I bob husnixatga o`rgatishning maqsad 1 Husnixatga o‘rgatish fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 167,27 Kb.
səhifə1/19
tarix22.03.2024
ölçüsü167,27 Kb.
#181866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Husnixatda yozish uchun lozim bo‘lgan metodik shartlar (3)




I BOB Husnixatga o`rgatishning maqsad
1.1 Husnixatga o‘rgatish fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
1.2 Yozuv taraqqiyotining bosqichlari.
1.3 Xattotlik san’ati tarixi.
II BOB Husnixatga o`rgatishning grafik asoslari

    1. Bosh va kichik, yozma va bosma harflar, ularning grafik asoslari. yozilishiga ko`ra xususiyatlari

    2. Husnixatga o‘rgatish tamoyillari

2.3 Husnixatga o`rgatish tamoyillari (Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog`liqligi tamoyili)
2.4 Husnixatga o`rgatishning metod va usullari (Chiziqli usul. Genetik usul. Namunaga qarab yozish usuli. Namunaga qarab ko’chirish usuli. Nusxa ko’chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli)
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
O'zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan merosida xattotlik san'ati alohida o'rin egallaydi. Arab istilosidan so'ng o'rta osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi.
O'rta asrlarda har qanday asar qo'lda ko'chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko'chirish katta hunar va san'at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda xattot nomi bilan mashhur bo'lganlar. Xattotlaming ko'chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib ularni zavqlantirgan. Shuning uchun ham xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy kishilar emas, balki o'sha davrning ilm- ma'rifat va yirik madaniyat arboblari hisoblangan. Qo'lda ko'chirilgan har bir asar san'at mo'jizasi kabi nodir asar hisoblangan.
XIV- XVI asrlarda bir qancha iste'dodli- san'atkorlar- nafis kitoblarning ijodkorlari yetishib chiqdi. Muhammad bin Husayn At- Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqalam, Munislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari o'rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan hattotlik san'atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o'z asarlarininggma emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko'chirganlar. Masalan, Xofiz Sheroziy, Xisrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko'chirgan. Alisher Navoiyning moxir xattot ekanligi tarixiy manbalardan malum. Zaxiriddin Muxammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab «Xatti Boburiy» deb atalgan alifbe yaratdi. Munis Xorazmiy xattotlik san'ati haqida «Savodi ta'lim» nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini nihoyatda nafis xat bilan ko'chirdi. Muqimiy ham juda mayda nastaliq va shikasta xati uslubida bayoz ko'chirgan. Bularning hammasi shuni ko'rsatadiki, O'rta osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nixoyatda kuchli bo'lgan. Qo'l yozmalarni kitob xoliga keltirishda bir necha mutaxassislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qoqozrez (qog'oz quyuvchi), xattot (kalligraf), muzaxxib (oltin suvi bilan bezak beruvchi), lawoh (lavxa chizuvchi), musawir (rassom) va saxxof (muqovachi) ishtirok etadi. Shu yo'sinda tayyorlangan nafis kitoblar shoxlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.
O'rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog'oz ishlashda katta shuxrat qozongan edilar.
Ularning qog'ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun esa ana shunday sifatli qog'ozlar kerak bo'lar edi. Qog'ozlar kustar holda turli usullarda tayyorlangan.



Yüklə 167,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə