I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


- yurakning organik kasalliklari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
- yurakning organik kasalliklari;
 
- stenokardiya bilan kechuvchi toj arteriyalar sklerozi;
 
- o‘pka va plevraning og‘ir kasalliklari (zotiljam, o‘pka shishi, abssesslar);
 
- fosfororganik zaharlovchi moddalardan yaqqol namoyon bo‘lgan 
bronxospazmda burundan ko‘p miqdorda shilliq moddalar ajralishi va boshqalar 
kuzatiladi.
 
Bunday yarador bemorlar umumiy pana joylarga joylashtirilishi kerak.
Gazniqobdan foydalanishga nisbiy qarshi ko‘rsatmalarga gazniqobni muhofaza 
qilish uchun ishlatishga monelik qilmaydigan, lekin mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganda 
ehtiyotkorlikni talab qiladigan kasalliklarni kiritish mumkin. Bularga yurak va qon 
tomirlarning funksional kasalliklari, nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari, buyrak 
kasalliklari va boshqalar kiradi. 
DP-1 - gopkalit patroni 
nafas a’zolarini uglerod oksididan muhofaza qiladi. 
Uglerod oksidi uzoq otishmalar vaqtida (yopiq binolar ichida yoki jangovar texnika 
ichida), raketa uchiriladigan start maydonchalarda hosil bo‘lishi mumkin. 
Gopkalit patroni silindr shaklida bo‘lib, tashqi va ichki bo‘g‘zi bor, patron 
gopkalit aralashmasi: 60% li marganets ikki oksidi va 40% li mis oksidi bilan 
to‘ldirilgan bo‘ladi. 
Gopkalit havodagi kislorod yordamida uglerod oksidini oksidlab zaharsiz 
holatga aylantiradi, bunda gopkalitning o‘zi kimyoviy jihatdan o‘zgarmaydi, chunki u 
katalizatorlik vazifasini bajarish xususiyatiga ega. 


152 
Gopkalit patronining yuqori qismida tashqi bo‘g‘zi bor, bunga birlashtiruvchi 
gofrlangan rezina naycha mahkamlanadi. Pastki qismidagi ichki bo‘g‘ziga esa 
gazniqobning filtrlovchi-yutuvchi qutisi burab o‘rnatiladi. Nafas a’zolarini muhofaza 
qilish uchun oldin birlashtiruvchi gofrlangan naychani gopkalit patronining yuqori 
qismida joylashgan bo‘g‘ziga mahkam qilib o‘rnatish kerak va undan keyin gopkalit 
patronining pastki ichki bo‘g‘ziga filtrlovchi-yutuvchi qutini burab o‘rnatish kerak 
bo‘ladi. 
Havo nam bo‘lganda gopkalit patroni o‘z muhofazalash xususiyatini yo‘qotadi, 
shuning uchun patron ichiga solingan gopkalitning ikkala tarafida, ya’ni pastki va 
yuqori qismida qurituvchi modda (kalsiy xlor) joylashtirilgan. 
Gopkalit patroni orqali o‘tayotgan uglerod oksidi havo aralashmasi bilan pastki 
teshigidan so‘rilib, birinchi qurituvchi qatlamda suv bug‘laridan tozalanadi va 
gopkalit qatlamidan o‘tib zararsizlanadi. Uglerod oksidi oksidlangan vaqtda issiqlik 
ajralib chiqadi, agar havo tarkibida uglerod oksidining konsentratsiyasi yuqori 
mikdorda bo‘lsa, patron qattiq qizib ketadi va olinadigan havoning qizigani seziladi. 
Uzoq muddatli otishma sodir bo‘lgan holatlarda (yopiq joylarda) uglerod oksidi 
ko‘payib ketishi kuzatiladi, unda faqat gopkalit patronini ishlatish mumkin. 
Har bir gopkalit patronida uning boshlang‘ich og‘irligi ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Gopkalit patronini 80 – 90 daqiqa ishlatilsa yoki uning og‘irligi boshlang‘ich 
og‘irligidan 20 gramm ortiq bo‘lsa, unda bunday gopkalit patroni ishlatilgan deb 
hisoblanadi va yangisiga almashtiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə