I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Radiatsiyaviy halokat 
– sodir bo‘lgan voqelik bo‘lib, uning natijasida 
radioaktiv moddalar parchalanishi tufayli nurlanish hosil bo‘ladi. Radioaktivlik 
miqdori chegaralangan me’yordan oshmasligi va inson hayoti uchun xavfli vaziyatni 
vujudga keltirmasligi lozim.
 
Bu boradagi halokatlarning 3 turi ma’lum:
• 
bir korxona chegarasida-bunda xavfli radiatsiyaviy inshootda yo‘l qo‘yilgan 
nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar muayyan inshootdagi 
uskunalar chegarasida bo‘lib, tashqariga chiqmaydi.
• 
mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori 
birmuncha yuqori bo‘lib, u butun sanitariya-himoya hududiga tarqalishi mumkin va 
zarari ham yuqori darajada bo‘ladi. O‘z miqdoriga ko‘ra shu radiatsiyaviy xavfli 
inshoot uchun belgilangan me’yordan oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri 
katta hisoblanadi;
• 
umumiy – radiatsiyaviy xavfli inshootda sodir bo‘lgan nosozlik tufayli, 
halokatning katta hududga tarqalishi va odamlarning nurlanishga olib kelishi. 
Dunyoning bir qator mamlakatlarida halokatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
radiatsiyaviy xavfli inshootlarning turlari ko‘p. Ular atom stantsiyalari, yadro 
yoqilg‘isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro reaktori mavjud bo‘lgan ilmiy-tadqiqot 
institutlari va h.k. Og‘ir sharoit vujudga kelgan chog‘da, issiqlik yoki yadro portlashi 
sodir bo‘lishi mumkin. Radiatsiya holati – belgilangan xavfsizlik me’yorlaridan 


170 
yuqori bo‘lgan hamda radioaktiv mahsulotlar va ionlashtiruvchi nurlarning paydo 
bo‘lish(chiqish)i favqulodda vaziyatga olib keladi.
 
Hududning zararlanish darajasi 
– radiatsiya darajasida baholanadi va soatiga 
rentgen yoki radlarda o‘lchanadi. Insonlarning zararlanish darajasi – tashqi nurlanish 
natijasida radiatsiya dozasining kattaligi bilan aniqlanadi va rentgen yoki 
radlarda o‘lchanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə