139
Maxsus muhofaza vositalari bilan tank, aviatsion, kimyoviy qismlar, turli xil
qo‘shinlarning bo‘linmalari maxsus vazifalarni bajaradigan vaqtlarida, hamda tibbiy
xizmat (boshidan yaralanganlar uchun shlem SHR-1) bo‘limlari yaradorlarga yordam
ko‘rsatishda ishlatish uchun ta’minlanadilar. Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan
muhofaza vositalari fuqarolar muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun
aholini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Sanoatda ishlatiladigan muhofaza vositalari maxsus korxonalarda, qishloq
xo‘jaligida va boshqa sohalarda zaharli kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan
joylarda qo‘llaniladi.
Nafas a’zolarini muhofazalovchi vositalarga - filtrlovchi (umumharbiy, PMG,
PMG-2, SHR, GP-4U, PG-5, PG-7V DP-6, DP-6M), ajratuvchi (IP-4, IP-5)
gazniqoblar, respiratorlar (R-2, SHB-1) kiradi.
Dostları ilə paylaş: