I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


 Atom va atom yadrosi to‘g‘risida umumiy tushunchalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
1.5. Atom va atom yadrosi to‘g‘risida umumiy tushunchalar.
Radioaktiv nuklidlar 
Moddadagi zaryadlangan zarrachalarni tormozlash. 
Tormozlashdan hosil bo‘lgan nurlanish 
- bu shunday elektromagnit 
nurlanishki, atom yadrolari va elektronlarni kulon maydonida tez harakatlanuvchi 
zaryadlangan zarrachani yoyilib tarqalishidagi (tormozlashdagi) hosil bo‘ladigan 
nurlanishdir, ayniqsa, engil zarrachalar – elektronlar, pozitronlar uchun ahamiyatlidir. 
Gamma va rentgen nurlanishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning tavsifi 
Ikki turdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar mavjud bo‘lib, ularning biri 
korpuskulyar, ya’ni tinch vaqtdagi massasi noldan farqli bo‘lgan (α, β va neytronli 
nurlanish) bo‘lsa, ikkinchisi to‘lqin uzunligi juda kichik bo‘lgan elektromagnit (γ va 
rentgen) nurlanishidir. 
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning asosiy xarakteristikasi ularning kirib boruvchi 
va ionlashtiruvchi qobiliyatidir. Korpuskulyar nurlanishlarning kirib boruvchi 
qobiliyati zarrachaning havo yoki boshqa muhitda o‘tgan masofasi bilan aniqlanadi. 
Bu zarrachani nurlanish manbasidan chiqqanidan so‘ng modda tomonidan yutib 
yuborilmasdan oldin aniqlash mumkin bo‘lgan eng ko‘p masofadir. 
Zarrachaning o‘tgan masofasi zaryadga, massaga, boshlang‘ich energiyaga va 
harakat sodir bo‘layotgan muhitga bog‘liqdir. Zarrachaning boshlang‘ich energiyasi 
ortishi va muhitning zichligi kamaygan sari zarrachaning o‘tgan masofasi uzunligi 
ortib boradi. Nurlantirilayotgan zarrachalarning boshlang‘ich energiyasi bir xil 
bo‘lgan taqdirda og‘ir zarrachalar engillariga nisbatan kamroq tezliklarga ega 
bo‘ladilar. 
Elektromagnit nurlanishning kirib boruvchi xususiyat (qobiliyat)i to‘lqin 
uzunligi va foton energiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori energiya va kichik to‘lqin 
uzunligi katta kirib borish qobiliyatini ta’minlaydi. 
Nurlanishlarning ionlashtirish qobiliyati zarrachalarning energiyasi va ularnig 
harakatlanish tezligiga bog‘liq. Agar zarrachalar sekinroq harakatlansa muhit 
moddasi atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi samaraliroq bo‘lib, zarrachalar o‘zlaridagi 
energiya zaxirasini tezroq tasarruf etadilar. 


25 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə