I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


PMG va PMG-2 kichik gabaritli gazniqoblar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

PMG va PMG-2 kichik gabaritli gazniqoblar
. Bu gazniqoblar SHMG va 
SHM-66Mu yoki SHM-62 shlem-niqoblari bilan jihozlanadi. Filtrlovchi-yutuvchi 
quti kichik o‘lchovlarda bo‘lib, balandligi 8 - 9 sm, ko‘ndalang kesimi o‘lchami 10,8-
11,2 sm ni tashkil qiladi. Bu gazniqoblarga ham gaplashish (so‘zlashish) uchun 
mo‘ljallangan maxsus moslama o‘rnatilgan, ko‘zoynaklari ham optik asboblar bilan 
ishlashga moslashtirilgan. Bunday gazniqoblarda nafas olishga to‘sqinlik kam 
bo‘lganligi tufayli ancha erkin nafas olinadi. 
Bu gazniqoblar (gazniqoblar) gazniqob xaltasida olib yuriladi, xaltada sovuqda 
gazniqobni kiyish uchun maxsus issiq tutadigan manjetalar, terlashga qarshi maxsus 
qalam joylashtirilgan. Gazniqob qutisida orqa teshigini berkitish uchun rezina tiqin 
bo‘ladi. 
PMK va PMK-2 rusumli gazniqoblar 
filtrlovchi gazniqoblar guruhiga kiradi. 
PMK gazniqobi M-80 shlem-niqob, PMK-2 gazniqobi MB-1-80 shlem-niqob bilan 
jihozlangan. Shlem-niqoblar obtyurator, trapetsiya shaklidagi egilgan shisha 
ko‘zoynak, gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama, suyuqlik 
qabul qiluvchi sistema hamda filtrlovchi-yutuvchi quti bilan ta’minlangan.
PMK va PMK-2 markali gazniqoblar zaharlangan atmosferada suyuqlikni qabul 
qilish sistemasi bilan jihozlangan. Zararlangan joyda suv ichishi uchun suvdon 
qopqog‘i maxsus klapanli qopqoq bilan almashtiriladi va rezinadan tayyorlangan 
tiqin bilan mahkamlanadi. Suvdonga suv zararlanmagan joyda quyilishi kerak. Suv 
ichish uchun shlem niqobdagi ushlagichdan nippel, so‘zlashgich moslamasidan esa 
rezina nay chiqarib olinadi; niqob tashqarisiga joylashtirilgan shtutser yordamida 
rezina nay buraladi va mundshtuk og‘izga to‘g‘rilanib kirgiziladi; suvdondagi rezina 


143 
tiqin olinadi, mundshtuk og‘izga olinadi va puflangan holda tezlik bilan nippel 
suvdon qopqog‘idan klapanni oxirigacha kirgiziladi; suvdon to‘ntariladi va yuqoriga 
kishi og‘zi sathidagi balandlikkacha ko‘tariladi; bunda kishi boshini orqaga egmasligi 
kerak, suvdondagi suv chaqqonlik bilan so‘rib ichiladi, vaqti-vaqti bilan suvdon 
ichiga havo kirgizib turiladi. 
PMK va PMK-2 gazniqoblaridan foydalanish tartib-qoidalari yuqorida bayon 
etilgan tartiblardan farq qilmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə