‘lishida ahamiyat kasb etgan dastlabki leksik ma’nodir.
Ko‘chma ma’no - so‘zning genetik ma’nosi taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan leksik ma’nodir.
2. So‘z leksik ma’nosi o‘z denotatini qanday ifoda etishiga ko‘ra:
Nomlovchi (nominativ) ma’no - o ‘z denotatini to‘g‘ridan to‘g‘ri anglatuvchi leksik ma’nodir.
Konnotativ ma’no — o‘z denotatini hosil qilgan ma’noga qo‘shimcha majoziy ma’no anglatuvchi leksik ma’nodir.
3. So‘z leksik ma’nosi namoyon bo‘lishida so‘zning birikuv imkoniyati nuqtayi nazaridan:
Erkin ma’no - matndagi ma’lum so‘zda namoyon bo‘lar ekan, so‘zning birikuv imkoniyati nihoyatda keng ekanligida kuzatiladi.
Bog‘li ma’no — bu ma’no bilan nutqda qo‘llangan so‘z sanoqli so‘zlar bilan birikuvga kirishadi.
4. Leksik ma’no so‘z yasalishining aks etishiga ko‘ra:
O‘zak ma’no - o‘zi oid bo‘lgan so‘zda yuzaga kelgan va hech qanday o‘zak va qo‘shimcha ma’nolari sintezidan tashkil topmagan leksik ma’no bo‘ladi.
Yasama ma’no - so‘z yasalishida o‘zak va qo‘shimchaning ma’nolari sintezidan hosil bo‘lgan leksik ma’nodir.
Leksik ma’noning taraqqiyot yo‘llari. So‘z leksik ma’nosi asosan ekstralingvistik (tashqi) sababga ko‘ra taraqqiy etadi. Faqat ko‘chma ma’no yuzaga keltirilishida ba’zan intralingvistik (ichki) sabab ham ahamiyat kasb etadi. So‘z leksik ma’nosi taraqqiyoti uch ko‘rinishga ega: 1) leksik ma’noning kengayishi va torayishi; 2) so‘z leksik ma’nosining ko‘chma ma’no yuzaga keltirishi; 3) evfemizm va disfemizm.
Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. So‘z leksik ma’nosining kengayishi va torayishi faqat ekstralingvistik sababga ko‘ra sodir bo‘lib, bu sabab ularda qarama-qarshi xarakterda bo‘ladi. Leksik ma’noning kengayishida u ifoda etgan denotat o‘z hajmini yoki xilini oshira boradi va uni bildirgan leksik ma’no doirasi ham kengaya boradi, leksik ma’noning kengayish jarayoni kechadi. So‘z ma’nosining rivojlanishi sifat va miqdor o‘zgarishiga, ma’noning kengayishi va torayishiga, hatto tildan umuman tushib qolishiga olib keladi. Bunda jamiyat tarixining ahamiyati katta. Har bir yangi narsa yoki hodisaga yangi nom yaratmasdan mavjud so‘zlar yordamida ifodalash ham mumkin. Natijada leksik-semantik ma’no kengaya boradi. Masalan: uchmoq—faqat parrandani bildiruvchi so‘zlar bilan birikkan. Hozir uning ma’nosi kengayib ko‘z, varrak, samolyot, yer yo‘ldoshi kabi birliklar bilan aloqaga kirishadigan bo‘lgan. So‘zning leksik ma’nosi kengayishi natijasida ko‘p ma’noli (polisemantik) so‘zlar paydo bo‘ladi.
Leksik ma’noning torayishida u ifoda etgan denotatning ma’lum qismlari farqlanib, so‘z leksik ma’nosida torayish kechadi. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, leksik ma’noning torayishi so‘z ma’nosining kengayishiga nisbatan aks jarayondir. Bunda so‘zning qo‘llanish doirasi chegaralanib qoladi. Masalan: osh so‘zi barcha ovqat turini bildirar edi. Hozirda ko‘proq palov ma’nosini anglatadi.
So‘zlarning ma’no kengayish yoki torayishi hodisasiga “baxshi” so‘zi misolida chuqurroq tanishamiz. Baxshi so‘zi asli xitoycha bo‘lib, “uning xitoy tilidagi shakli “раk-si” (hozirgi xitoy tilida “boshi”) bo‘lgani holda turkiy tilga mo‘g‘il tili vositasida o‘zlashgandir. Ushbu xitoycha so‘z yapon tilidagi “hakase // hakusi” so‘zlari uchun ham manba bo‘lib hisoblanadi. “Turk tilining etimologik lug‘ati”da baxshi so‘zi haqida quyidagilarni o‘qiymiz: “Xitoycha раk-si (po-si ham deyiladi: ustoz; yozuvchi, kotib ma’nolarini anglatadi)dan bahsi — baksi. Bu so‘z Anadoli turkchasida u qadar keng qo‘llanilmagan, u, asosan, shomon e’tiqodli turklarga oid bo‘lib, “to‘y-tantanalarni boshqaruvchi kishi’’ga nisbatan ishlatilgan. Osiyo turkchasida “p” tovushi “b” bilan beriladi. Shu sababli: po-si / bo-si / baski / baksi. Ushbu so‘zning xitoy tilidagi talaffuzi bilan lahjalardagi talaffuz farqliliklari birgalikda qo‘llanishda bo‘lgan. Sanskritcha - bhiksu, m o‘g‘ilcha baksi. Shuningdek, “Древнетюркский словар’Ма tabib yoki hakimlaming otachi baqshi deb atalgani aytib o‘tiladi. Bu yerdagi otachi so‘zi qadimgi turkiy tilda “ot” (o‘t, maysa)ga — amak (amak) qo‘shimchasini qo‘shish natijasida vujudga kelgan “otamak” (o‘tamoq) - “sog‘aytirmoq” fe’lidan yasalgan. Ushbu so‘z qadimda dorivor o‘t-o‘lanlardan dori-darmon tayyorlab, bemorni xastalikdan xalos etuvchi tabib, hakim ma’nosini ifodalagan.
Hozirgi o‘zbek tilida otachi so‘zi mavjud emas. Lekin bu so‘z bugungi turk tilida mavjud bo‘lib, “otamak - dori-darmon berib kasalni tuzatish; otachi - hakim, tabib” ma’nolarini ifodalaydi. “Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya”da ham otachi leksemasining “tabib” ma’nosini ifodalashi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, “Devonu lug‘otit turk”da ham otachi so‘zining “tabib” ma’nosini ifodalashi aytilgan. Professor E.R.Tenishev baxche leksemasi uyqur tilining sharqiy lahjasida “baxshi”, “tabib”, “shomon”, shuningdek, uyg‘ur tili markaziy shevasining dolan lahjasida baqsu — “afsungar”, “folbin”; oqsuy lahjasida baqshi, baxshi: qush vaxshisi “ovchi, qushlar yordamida ov qiluvchi”, qashqar va yorkent lahjalarida - “(kasallik keltiruvchi jinlarni quvish yo‘li bilan) xastalikni davolovchi”; uyqur adabiy tilida — baxshi; X—ХIII asrlarga oid qadimgi uyqur yodnomalarida esa
“Ustoz”, “shogird” ma’nolarini ifodalaganini yozadi. Shuningdek, bashi, boshi, baq-shi ko‘rinishidagi leksik shakllarning xitoy tilidan o‘zlashganini ko‘rsatib o‘tadi. Boshqa bir manbada baxshi so‘zining baxshi, bahsi, pahsi, pahsi shaklidagi ko‘rinishlari keltiriladi va ularning “pak-si”ga bog‘liqligi ta’kidlanib, brahma yozuvlarida bitilgan yodgorliklarga oidligi aytiladi.
V.V.Bartoldning fikricha, bahshi (sankritcha asli - bhikshu) leksemasi Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur kotiblarga hamda uyg‘urlar ichida yashagan buddist rohiblarga nisbatan qo‘llangan. Mo‘g‘illar davlatida baxshi so‘zi “kotib”, “ma’mur” ma’nolarini anglatgan. Shuningdek, Turkiston hukmdorlarining forscha bilmagan kotiblari ham baxshi deb atalgan. A.K.Borovkovning izohlashicha, XII—XIII asrlarda Sharqiy turk kitobatchiligida uyqur kotib-baxshilarning o‘rni katta bo‘lgan. Ular, asosan, rasmiy devonxonada faoliyat ko‘satganlar.
XV-XVI asrlardagi yozma manbalarda, xususan, Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan baxshi termini, asosan, “kotib”, “mirzo” ma’nolarini anglatib kelgan. Baxshi termini “Boburnoma”da ham "kotib", “mirzo”, “yozuvchi” ma’nolarini ifodalagan. XVIII—XIX asrlarda baxshi leksemasi Buxoro xonligidagi lavozimlardan birining nomini anglatgan va u hukmdor tomonidan olib borilayotgan qurilish uchun belgilangan mablag‘larning hisob-kitobini yuritgan. Hozirgi o‘zbek tilida ham baxshi so‘zi mavjud bo‘lib, u quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Xalq dostonlarini kuylovchi shoir, oqin. 2. Duolar o‘qib, dam solib, irim-sirimlar qilib davolovchi tabib. Ko‘rinib turibdiki, baxshi leksemasining bugungi ma’no anglatish doirasida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Uning qadimgi davrdagi ma’nolaridan ayrimlarigina bugungi kunda ham saqlanib qolgan, xolos. Tilimizda baxshi so‘zining “kotib” ma’nosi yo‘qolgan va unga uyg‘un holda baxshi so‘zi kitobatchilik termini sifatida iste’moldan chiqib ketdi.
Tahrir so‘zining ham arab tilidagi “asar yozish” ma’nosi o‘zgarib, endi “asarga tuzatishlar kiritish” yoki ilmiy terminologiyada uning mazkur ma’nosi yanada kengaygan holda “nashrga tavsiya etilayotgan asarning bugungi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g‘oyaviy, adabiy talablarga shaklan va mazmunan uyg‘un kelishi, ya’ni asarning ijtimoiy qiymatini belgilash hamda muallifga asarni to‘liq nashrga tayyorlashda yordam ko‘rsatish jarayonlari” tarzida ifodalanadi.
Lavh, munshiy, musavvir, xattot, insho kabi so‘zlarda ham kitobatchilik nuqtayi nazaridan ma’lum miqdorda ma’no torayishi hodisasi sodir bo‘lgan. Buning aksi o‘laroq, ba’zi arabizmlarda termin sifatida emas, balki so‘z sifatida, ularning leksik ma’nolari avvalgisiga nisbatan yanada kengroq ma’nolarni ifodalashi tufayli ularda ma’no kengayishi hodisasi sodir bo‘lgan. Masalan, xat so‘zi dastlab uch ma’noda qo‘llangan bo‘lsa, bugun u to‘qqiz ma’noni ifodalashga xizmat qilmoqda. Qalam so‘zining ma’no anglatish ko‘lamida keskin o‘zgarish sodir bo‘lgan va u ham ma’no kengayishi tufayli avval ikki ma’noda qo‘llangan bo‘lsa, hozir olti ma’noni bildirmoqda. Shuningdek, safha, hoshiya, bob, lavha, juz(v) kabi so‘zlarda ham semantik ma’no kengayishi hodisasi sodir bo‘lgan. Masalan, arab tilida polisemantik hisoblangan va ayni shaklda o‘zbek tiliga o‘zlashgan safha so‘zi quyidagi ma’nolami ifodalagan: “1. Sahifa, varaq, bet. 2. Har narsaning yuza tomoni; 3. Yoq, qirra; 4. Majoziy. Kitob”. Hozirgi o‘zbek tili leksikasida safha o‘rnida uning arab tilidagi sinonimi bo‘lgan sahifa qo‘llanadi. Ta’kidlash lozimki, sahifa so‘zi safha anglatgan barcha ma’nolami ifodalamaydi, undan faqat birinchi ma’nosi o‘rnida foydalaniladi, xolos. Safha so‘zining qolgan ma’nolari yo‘qolgan. Ularning o‘mida bu ma’nolarni ifodalashda boshqa so‘zlar muomalada mavjud. Xususan, uning ikkinchi ma’nosini ifodalashda asli turkiy “ust”, “ustki qism”, “yuza”, “sirt” hamda yana bir arabcha “sath” so‘zlari, uchinchi ma’nosida ham asli turkiy “yoq”, “qirra”, “tomon” va arabcha “taraf” so‘zlari ishlatiladi. Safha yoki sahifa so‘zining to‘rtinchi, ya’ni “kitob” ma’nosi o‘rnida arabcha kitob ishlatiladi.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə