159
namunaviy rejim ishlab chiqilgan. Namunaviy rejimlar ( № 1-3) ishlamaydigan aholi
uchun mo‘ljallangan:
1-rejim – muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi yog‘och uylarda
yashovchilar uchun;
2-rejim – zarba to‘lqinidan muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi tosh (beton
va temirbeton) uylarda yashovchilar uchun;
3-rejim – zarba to‘lqinidan muhofaza vositasi sifatida foydalanuvchi ko‘p
qavatli tosh (beton va temirbeton) uylarda yashovchilar uchun.
Radiatsion muhofaza rejimining har birivaqtni belgilaydi. Bunda muhofaza
inshotlarida bo‘lish vaqti belgilanadi. Bu vaqt 3 bosqichga bo‘linadi. 3-bosqichda
qoldirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarish uchun ko‘chaga qisqa vaqtga chiqish ko‘zda
tutiladi.
Himoya rejimining davomiyligi va bosqichlari radiatsiya darajasiga bog‘liq.
4-7 namunaviy himoya rejimi xalq xo‘jaligida ishlovchi ishchi-xizmatchilar
uchun mo‘rjallangan. Bu 1-2 smena yoki 10-12 soatga mo‘rjallangan bo‘ladi:
4-rejim – radiatsion zarbaga qarshi yog‘och uylarda;
5-rejim – tosh uylarda va radiatsiya zarbaga qarshi;
6-rejim – radiatsiyani 100-200 marta kamaytiruvchi ko‘p qavatli tosh uylarda va
radiatsiya zarbasiga (PRU);
7-rejim tosh uylar va saqlanish inshootlari.
Mazkur namunaviy rejimlar ketma-ket bosqichni o‘z ichiga oladi; panagoh yoki
saqlash inshootlarida ishni to‘xtatgan holda yashirinish; ishlab chiqarish binolarida
ishlovchilar obyektdagi muhofaza inshootlarida ishdan bo‘sh vaqtlarida smena bilan
dam olishni; smenali ishlarda ishlovchilar yashash uylada dam olishi va qisqa (1-2
soat/sutka) muddatda ochiq joyda bo‘lishi.
Namunaviy rejimlar favqulodda vaziyat bo‘yicha komissiya rayisining
farmoyishiga asosan amalga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: