Cho’ktirish mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi Reja



Yüklə 50,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü50,5 Kb.
#142750
Cho\'ktirish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlash prinsi-azkurs.org


Cho’ktirish mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi


Reja:
1.Kirish
2. Cho’ktirish mashinalari va ularning tuzilishi
3.Porshensiz cho’ktirish mashinasi
4. Cho’ktirish mashinalarining ishlash prinsiplari
5.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Cho‘ktirish deb, mineral zarralarning goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimida harakatlanishiga aytiladi. Bunday suv oqimlarining muntazam harakati tufayli mahsulot turli zichlikdagi qatlamlaiga ajraladi. Pastki qatlamda katta zichlikka ega, yuqori qatlamlarda 69 esa kichik zichlikka ega mahsulot yig‘iladi. Cho‘ktirish mashinalarining porshenli, diafragmali, porshensiz va harakatlanuvchi panjarali turlari mavjud
Mashinaning ishlash vaqtida kamera suv bilan to'ldiriladi. Boyitiluvchi mahsulot panjara ustiga beriladi. Porshen yordamida cho'ktirish bo‘limida panjara ustidagi mahsulotga muntazam ravishda ta’sir qiluvchi goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi hosil qilinadi. Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi ta’sirida mineral zarralar aralashmasi (og‘ir va yengil minerallar) ko'tariladi va g'ovaklanadi
Cho’ktirish mashinalari
Cho`ktirish mashinasi – gravitatsiyali boyitish mashinasi, unda boshlang’ich material cho`ktirma g’alvirda suyuqlik yoki havoning vertikal o`zgarishlari ta`siri ostida ajraladi. Cho`ktirish mashinasi (54-rasm) ikkita o`zaro aloqada bo`ladigan – konsentratsiya bo`limidan I va pulslanish bo`limidan II tuzilgan. Konsentratsiya bo`limida minerallar ajraladigan g’alvir 1 mahkamlangan. Pulslanish bo`limidagi mashina kamerasida to`ldirilgan suvning qaytma-ilgarilanma harakatini bildiruvchi qurilma mavjud. Boyitiladigan foydali qazilmalar suv bilan birga g’alvirga tushadi, u mashina bo`ylab to`shama deb ataluvchi qatlamli bir tekis taqsimlanib, tashiladi. Materialning g’alvirda joylashgan butun massasi, hosilalar va jinslar to`shama 3 deyiladi.
G’alvirdagi teshik orqali yuritmadan tezligi bo`yicha o`zgaruvchan va yo`nalishi bo`yicha ko`tariluvchi-pasayuvchi suv oqimi hosil bo`ladi. Ko`tariluvchi-pasayuvchi oqimlarning ko`p martali ta`siri natijasida to`shama qavatlarga ajraladi: yengil minerallar ko`tariluvchi oqim bilan yuqori qatlamlarga chiqadi, og’ir minerallar esa, og’irlik kuchi ta`siri ostida muhit qarshiligini yengib, to`shamaning pastki qatlamiga to`planadi. Tashish suvining bo`ylama oqimlari hisobiga to`shama mashina bo`ylab g’alvirning boyitish mahsulotlarini qatlamlab tushirish sodir bo`layotgan tushirish oxiriga 2 siljiydi.
Mayda og’ir zarralar g’alvir orqali mashina kamerasiga yuklanadi, eng yiriklari g’alvir bo`ylab siljiydi va g’alvir oxiridagi tirqish orqali tushiriladi, yengil zarralar esa quyish bilan birga chiqarib yuboriladi. Cho`ktirish mashinalarida 0,25 dan 50 mm.gacha yiriklikdagi rudani va 0,5 dan 13 mm.gacha yiriklikdagi ko`mirni boyitish mumkin. Boyitish samaradorligini oshirish uchun ruda yirikligi bo`yicha sinflarda elashga duch qilinadi va har bir sinf alohida cho`ktirma mashinada boyitiladi. Zarralar yirikligi ko`lamini aniqlash uchun har bir sinfda zarralar teng tushishi koeffitsientidan foydalanish mumkin.
Cho`ktirma mashinalarni qo`llashning turli sharoitlari ko`p sonli tuzilmali ko`rinishlar yaralishiga olib keldi. Cho`ktirma mashinalar maqsadli vazifalari, yuritmaning ishlash tartibi, ajralish mahsulotlarini tushirish usullari, belgilangan mahsulotlar soni va boshqa belgilar bo`yicha tasniflanadi. Ajralish muhiti turiga bog’liq holda, barcha mashinalar gidravlik (suvli ishchi muhitli) va pnevmatik (havoli ishchi muhitli) turlarga bo`linadi. Konsentratsiya bo`limida suvning pulslanishini ta`minlovchi yuritma ishlashining qoidalari bo`yicha cho`ktirma mashinalar porshenli, diafragmali, havoli-pulslanuvchi (porshensiz) va qo`zg’alma g’alvirli turlarga bo`linadi. Porshenli cho`ktirma mashinalarda (OMP) suvning pulslanishi porshenning qaytma-ilgarilanma harakati bilan yuzaga keladi. Porshenli mashinalar 2-40 mm yiriklikdagi marganetsli, qalayli, volfram rudalarini boyitish uchun qo`llaniladi. Diafragmali cho`ktirma mashinalarda (MOD) muhit pulslanishi konusli ostning harakatlanishi va diafragma bilan yuzaga keladi. Mashinalar boyitish materialining 0,5-15(30) mm yirikligida qora, noyob metallar va oltin tarkibli sochilmalarni boyitish uchun qo`llaniladi. Havoli-pulslanuvchi (porshensiz) cho`ktirma mashinalarda muhit pulslanishi (OPM, OPO) siqiq havoning davriy chiqishi bilan hosil qilinadi. Mashinalar 0,5(0,3)-13(25) mm yiriklikdagi ko`mirni boyitishda va kam hollarda ajraladigan material yirikligi 0,5-4(60) mm bo`lgan rudalarni boyitishda keng qo`llanilishga ega.
Qo`zg’alma g’alvirli cho`ktirma mashinalarda muhit o`zgarishi g’alvir harakati bilan yaratiladi. Mashinalar juda kam hollarda ajraladigan material yirikligi 3-40 mm bo`lgan temir va marganets rudalarini boyitishda qo`llaniladi. Havoli-pulslanuvchi (porshensiz) cho`ktirish mashinalari eng taraqqiy etgan va tez yeyiladigan detallarga deyarli ega emas, chunki cho`ktirish bo`limida tebranishlarni hosil qilish uchun siqiq havodan foydalaniladi. Havoni kiritishda havoli bo`limda suv sathi pasayadi, cho`ktirish bo`limida esa oshadi, atmosferaga havoni chiqarishda teskari holat yuz beradi. Shu tufayli cho`ktirish bo`limida suvning tebranma harakati amalga oshiriladi. Porshensiz cho`ktirish mashinasi MOBM-10 (OMP1) (55-rasm) cho`ktirish bo`limidan to`siqlar (g’alvir ostida) bilan ajratilgan, havo kameralarining yon tomonda joylashuvili, bo`ylama to`siqlar bilan cho`ktirish va havoli bo`limlarga ajratilgan bir nechta (2-6) kameralarga ega. Porshensiz cho`ktirma mashina quyidagi tuzilmaviy elementlarga ega:
Porshensiz cho`ktirish mashinasi Tashish suvi va shlamning ortiqchalarini ajratib oladigan qurilmalar (tushirish-shlamsizlantirish qurilmasi) bilan ko`pincha birga qo`shiladigan, dastlabki materialni tushirish uchun qurilma g’alvir usti qismida berilgan chastotali suvning ko`tariluvchi va pasayuvchi harakati almashinishini ta`minlovchi pulsator pulsatorlar yuritmasi cho`ktirish chiqindilarini tushirishni nazorat qilish va tartibga solish uchun po`kakli datchik cho`ktirishning og’ir mahsulotlari to`planib qolgan zonadan ularning uzluksiz chiqarib tashlanishini ta`minlovchi tushirish qurilmasi Materialni cho`ktirish g’alvir ustida joylashgan sun`iy to`shama qatlami orqali amalga oshiriladi. To`shama va g’alvir orqali o`tadigan og’ir zarralar kameradan tushirish qurilmasi orqali tushiriladi. Chiqindilar mashina oxiridagi boshqariladigan boshlanish qism orqali va qisman kameraning yon devorlaridagi quyish tuynuklari orqali chiqarib tashlanadi. G’alvir osti suvi patrubkalar bo`ylab umumiy kollektordan mashina kamerasiga beriladi.
Diafragmali cho'ktirish mashinasi rudalami boyitish amaliyotida keng ishlatiladi. Uning ishlash prinsipi xuddi porshenli mashinaning ishlash prinsipiga o‘xshaydi. Ulardagi farq shundan iboratki, yuqoriga va pastga harakatlanuvchi suv oqimi porshen bilan emas, balki rezina diafragma yordamida hosil qilinadi. Diafragmali cho'ktirish mashinalarida diafragma vertikal va gorizontal joylashishi mumkin. Diafragma yuqorida maxsus diafragma bo'limida, panjaraning ostida yoki kameraning yon devorida joylashishi mumkin
Cho‘ktirish samaradorligi cho‘ktirish mashinalarining konstruksion xususiyatlari va bir qator texnologik hamda gidrodinamik parametrlarga bog‘liq. Cho'ktirish mashinalarining asosiy parametrlari: solishtirma ishlab chiqarish quwati; porshen yoki diafragmaning tebranish chastotasi yoki yurishi; o'rindiqning turi, panjara osti suvining sarfi. Cho‘ktirish mashinalarining solishtirma ishlab chiqarish quwati turli turdagi foydali qazilmani boyitishda keng chegarada o‘zgarib turadi. Mahsulotning yirikligidan tashqari, cho‘ktirish mashinasining optimal solishtirma ishlab chiqarish quwatini tanlashga boyitilayotgan mahsulotning zichligi va fraksion tarkibi, cho'ktirish mashinasining konstruksion xususiyati va shuningdek, cho'ktirish mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablar ta’sir qiladi. Solishtirma quwati optimaldan chiqib ketsa, cho‘ktirish samaradorligi pasayadi. Solishtirma ishlab chiqarish quwati juda katta bo‘lsa, boyitilayotgan mahsulotning mashinada bo‘lish vaqti kamayib, mahsulot yetarli darajada qavatlanishga ulgurmaydi va uning sifati yomonlashadi. Xuddi shuningdek, solishtirma ishlab chiqarish quwati kamayib ketsa, qavatlangan mahsulot aralashib ketadi va bunda ham mahsulotning sifati yomonlashadi. Cho'ktirish mashinalarining quwati panjaraning lm kengligi yoki lm2 yuzasiga to‘g‘ri keladigan solishtirma ishlab chiqarish me’yoriga asosan aniqlanadi

Xulosa
Cho‘ktirish deb, mineral zarralarning goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimida harakatlanishiga aytiladi. Bunday suv oqimlarining muntazam harakati tufayli mahsulot turli zichlikdagi qatlamlaiga ajraladi.


Porshenli cho'ktirish mashinasi kameradan iborat bo'lib, u tagiga yetmaydigan to‘siq orqali 2 ta bo'limga bo‘lingan: cho‘ktirish va porshenli bo‘limlar. Cho‘ktirish bo‘limida esa panjara o‘rnatilgan bo'lib, uning ustida mineral zarralar ajratiladi. Porshenli bo‘limda porshen bo‘lib, unga ekssentrik val qaytarmailgarilanma harakat beradi. M ashinaning ishlash vaqtida kamera suv bilan to'ldiriladi. Boyitiluvchi mahsulot panjara ustiga beriladi. Porshen yordamida cho'ktirish bo‘limida panjara ustidagi mahsulotga muntazam ravishda ta’sir qiluvchi goh ko‘tarilib, goh pasayuvchi suv oqimi hosil qilinadi.
Yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi ta’sirida mineral zarralar aralashmasi (og‘ir va yengil minerallar) ko'tariladi va g'ovaklanadiCho‘ktirish muntazam g'ovaklanib va zichlashib turuvchi mahsulot qatlamida siqilib tushish sharoitida amalga oshiriladi. Bunda cho‘ktirish mashinasining panjarasida hamma vaqt o‘rindiq deb ataluvchi qatlam bo‘ladi. Bu o'rindiq tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Ziyo.net
2.Arxiv.uz
3Кизевалтек Б.В. Теоретические основы гравитационных процессов обогащения. М.: Недра, 1991.
4. Олевинский Н.Ф. Елекгрические методы обогащения, М.: Недра, 1987.
5. Адамов Е.В. Обогащение руд цветных металлов. М.: Недра, 1992.
6. Процессы и машины для обогащ ения полезных ископаемых/ Карамзин В.И.,Серго Е.Е,. Жендринский А.П. и др. М.: Недра, 1984.
7. Разумов К.А., Перов В.А. П роектирование обогатительных фабрик.М.: Недра, 1982.
8. Umarova I.K. Foydali qazilmalami qayta ishlash va boyitish. Ma’ruzalar matni, ToshD TU , 2000.

http://azkurs.org
Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə