I bob. Generatsiya


II BOB.KO`P MODALI LAZERLAR



Yüklə 364,26 Kb.
səhifə5/7
tarix06.02.2022
ölçüsü364,26 Kb.
#83503
1   2   3   4   5   6   7
bmki

II BOB.KO`P MODALI LAZERLAR .

2.1. Fabri-Pero lazerlari

Ko‘p modali yoki Fabri-Pero rezonatorli lazerlar. GaAs yoki InP yarim o‘tkazgich turlaridan biri asosida tayyorlangan, kristallning ikki qarama-qarshi ko‘ndalang kesimiga perpendikulyar bo‘lgan p-n o‘tishli parallelepiped ko‘rinishidagi oddiy lazer diodlar tuzilishi 2.1-rasmda tasvirlangan

p n

p - n-o‘tish

Nurlanish

2.1-rasm. p-n o‘tishli, Fabri-Pero rezonatorli lazer diodi.

Aks ettiruvchi parallel, ko‘ndalang yuzalar Fabri-Pero rezonatorlarini tashkil etadi. Tashuvchilar rekombinatsiyasi o‘tish tekisligi yaqinida amalga oshadi va Fabri-Pero rezonatorlari hisobiga musbat teskari aloqa hosil qilinadi. Ko‘ndalang yuzalardan aks etish havoning va yarim o‘tkazgichning n sindirish ko‘rsatkichlarini farqlanishi bilan tushuntiriladi. Nomaqbul yo‘nalishlarda generatsiya yuzaga kelmasligi uchun nurlantirmaydigan yuzalarning g‘adir-budirligi ta’minlanib, ularning dag‘allashuviga erishiladi.

Fabri-Pero rezonatorli lazer diodlar ko‘p modali lazerlar ham deyiladi. Chunki ular bir necha modalarni nurlantiradi (2.12,a-rasm). 2.12,a-rasmdagi katta amplitudali moda – bu to‘lqin uzunligining asosiy modasi, kichik amplitudali modalar – yon modalari hisoblanadi. Yon modalar orasi taxminan 1 nm ga teng. Lazer nurlanish modulyatsiyasida nafaqat asosiy moda, shuningdek yon modalar ham modulyatsiyalanadi. Bunday lazerlarda optic nurlanishning to‘liq spektr kengligini yarmi 4-5 nm ga teng.



  1. b)

2.12-rasm. Lazer diodlarning nurlanish spektrlari: a) - ko‘p modali lazer diodlar nurlanish spektri; b) - bir modali lazer diodlar nurlanish spektri.

Spektrning kengligi dispersiyani oshishiga olib keladi. Fabri-Pero rezonatorli, ko‘p modali lazerlar juda yuqori texnik tavsiflarga ega emas. Lekin tuzilishi sodda bo‘lgani uchun narx-samaradorlik nuqtai nazaridan, bunday lazerlar juda yuqori tezliklar talab etilmaydigan optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladi.tezligiAytib o‘tish joizki, bir modali nurlanish rejimida bo‘lib, Δλ kichik bo‘lsa ham uzatish tezligi oshishi bilan Fabri-Pero rezonatorli lazer diodlar modalarida quvvatni qaytatdan taqsimlanishi kuzatiladi. Bunda har bir alohida modani quvvatitezligisezilarli darajada o‘zgarishi mumkin. Lazer signali tola bo‘ylab uzatilganda, to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lgan guruhli kechikish (xromatik dispersiya)ni hisobga olsak, modalar bo‘ylab quvvatni taqsimlanishi chiqishda shovqin sathini oshishigatezligiva Δλ spektrni dinamik kengayishiga (1-2 GGs chastota modulyatsiyasida 10 nm gacha) olib keladi. Yuqori tezlikli tizimlarida bu seksiya uzunligini chegaralovchitezligiasosiy omil bo‘lishi mumkin

Optik rezonatorlarni tashkil qilish usuli bilan farqlanuvchi, ma’lum darajada oddiy Fabri-Pero rezonatorlarining takomillashuvi hisoblangan boshqa mukammal lazer diodlarda bu kamchiliklar mavjud emas.


Yüklə 364,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə