I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Quti 
turi
Nazorat 
qilish 
moddasi
Katta va o‘rta 
o‘lchamli quti
Kichik o‘lchamdagi quti
Zararli 
modda 
miqdori, 
mg/l
Muhofaza 
qilish vaqti, 
daqiqalarda
Zararli 
modda 
miqdori, 
mg/l
Muhofaza 
qilish vaqti, 
daqiqalarda
Filtr 
bilan
Filtr 
siz
Filtr 
bilan
Filtr 
siz
A
jigar rang 
Benzol 
25 
50 
120 
10 
50 
100 
V
sariq 
Sernistiy gaz 
Sinil kislotasi 
8,6 
10 
45 
30 
90 
60 


57 

140 

 


147 
 
5.16- jadval davomi 
KD
kul rang 
Ammiak 
Vodorod sulfid 
2,3 
4,6 
120 
100 
240 
240 


30 
60 
75 
170 
G qora
Simob bug‘lari 
0,01 
4800 
6000 
0,01 
4800 
6000 
B yashil, 
K oq
F chiziqli
Sinil kislotasi 
Arsin 

10 
70 
110 



10 
35 
55 


CO
oq 
Uglerod oksid 
6,2 

150 



M
qizil 
Uglerod oksid 
Benzol 
Ammiak 
6,2 
10 
2,3 



90 
50 
90 









E
qora 
Margimushli 
vodorod 
10 
120 
360 



K
yashil 
Ammiak 
2,3 
120 
240 
2,3 
30 
75 
 
G turidagi FYUQ:
quti rangi – qora sariq bilan, etilmerkurxlorid asosidagi 
simob bug‘lari, simoborganik kimyoviy zaharlar, chang, tutun, tumandan muhofaza 
qiladi. 
BKF turidagi FYUQ:
quti rangi – yashil muhofazalovchi oq vertikal chizig‘i 
bilan, nordon gaz va bug‘lari, organik modda bug‘laridan, margimushli va fosforli 
vodorod, chang, tutun, tumandan muhofaza qiladi. 
SO turidagi FYUQ:
quti rangi - oq, uglerod oksidi, chang, tutun, tumandan 
muhofaza qiladi. 
M turidagi FYUQ:
quti rangi - qizil, organik moddalar bug‘lari bo‘lgan uglerod 
oksidlari, nordon gazlar, ammiak, margimushli va fosforli vodorod, chang, tutun, 
tumandan muhofaza qiladi. 
E turidagi FYUQ:
quti rangi - qora, muhofaza qiladi margimushli va fosforli 
vodorod, xlorli sian, chang, tutun, tumandan muhofaza qiladi. 
K turidagi FYUQ:
quti rangi – och yashil, ammiak, chang, tutun, tumandan 
muhofaza qiladi.
Boshdan yaralanganlar uchun shlem-niqob (SHR). 
Boshdan yaralanganlar 
uchun mo‘ljallangan shlem - niqob rezinadan tayyorlanadi. Shlem - niqobning har xil 
qismlarida rezinaning qalinligi va egiluvchanligi turlicha bo‘ladi. Yuzni yopadigan 
qismi qalin qilib tayyorlangan, nafas olganda cho‘zilmaydi va o‘zining tashqi 
ko‘rinishini o‘zgartirmaydi. Shlem-niqobning yuz qismiga ko‘zoynaklar va nafas 
oluvchi va chiqaruvchi klapanlar o‘rnatiladi, gofrirlangan biriktiruvchi naycha shlem-
niqobga mahkam qilib o‘rnatilgan, ikkinchi uchida esa ko‘chma gayka bo‘lib, uning 
yordamida filtrlovchi-yutuvchi qutining og‘zi bilan birlashtiriladi. Shlem - niqobning 


148 
boshqa qismlari esa juda yupqa rezinadan yasalgan va u bog‘langan yara ustiga 
kiygizilganda cho‘zilib kerakli shaklni oladi. Shlem - niqobning yon qismiga uch juft 
tekistil bog‘ich (tasma) o‘rnatilgan. 
Shlem-niqobdan foydalanishdan oldin rezinalarning butunligini, klapanlarining 
ishga yaroqliligini tekshirish, obtyurator ilgaklarini, gofrirlangan naychaning 
butunligini tekshirib ko‘rish kerak, undan keyin birlashtiruvchi gofrirlangan naycha 
filtrlovchi-yutuvchi qutiga biriktiriladi. Shlem-niqob yaradorlarga ikki usulda 
kiygiziladi. Agar harbiy xizmatchining yuz jag‘ sohasi yaralangan bo‘lsa, unda 
shlem-niqobning chekkalari yig‘ishtirib, obtyurator teshigini keng cho‘zib boshning 
ensa tarafiga kiygiziladi. Iyak tarafga asta-sekinlik bilan cho‘zilgan holda harakat 
qildirib kiygiziladi. Odamning ustki kiyimi yoqasi ichiga obtyurator chekkasi 
kiritiladi va to‘g‘rilab qo‘yiladi. Shlem-niqobdagi tasmalardan avval o‘rtasi, keyin 
yuqorisini va pastkisini qattiq tortmasdan, paydo bo‘lgan bukilmalarni to‘g‘rilab 
bog‘lash kerak. Agar harbiy xizmatchining bosh va ensa qismi yaralangan bo‘lsa, 
unda shlem-niqob kishining iyak tarafidan boshlab kiygiziladi va niqobning chekka 
qismi asta-sekinlik bilan orqaga harakatlantirilib bo‘yin tarafga o‘tqaziladi. 
Obtyurator chekkasi kiyim yoqasi tagiga o‘tqaziladi va ilgak-ilma qadaladi. 
Harbiy xizmatchilarning bosh miyasi yaralangan bo‘lsa, ularga shlem niqob 
kiygizilib chap yonboshga yotqiziladi, jag-yuz sohasi yaralangan bo‘lsa, shlem-niqob 
kiygizilgandan keyin qoringa yotkizilib evakuatsiya qilinishi kerak. Shlem-niqob 
kiygizilgan yaradorlar evakuatsiya qilinayotgan vaqtda, ularning ahvolidan xabardor 
bo‘lib turish (terisining rangi o‘zgarishidan, ko‘z qorachig‘i, nafas olishi va pulsining 
urishidan) kerak. Ular qusgan vaqtida, klapanlar so‘laklar bilan ifloslanib qolganda 
yoki boshqa zarur hollarda zudlik bilan shlem-niqobni almashtirishga harakat 
qilinadi. 
Shlem-niqobni ishlatib bo‘lgandan keyin issiq suvda sovunlab yuviladi va 2% li 
formalin erit masi yoki spirt bilan artiladi, shundan keyin havoda quritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə