I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


-rasm. Uranning bo‘linish zanjirli reaksiyasining boshlanishi va rivojlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

1.6-rasm. Uranning bo‘linish zanjirli reaksiyasining boshlanishi va rivojlanishi
Yadrolar bo‘linishining zanjirli reaksiyasini tezligini neytronlarni ko‘payish 
koeffitsienti, ya’ni zanjirli reaksiyaning ushbu avlodidagi neytronlar sonini ularning 
oldingi avloddagi soniga nisbati bilan xarakterlaydilar:
1

=
i
i
N
N
k

bu erda: 
N
i
,
 N
i-
1
– 
i
nchi va 
i
–1 nchi avlodlardagi neytronlar soni. 
O‘z o‘zini quvvatlab turuvchi zanjirli reaksiya rivojlanishi uchun zaruriy shart 
k
>1. Agar 
k =
1 bo‘lsa neytronlar soni o‘zgarmas bo‘lib saqlanib reaksiya statsionar 
rejimda kechadi, agar 
k <
1 bo‘lsa neytronlar soni ko‘chkisimon tarzda ortib boradi. 
Yadrolarni bo‘linishida hosil bo‘ladigan neytronlar soni uranli muhitning 
hajmiga bog‘liq. Ushbu hajm qanchalik katta bo‘lsa, yadrolar bo‘linishida shunchalik 
ko‘p neytronlar ajralib chiqadi. Uranli muhitning aniq kritik massaga ega bo‘lgan 
ma’lum bir minimal kritik hajmidan boshlab yadrolarning parchalanish reaksiyasi o‘z 
o‘zini quvvatlab turadigan (
k=
1) bo‘lib qoladi. 
Uran 
U
235
92
uchun kritik massa miqdori 47 kg ni tashkil etadi. Kritik massani 
qiymati aktiv zonaning shakli strukturasi va tashqi muhitga bog‘liqdir. Agar uran 


33 
aktiv zonadan neytronlarni chiqishini sekinlashtiradigan polietilen plenkalar bilan 
qatlamlab va elektronlarni tashqariga chiqishiga halaqit qiladigan berilliylik qobiq 
bilan o‘ralgan bo‘lsa uran 
U
235
92
ning kritik massasi yuzlab grammlargacha kamayishi 
mumkin. 
Uran yadrolarini parchalanish reaksiyasi davomida ancha enegriya ajralib 
chiqadi. Energiyani ajralib chiqishiga sabab uran yadrolari bilan reaksiya parchalari 
orasidagi bog‘lanishning solishtirma energiyalari orasidagi farqidir. Uran 
U
235
92
yadrosidagi nuklonning bog‘lanishning solishtirma energiyasi tahminan 7,6 MeV 
bo‘lsa, reaksiya parchalariniki esa 8,5 MeV. Shuning uchun bo‘linish reaksiyasi 
natijasida xar bir nuklonga 8,5-7,6 = 0,9 MeV energiya ajraladi. Nuklonlarning to‘liq 
soni 235 yaqinligini hisobga olib, bo‘linish reaksiyasidan chiqadigan to‘liq 
energiyani baholash mumkin, ya’ni bitta uran yadrosining bo‘lishida chiqadigan 
energiya 
Q
= 0,9×235 ≈ 210 MeV ≈ 3,2×10
-11
Dj ga teng bo‘ladi. 
Bunday energiya oddiy kimyoviy o‘zgarishlar energiyasidan o‘nlab million 
marotaba ortiqdir. Mana masalan 1 kg uran moddasida mavjud bo‘lgan barcha 
atomlar yadrolarining parchalanishida 8×10
13
Dj energiya ajralib, u 20 kt 
trinitrotoluol nomli portlovchi moddaning portlashiga ekvivalent (teng) bo‘ladi. 
Uran yadrosining parchalanishida energiya asosan (90% yaqin) xar tomonga 
uchib ketayotgan parchalarning kinetik energiyasi ko‘rinishida bo‘lib, qolgan qismi 
esa (10% yaqini) hosil bo‘lgan neytronlar tomonidan olib ketiladi. Bu energiyani yoki 
sekin asta reaktorda (atom yadrolarining nazorat ostidagi bo‘linishi) ajraatish 
mumkin, yoki bir onda bombada ajratilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə