I bob korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi



Yüklə 316,14 Kb.
səhifə2/7
tarix24.06.2023
ölçüsü316,14 Kb.
#118761
1   2   3   4   5   6   7
KORPORATIV MOLIYANING AMALIY AHAMIYATINI OSHIRISH YO\'LLARI

Kurs ishini maqsadi: Korporativ moliyaning amaliy ahamiyatini oshirish yo'llarini o’rganish
Kurs ishini vazifasi:
-Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
- Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari.
- Korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruvning xususiyatlari.
- Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy menejerning asosiy vazifalari
Kurs ishini obyekti:Karparativ va moliya tizimlar
Kurs ishini hajmi: Kirish Ikki bob, To’rtta paragrif, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I.BOB KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI VA UNING TASHKIL ETILISHI
1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi sifatida foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida moliyaviy- xo‘jalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor mimosabatlarida bozorning har qanday subyekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi. Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul mablag‘larining subyektlar o‘rtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning }mzaga kelish asosiy shartidir. Korporativ mohya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo‘j alik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida xizmat qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlami bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotni anglatadi. Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlami iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha gumhlash mumkin: - ta’sischilar о‘rtasida; - alohida korxonalar о‘rtasida; - korxonalar va ulaming bo‘linmalari о‘rtasida; - korxonalar va ulaming ishchi-xodimlari о‘rtasida; ~ korxonalar va yuqori tumvchi tashkilotlar о‘rtasida, moliya-sanoat gumhlari tarkibidagi biznes subyektlari о‘rtasida, xolding tarkibidagi biznes subyektlari o‘rtasida; - korxonalar va davlat moliya tizimi o‘rtasidq; - korxonalar va bank tizimi o‘rtasida; - korxonalar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida; - korxonalar va fond biqalari o‘rtasida; - korxonalar va investitsiya institutlari o‘rtasida. Korxona pul mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida turh maqsadli fondlami shakllantiradi. Har bir pul fondining o‘z maqsad va vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakliantirish orqali xo‘jalik faoliyatini kerakli mablag‘lar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlari! ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o‘zlashtiradi va joriy etadi, subyektlami iqtisodiy rag‘batlantiradi; budjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, korporativ moliya moliya tizimida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur bo‘g‘inini samarali tashkil etish va rivojlantirish aniq prinsiplarga asoslanadi. Ular korporativ tuzilmalaming ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bevosita bog‘liq va ular quyidagilar; - moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘z-o‘zini tartibga solish; - o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash va o‘z-o‘zini moliyalashtirish; - aylanma mablag‘lami shakliantirish manbalarini o‘z va qarz manbalariga ajratish; - moliyaviy zaxiralar tashkil etish. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha o‘z-o ‘zini tartibga solish prinsipi mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ulami amalga oshirishda korxonalarga to‘liq mustaqillik taqdim etilganligini o‘zida ifodalaydi. Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan kehb chiqqan holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va o‘z faoliyatini rejalashtiradi. Tezkor va joriy rejalar asosini xaridoriar bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va mol yetkazib bemvchilar bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar tasbkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada ko‘zda tutilgan tadbirlami pul mablag‘lari bilan ta’minlashga, shuningdek, davlat budjeti bilan hisob-kitoblami kafolatlashga qaratilgan. Aylanma mablag‘lami to‘Idirish o‘z moliyaviy resurslari (sof foyda), zarur holatlarda qarz mablagiari va boshqa jalb qilinadigan mablagiar hisobiga amalga oshiriladi. O‘z xarajatlarini o’ziqoplash prinsipi korxonam nvojlanürish uchun yo‘naltirilgan mablagiar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini nazarda tutadi. Bu mablag’lar tegishli korxona xususiy kapitalining minimal iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. , Korxona o‘z xarajatlarini o’ziqoplashda takror ishlab chiqarish jarayonini o‘z manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli budjetlarga soliqlar tolaydi. Amaliyotda mazkur prinsipga amal qilish barcha korxonalarda samarali ishlashni va zararlarni tugatishm talab qiladi. O’zi xarajatlarini o’zi qoplashdan farqli ravishda oz-ozmi moliyalashtirish nafaqat samarali faoliyat ko‘rsatish imkonini beradi, balki tadbirkorlik faoliyati asosida moliyaviy resurslami shakllantirish imkonini ham yaratadi. 0‘z-o‘zini moliyalashtirish prinsipi shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq intizomiga rioya qihsh orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish imkonini beradi. Xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida jarimalar toiash, shuningdek, boshqa tashkilotlaming zararlarini qoplash mahsulot yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlami bajarishdan korxonam ozod qilmaydi. . 0 ‘z-o‘zini moliyalashtirish prinsipini amalga oshirish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim; - joriy va investitsion faoliyat bo‘yicha xarajatlami qoplash uchun yetarli miqdorda o‘z kapitalini jamg arish, - kapitalni joylashtirish uchun maqbul yo‘nalishlami tanlash; - asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish; - tovar va moUya bozorlari talabiga moslasha olish. Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimla- rini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Chunki pul oqimlari o‘zaro mosligini ta’minlash faoliyat uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa kapitalni oqilona joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy nazoratga olinishi lozim boiadi. Aylanma mablaglarni shakllantirish manbalarini o‘z va qarz manbalariga ajratish prinsipi alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik xususiyatlarga ko‘ra belgilanadi. Mavsumiylik xususiyatiga ega tarmoqlarda (savdo, oz jumladan moliyaviy resurslami ham talab qilish darajasiga ko ra faoliyat xususiyatlari. Enlardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan tabiiy-iqlim va geografík sharoitlami ham hisobga olish lozim bo'ladi. Umuman, keltirib o‘tilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda korxonalardan resurslami o‘zlashtiribgina qolmasdan qo‘yilgan maqsadlarga erishish ham talab etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb etuvchi masalalar o‘z yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes faoliyati muVaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng asosiysi maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini doimiy yangilab borishga ham imkon beradi. Korporativ moliyaviy siyosat va uning o‘ziga xos xususiyatlari . , Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlaming to‘g‘ri tashkil etilishi qo‘yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e’tibomi korxonalar moliyasini samarali tashkil etishga, korxonalar moliyasini boshqarishni to‘g‘ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqaristoi to‘g‘n tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy siyosatga bog‘hq. Korporativ moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish korxonalaming barcha moliyaviy munosabatlarini qamrab olishi lozim. Bunda moliyaviy siyosat - korxonaning ta’sis hujjati (ustavi)da aks etgan strategik va taktik maqsadlarga erishish uchun mohyadan maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanishni o‘zida aks ettiradi.! layoqatlilik va balans likvidliligini ta’minlash; aksiyadorlar mulkiy irnkoniyatlarini oshirish va boshqalar. Umuman, korporativ moliyaviy siyosatda quyidagilar nazarda tutiladi; - foydani maksimallashtirib borish; - kapital tarkibi va qiymatini optimallashtirish; - korporativ tuzilmaning moliyaviy barqarorligi, amaliy va bozor aktivligini ta’minlash; - aksiyadorlar, investorlar va kreditorlar uchun korporativ tuzilmaning moliyaviy ochiqligiga erishish; - qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, moliyaviy lizing, loyihaviy moliyalashtirish yordamida kapital jalb qilishning bozor mexanizmlaridan foydalanish; - korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining strategik maqsadlarini hisobga olgan holda moliyaviy holat diagnostikasi asosida korporativ moliyani boshqarish mexanizmini ishlab chiqish; - ustavda keltirilgan faoliyatni amalga oshirish va korporatsiyaning qarz majburiyatlarini qoplash uchun zarur moliyaviy resurslami shakliantirish, pul oqimlari va moddiy zaxiralar balansliligini ta’minlash. Korporativ tuzilma pul oqimlari va moddiy zaxiralar o‘rtasida balanslilikka erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi; - ustav kapitalini shakliantirish (pul ko‘rinishida yoki moddiy ko‘rinishda) va faoliyat uchun qo‘shimcha mablag‘lami (resurslami) jalb qilishning eng ratsional usullari aniqlanadi; - pul oqimlarini optimallashtirish imkonini beravchi moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi shakllantiriladi; - soliqlar va majburiy ajratmalarni optimallashtirish maqsadida hisob siyosati ishlab chiqiladi; - kontragentlar bilan hisob-kitoblar usullari va muddati, jarimalar qo‘llanihshi bilan bog‘liq xo‘jalik shartnomalari shart-sharoitlari aniqlanadi; - xarajatiar, daromadlar, foyda va investitsiyalar javobgarlik markazlarini yaratish asosida budjet boshqaruvi tizimi joriy qilinadi, - bosh kompaniya va uning filiallari o‘rtasida pul oqimlari harakati hisobi va nazorati tashkil qilinadi. 18 «MW Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish jarayonida yetarUcha pul mablagiari va toiovga layoqatlilikning yuqori darajasi sharoitida korporatsiyani rivojlantirish va mulkdorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini uyg‘unlashtirish muammosi paydo boiadi. Bunday sharoitda korxona faoliyat davomiyligi va qo‘yilgan maqsadlar tavsifidan kehb chiqqan holda strategik va taktik moliyaviy vazifalar qo‘yiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korporativ moliyaviy siyosatni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin. Korxonalar moliyaviy sivosati Uzoq mudMoliyaviy strategiya 0‘rta muddatli davr joriy vazifalar Moliyaviy taktika «Tadbirkorlik» kapitalini yaratish Biznes qiymatini maksimallashtirish y ollaiini tanlash Pul va tovar oqimlari balansliügini boshqarish Ishlab chiqarish potensialini yangi lash Fond bozoridagi xalqaro moliyaviy aloqalar va pozitsiyalarini qo'llab-quvatlash moliyaviy barqarorlik va to‘lovga layoqatlilikni saqlash Mulkdorlar va menejerlar manfaatlari tengligini saqlash Moliyaviy shaffoflikni ta’minlash; aksionerlik kapitali tarkibini optinmliashtirish Investitsion, emission, dividend siyosatini tanlash Korporativ moliyani boshqarishni takomillashtirish. Korxonalar moliyaviy siyosati. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, korxonalarning davlat bilan o‘zaro moliyaviy bog‘liqlik mexanizmini samarali tashkil etish.



Yüklə 316,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə