I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
 
1.1-rasm. Radiatsiya nurlarining odam tanasiga nisbatan o‘tuvchanligi: 
alfa nuri, kuchsiz, uni qog‘oz varag‘i ham to‘sib qolishi mumkin; β-betta 
nur, uni odam terisi to‘sib qolishi mumkin, odam ichiga tushganda zararli; -
odam tanasidan o‘tib ketadi, undan yuqori zichlikdagi materiallar bilan 
himoyalanish mumkin. 
Odam organlari radiatsion nurga nisbatan turlicha moyillikka ega (1.2-rasm). Bir 
birlik miqdordagi qabul qilingan radiaktivlik har bir a’zoga turlicha botadi.


13 
1.2-rasm. Odam organizmining radiaktivlikni qabul qilish nisbiy ko‘rsatkichi.
“Radiatsiya xavfsizligi” fani quyidagilarni o‘rgatishni 
vazifa
qilib belgilaydi: 
-o‘quvchilarda nurlanish va nur manbalari to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish; 
-nurlanishning sabablarini bilish; 
-odam organizmi uchun zararli nurlar to‘g‘risida ma’lumotlar hosil qilish; 
-radioaktiv parchalanish, ionlashtiruvchi nurlanishlar haqida bilimni hosil qilish; 
-radiatsiyaviy xavfsizlik va uning huquqiy asoslarini bilish; 
-radioaktiv parchalanish qonuni; 
-radioaktiv moddalarni iqtisodiyotda qo‘llanishi; 
-atom energetikasi sohasi; 
-nur kasalliklari va ularni davolash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish; 
-nurlanishlar ta’sirining biologik oqibati; 
-radioaktiv ifloslanish, uning atrof-muhitga va odamlarga ta’sirini o‘rganish; 
-dozimetriya asoslari, ionlashtiruvchi nurlanishlar dozimetriyasi to‘g‘risida 
tushunchalar hosil qilish; 
-dozimetrik asboblardan foydalanishni o‘rganish; 
-radiometriya va radiometrik asboblardan foydalanishni o‘rganish; 
-radiatsion xavfli obyektlar, atom energetikasi sohasi bo‘yicha ma’lumotlarga 
ega qilish; 
-dunyo mamlakatlarida ro‘y bergan radiatsiyaviy avariyalar; 


14 
-radioaktiv ifloslanish to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish; 
-radiatsiyaviy avariya holatlarida aholini va xodimlarni muhofazalash; 
-radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza inshootlari, qurilmalari va vositalari
ulardan foydalanish, jamoaviy va shaxsiy muhofaza vositalari; 
-ifloslangan joy, asbob-uskunalar, jihozlarda zararsizlantirish tadbirlari va 
urlarni bajarish; 
-radiatsiyaviy xavflarda sanitar - gigienik va boshqa tadbirlar to‘g‘risida 
ma’lumotlar. 
Fanning obyekti bo‘lib radiatsion xavfli holatga olib keluvchi barcha faoliyatlar 
va obyektlar hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə