I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

ikkinchi
usuli –masofa bilan muhofazalash. Ma’lumki nurlanish 
jadalligi (J) nur manbasining uzoqlashishi nurlantirish jadalligini kamaytiradi. Uning 
miqdori nur manbaidan uzoqlashishi masofasi (radiusi) kvadratiga teskari miqdor 
sifatida hisoblanadi, ya’ni J = 1/R
2
. Shundan kelib chiqib muhofaza usuli tanlanadi. 
Ko‘rsatilgan prinsipdan kelib chiqib radiatsion xavfli obyekt atrofi quyidagi 
hududlarga bo‘linadi (Rossiya federal qonuni-Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida): 
I – sanitar-muhofaza (radius 3 km); 
II – ehtimoliy xavfli zararlanish (radius 30 km); 
III – kuzatuv (radius 50 km); 
IV – 100-kilometrlik muhofaza tadbirlarini o‘tkazish hududi. 
Muhofazaning uchunchi usuli - 
ekranlashtirish
. Favqulodda vaziyatlar vaqtida 
ekranlashtirish sifatida devorlar, panagohlar va antiradiatsion yopilmalardan 
foydalaniladi. Ularning turi ionlashtiruvchi manba turiga bog‘liq.
Kuchli γ nurlanishda faqatgina ekranlashtirish bilan muhofazalash qo‘llaniladi, 
boshqa usullar qo‘llanilmaydi. Radiatsion avariyaning dastlabki bosqichida uy-
joylarning va ishlab-chiqarish binolarining himoya xususiyatini hisobga olish va 
muhofaza inshootlaridan foydalanish kerak.
Jamoaviy muhofaza vositalari. Belgilanishi va klassifikatsiyasi 
Avariya va falokatlar hamda yalpi qirg‘in vositalari ta’siridan odamlarning 
sihat-salomatligini va hayotini saqlash uchun mo‘ljallangan inshootlar jamoaviy 
muhofaza vositalari deb tushiniladi.
Muhofaza inshootlari odamlarni turli xil zararlovchi omillardan, xususan 
ionlashuvchi nurlanish ta’siridan muhofazalaydi. Jamoaviy muhofaza quyidagicha 
klassifikatsiyalanadi:
- belgilanishi bo‘yicha: aholi muhofazasi yoki fuqaro muhofazasi boshqaruv 
organining joylashishi; 


133 
-joylashishi bo‘yicha: binolarning er to‘lalari, 1-qavatlari, metropolitenda 
joylashish; tog‘ shaxtalarida joylashish; erosti inshootlarida (er ostidan o‘tish joylari) 
va boshqa shunga o‘xshashlar; 
-ta’sir etishi bo‘yicha: oldindan tayyorlangan va tez quriladigan; 
-himoyalash xususiyati bo‘yicha: panagoh, radiatsiyaga qarshi yashirinish joyi 
(PRU), oddiy panagoh; 
-jihozlanishi va qurilishiga bog‘liq: sanoat darajasida tayyorlangan filtrlovchi 
jihozli (5.7-rasm), oddiy sodda filtr jihozli panagoh, tinchlik davrida tayyorlangan 
radiatsiyadan saqlanish joyi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə