161
Odatda radioaktiv ifloslanishga tananing ochiq joylari yo‘liqadi. Shuning uchun
sanitar ishlov berish sifatida dush qabul qildirish tavsiya etilmaydi. Bu radiatsion
moddalarni tananing boshqa joylariga tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu
sababli ifloslangan joyni yuvish ishlari rakovina ustida o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Bunda bosimli suvni ishlatish ifloslanishni 70-90 % gacha ketkazadi.
Ifloslangan joyni sanitar ishlovidan so‘ng dush qabul qildirish mumkin, tanani
quritiladi. Shundan so‘ng terining quruq joylarida radiometriya o‘tkaziladi.
Agarda radiometriya natijasi ifloslanganlikni ruxsat etiladigan miqdordan
yuqoriligini ko‘rsatsa sanitar ishlov berish 3 martagacha takrorlanishi mumkin.
Undan ko‘p ishlov berish teridagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda
muolajani boshqa turlari bajariladi. Zararsizlantirishda maxsus vositalardan
foydalanish tavsiya etiladi, masalan «Zashita» yoki «Radez» preparatlaridan
foydalanish tavsiya etiladi, yuvish kukun (poroshok)laridan foydalanish mumkin.
Sanitar ishlov berish uchun organik erituvchilardan (benzin, atseton, etil spirti va b.)
foydalanish taqiqlanadi. Ular radioaktiv moddalarni teri ichiga kirishiga sababchi
bo‘ladi.
Poloniy, simob, vismut, yod bilan zararlanganda 1-3 %li solyan, limon
kislotalari bilan ishlov berilsa bo‘ladi, ular kompleks hosil qiluvchilar hisoblanadi.
Tananing shilliq qobiqlarini 2% li ovqat sodasi bilan ishlanishi tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: