2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida



Yüklə 184 Kb.
səhifə4/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
6-ma\'ruza

So‘z va leksema. Tilshunoslikda sistem leksikologiyaning rivojlanishi so‘z haqidagi bilim va tasavvurlarni i kengayishiga xizmat qildi. Shu tariqa leksema termini paydo bo‘ldi. Tilshunoslik nazariyasida leksemaga ham turlicha ta’riflar berilgan.
Xususan, H.Ne’matov va R.Rasulovlar “O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” o‘quv qo‘llanmasida leksemaga quyidagicha ta’rif berishgan: “Leksema – jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, nutq va lug‘atda grammatik morfemalarni o‘ziga biriktira oladigan morfema turi leksemadir”.
B.Mengliyev ham o‘zining doktorlik ishida leksemaga ta’rif bergan: “Leksema o‘zida tayyorlik, majburiylik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan, shakl va denotativ ma’no birligidan iborat, mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlikdir”.
Akademik A.Hojiyev o ‘z lug‘atida leksemaga quyidagicha ta’rif beradi: “Tilning lug‘at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug‘aviy ma’no anglatuvchi unsuri”.
R. Rasulov 2010-yilda nashr qilingan “Umumiy tilshunoslik” darsligida leksemani quyidagicha izohlaydi:
“1. Leksema til birligi sifatida tayyorligi, yaxlitligi va jamiyat a’zolari uchun umumiyligi, ular xotirasida mavjudligi bilan o‘ziga xosdir.
2. Leksema ifoda va mazmun tomonlarining bog‘liqligidan, bir butunlikdan tashkil topib, muayyan predmetlarni atash, nomlash vazifasini bajaradi.
3. Leksema fikr almashish jarayonida so‘z birikmasi va gap kabi nutq birliklari uchun material vazifasini o‘taydi.
4. Leksema nutq faoliyatida so‘z (so‘z formasi) sifatida voqelashib, nutq birligi bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi. U til sistemasining leksik birligi, lug‘at boyligi hisoblanadi.
5. Leksemaning til birligi sifatidagi umumiyligi til umumiyligidan kelib chiqadi. Chunki til va nutq dialektikasida til umumiy, nutq esa xususiy hisoblanadi”.
Ushbu fikrlarni umumlashtirib, leksemaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: "Leksema - shakl va mazmunning barqaror birikuvidan tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi, jamiyat a’zolari uchun umumiy tayyor, majburiy bo‘lib, mustaqil anglanish va qo‘llanish tabiatiga ega bo‘lgan lisoniy birlikdir”. Ko‘rinadiki, leksemaning eng asosiy xususiyati uning lug‘aviy birlik ekanligida, ya’ni lug‘aviy ma’no anglatish qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo‘ladi.
So‘z va leksema o‘rtasida ayrim farqlar mavjud:
1. Leksema - lisoniy birlik, ya’ni til qurilishi birligi bo‘lib, u — umumiy.
So‘z ham til birligi, ham nutq birligi bo‘lib, u xususiydir, ya’ni so‘z xususiylik sifatida umumiylikning - leksemaning nutqdagi, amaldagi ko‘rinishi, harakati, muayyan vazifa bajarishidir.
2. Leksema terminini faqat leksik ma’noga ega bo‘lgan birliklarga nisbatan ishlatish mumkin. Ya’ni ot-leksema, sifat-leksema, fe’l -leksema, son-leksema tarzida qo‘llash mumkin, ammo yordamchi so‘z turkumlariga kiruvchilarga nisbatan bog‘lovchi-leksema, kо’makchi-leksema tarzida qo‘llash mumkin emas, chunki ularda leksik ma’no yo‘q.
So‘z terminini esa leksik ma’noga ega bo‘lgan ham leksik ma’noga ega bo‘lmagan, ya’ni faqat grammatik ma’noga ega bo‘lgan birliklarga nisbatan qo‘llash mumkin. Ya’ni ot, sifat, fe’l, ravishlar ham so‘z, ham leksema. Bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, modal so‘z, undov so‘zlar—so‘z, ammo leksema emas.
So‘z bilan leksemaning yana bir farqini quyidagi oddiy misolda hum ko‘rish mumkin: “Inson-insonga do‘st” birikuvida uchta so‘z, ammo ikkita leksema bor (inson, do‘st).
Leksema ikki tomonlama birlik bo‘lgani sababli tilshunoslik nazariyasida leksemaning shakliy tomoni - nomema, mazmun tomoni (leksik ma’no) - semema deyiladi. Nomema - fonemalardan (tashkil topadi. Semema esa semalardan tashkil topadi. Sema leksik ma’no (semema)ni tashkil qiluvchi mazmuniy qismlar va ma’no qirralaridir. Quyida leksik ma’no va tushuncha munosabatini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə