144
Hozirgi vaqtda harbiy qismlarda saqlanib kelinayotgan tabeldagi nafas a’zolarini
muhofazalovchi vositalarning muhofaza qilish xususiyati juda yuksakdir. U
foydalanish vaqtidagi sifatlari bo‘yicha etarli darajada ishonchli va qulay vositadir.
Gazniqoblardan foydalanish qoidalariga rioya qilinganda dushman tomonidan
qo‘llanilgan turli xil zaharlovchi moddalardan bir jangovar kun (10-12 soat)
mobaynida
muhofazalanish
mumkin.
Filtrlovchi-yutuvchi
quti
har
kuni
almashtirilmaydi, chunki zaharlangan atmosferada qisqa vaqt turiladi. Gazniqobning
muhofazalash quvvati zaharlovchi moddaning havodagi konsentratsiyasi yuqori
darajada bo‘lganda va nafas olishning jadalligiga qarab hamda zaharlangan
atmosferada qancha vaqt ichida bo‘lishiga qarab o‘zining muhofazalovchi
xususiyatini yo‘qotadi. Atmosfera havosida bo‘lgan radioaktiv moddalardan va
bakterial vositalardan gazniqob juda ham yaxshi muhofazalaydi, agarda bakterial
vositalar qo‘llanilganda shu zonadan chiqib ketilgandan so‘ng, filtrlovchi-yutuvchi
quti har safar almashtiriladi, radioaktiv moddalardan zaharlangan joyga tushib
qolganda yoki radioaktiv moddalar qo‘llanilganda unda filtrlovchi-yutuvchi quti
radioaktiv moddaning ruxsat etilgan doza mikdorigacha ishlatiladi, keyin esa
yangilanadi.
Dostları ilə paylaş: