I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


 Radiatsiyaviy xavfsizlik borasida faoliyat olib boruvchi xalqaro va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

1.4. Radiatsiyaviy xavfsizlik borasida faoliyat olib boruvchi xalqaro va 
respublika tashkilotlari 
Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (Международное агентство по 
атомной энергии - МАГАТЭ) 1957 yili Birlashgan millatlar tashkiloti doirasida 
tuzilgan. Uning nizomi Amerika qo‘shma shtatlarida bo‘lib o‘tgan ta’sis 
konferensiyasida 1956 yil 23 oktyabrda tasdiqlangan va 1957 yil 29 iyuldan kuchga 
kirgan. Hozirgi vaqtda 153 mamlakat MAGATE ning a’zolari hisoblanadi

Yadro manbalarini tinchlik maqsadida Butunjahon yadro uyushmasi (WNA) 
ning faoliyati yadro energetikasini harakatlantirishga qaratilgan. Yadro manbalari 
bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ish, ulardan foydalanish tahlili, kerakli tavsiyalar ishlab 
chiqish bilan shug‘ullanadi.
MAGATE ning dasturlari va siyosati bo‘yicha umumiy rahbarlikni uning bosh 
konferensiyasi amalga oshiradi. Unda barcha a’zo mamlakatlarning vakillari ishtirok 
etadi. Konferensiya yilda bir marta o‘tkaziladi. Agentlikning tezkor rahbarligi
boshqaruvchilar kengashiga yuklangan. Uning tarkibiga 35 mamlakat kiradi. 
Belarussiya ham 1999-2001 va 2005-2007 yillarda boshqaruvchilar kengashi 
hisoblangan.
Agentlikning nizomiy maqsadi bo‘lib: yadro texnologiyasi va atom energetikasi 
rivojlanishida ko‘maklashish; yadro texnologiyasi va atom energetikasi xavfsizligini 
ta’minlash; yadro texnologiyasi va atom energetikasi sohasida ilmiy tadqiqotlar 
o‘tkazishda yordamlashish hisoblanadi. MAGATEning yana bir muhim faoliyati 
yadro qurollarining tarqatilmaslik garanti tizimini ta’minlash hisoblanadi. MAGATE 
mamlakatlarda yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga binoan tinch maqsadlarga 
mo‘ljallangan yadro materiallarini harbiy maqsadga o‘tkazmaslik uchun o‘zining 
inspektorlari tomonidan joylarda tekshiruv o‘tkazish funksiyasini ham bajaradi.


23 
MAGATEning shtab kvartirasi Vena shahrida joylashgan, uning hududiy 
bo‘linmalari Toronto, Jeneva, Nyu-York, Tokio shaharlarida mavjud, laboratoriyalari 
esa Avstriya, Monoko shaharlarida va tadqiqot markazi Italiyada joylashgan.
Belarus MAGATE ning xalqaro kelishuvlarini amaliy ijrosini ta’minlashga 
yuqori e’tibor berib kelmoqda: MAGATE va Belorus o‘rtasidagi garantiyalar 
to‘g‘risidagi kelishuv; yadro avariyalari to‘g‘risida xabar berish Konvensiyasi; yadro 
avariyalari va radiatsion avariyalar holatida tezkor yordam berish to‘g‘risidagi 
Konvensiya; yadro materiallarini fizik muhofazasi to‘g‘risidagi Konvensiya; 
yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi Konvensiyasi; yadro xavfsizligi 
to‘g‘risidagi Konvensiya; radioaktiv chiqindilar va ishlatilgan yoqilg‘ilar(yadro) bilan 
munosabat to‘g‘risidagi birlashgan Konvensiya. 
MAGATE rahbariyati va Belorus hukumati o‘rtasida barqaror va yuqori 
darajada siyosiy bog‘liqlik amalga oshirilmoqda. 1999 - 2004 yillarda agentlikning 
bosh direktori M.El Baradeya va uch a’zosining Belorussiyaga tashrifi bo‘lgan. 2006 
yil aprel oyida bosh direktor muovini, sekretariatning texnik hamkorlik departamenti 
rahbari A.M.Chetto Minskda o‘tkazilgan “Chernobil 20 yildan so‘ng. Zararlangan 
hududlarni tiklash va barqaror rivojlantirish strategiyasi” mavzusida o‘tkazilgan 
konferensiyada ishtirok etgan. 2012 yilda MAGATE bosh direktori Yu.Amano 
Belorussiyaga kelgan. 
MAGATE va Belorussiya texnik hamkorligining asosiy yo‘nalishi 2007 yilda 
tasdiqlangan “Mamlakat dasturi strukturasi” da belgilangan. Bunda mamlakat yadro-
energetik infrastrukturasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, Chernobil AES 
avariyasidan zararlangan hududlarni tiklash ustivor vazifalar qilib belgilangan.
Agentlikning 2011 yilda boshqaruvchilar kengashi tomonidan tasdiqlangan 
Texnik hamkorlik dasturi to‘rtta belorus milliy hamkorlik loyihalari kirgan:
1. Yadro energetikasini rivojlantirish va yadro-energetik dasturlar uchun kadrlar 
tayyorlash;
2. Mutaxassislar va ekspertlar attestatsiyasi samaradorligini oshirish yo‘li bilan 
yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi organlar ishining 
natijadorligini oshirish; 
3. Yadro va radiatsion holatlariga tibbiyotning amaliy bilimlarga egaligi bilan 
tayyorgarligini takomillashtirish;
4. Atmosfera radiatsion monitoringini modernizatsiyalash va kengaytirish.


24 
Ko‘rsatilgan loyihalarning umumiy qiymati 930 ming evroni tashkil etadi. 
Bundan tashqari 2012-2013 yillarda MAGATE texnik hamkorlik loyihalaridan 30 
regional va ikki regionallararo loyihalarni bajarilishida ishtirok etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə