I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

 
Yod profilaktikasi 
– qalqonsimon bezni radioyod ta’siridan muhofaza qilishga 
qaratilgan muhim tadbir. Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganida katta miqdorda 
radioyod atrof muhitga chiqadi. Radioyoddan muhofaza qilish uchun turg‘un yod 
preparati qabul qilinadi.
Yod radioizotipining atrof muhitga bir martalik chiqishida yod profilaktikasi 10 
kun davomida o‘tkaziladi. Radioizotop uzoq muddat organizmga tushganda shu 
muddat davomida va radionuklidning atrof muhitga oxirgi chiqishidan keyingi 10 
kun davomida yod preparati qabul qilinadi.
Ko‘pincha yod profilaktikasi uchun kaliy yod ishlatiladi. Uning kecha-kunduzlik 
miqdori kattalar va 5 yoshdan katta bolalarga - 0,25 g (1 tabl.), 2-5 yoshli bolalarga 
0,125 g (0,5 tabl.), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,02 g (0,25 tabl.) dan iborat. 
Go‘sht 1:3 nisbatda suvda qaynatilganda, uning radioaktivligi 50%, 1:3 nisbatdagi 
namokobga 1 kecha-kunduz davomida solib qo‘yilganda 70-90% ga kamayadi 
(namokob 2-3 marta almashtiriladi). Go‘sht sovitgichda uzoq muddat saqlansa, yod-
131 ning tabiiy dezaktivatsiyasi sodir bo‘lib, 80 kundan so‘ng uning izi ham 
qolmaydi. Radioaktiv yod-131 ni kartoshka qirqimidagi ko‘k rangga qarab aniqlash 
mumkin 1 litr suv yoki sutni uy sharoitida tozalash uchun 35-40 g tsellyuloza kerak 
bo‘ladi. Tozalashning ikki usuli bor: 
1-usul. 
40 g tsellyuloza olinadi, tozalanadi va suvda bo‘ktiriladi. Voronkaning 
tor qismiga filtr (paxta), ustidan bir tekis qilib tsellyuloza solinadi. Zararlangan 
eritmani quyib, filtrlanadi, tsellyulozani shisha tayoqcha bilan ushlab turiladi. 1 litr 


127 
suyuqlikni tozalash uchun 25 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi. Ishlatilgan tsellyulozani 
quritib, yoqish va kulini belgilangan tartibda ko‘mish lozim. 
2-usul. 
Konserva bankalariga 2-3 l suv quyiladi va ertalabgacha muzlatgichga 
qo‘yiladi. Ertalab ifloslangan suv olib tashlanadi, bankada toza muz bo‘lagi qoladi. 
Radiatsiyaviy avariyadan so‘ng meva, sabzavot hosillarini yig‘ib olmang. 
hovuz, ko‘l va boshqa suv havzalarida cho‘milmang. Suvni radiatsiya bilan 
zararlanmagan quduqdan olish zarur. Mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol 
qilmaslik lozim. Barcha ho‘l meva va sabzavotlarni zararlanmagan suvda yuvib, 
so‘ng iste’mol qilish kerak. Yovvoyi hayvonlar go‘shtini va qo‘ziqorinni yemaslikka 
harakat qilish lozim. Ovqatlanishdan avval qo‘llarni sovunlab yuvish va og‘izni 
chayish zarur. Yodingizda tutingki, radiatsiyali zonada yashash mumkin, lekin bu 
sizdan muayyan intizom talab qiladi. Radiatsiyaviy muhofaza usullarini bilish 
radiatsiyaviy avariya oqibatlarini sezilarli kamaytiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə