I bob Ma’naviyatning mohiyati va shakillanish omillari



Yüklə 125,58 Kb.
səhifə31/31
tarix12.05.2022
ölçüsü125,58 Kb.
#86789
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari.

Musulmonlarning soni jihatdan eng yirik davlatlar — Indoneziya,  Hindiston,  Pokiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari,  Xitoy, Tailand, Efiopiya, Tanzaniya, Kiprda, Yevropaning ayrim mamlakatlari (Bosniya va Gersegovina,  Albaniya,  BuyukBritaniya, GFR,  Fransiya  va boshqa), Shimoliy va Janubiy Amerika qitʼasi mamlakatlari (AQSH,  Kanada,  Argentina,  Braziliya,  Gayana,  Surinam, Trinidad va Tobago)da,  Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi.

Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad s.a.v sanaladi. Islom dinining paydo boʻlishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy anʼanada u ilohiy hodisa, insonlarni toʻgʻri yoʻlga solish uchun Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi taʼlimot deb uqtiriladi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar eʼtiqod qilgan xudoga ishonganlar. Shu xudo, yaʼni Alloh odamlarga paygʻambar-elchilar yuborgan. Ammo insonlar paygʻambarlar taʼlimotini buzganlar. Shuning uchun Alloh insonlarga oxirgi rasul etib Muhammad s.a.vni tanladi, unga oʻzining kalomi — Qurʼon nozil qildi.  Muhammad s.a.v oldin oʻz hamshaharlarini, soʻng barcha arablarni koʻplab qabila xudolariga sigʻinishdan voz kechish va yagona xudo — Allohga eʼtiqod qilish, solih hayot kechirish, u dunyoda jannatga tushish uchun bu dunyoda ezgu ishlar qilishga daʼvat etadi. Qurʼonga  koʻra, arablar va yahudiylarning  umumiy bobokaloni  Ibrohim (a.s) Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohim (a.s) ga nozil boʻlgan dinidir.


Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki mustaqillikdan so’ng birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda ma’naviyat va sanat sohalariga alohida e’tibor qaratildi.Xususan ma’naviyat sohasiga alohida e’tibor berildi. Chunki manaviyatsiz millat hech qachon taraqqiyotga erisha olmaydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch ” asarida ham shunga alohida to’xtab o’tilgan, va shunday degan edi: “Insoniyatning ko’p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo’ravon va tajovvuskor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalombor uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boylig bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilihga urinadi. Buning tasdig’i uzoq va yaqin tarixdagi ko’p ko’p misollarda ko’rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning manaviyati uning bugungi hayoti va taqdirini o’sib kelayotgan farzandlarning kelajagini belgilashda shak-shubhasiz ahamiyat kasb etuvchi omil hisoblanadi. ” Ma’naviyat inson ruhiy-aqliy olamini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. U kishilarning falsafiy-huquqiy, ilmiy-badiiy, axloqiy-diniy tasaavurlarni o’z ichiga oladi. Ma’naviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, istedod egalari shu jamiiyatning millatnig yuzi g’ururi, obru-e’tibori hisoblanadi. Bejizga birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shu sababli O’zbekistonda ma’naviyatni yuksaltirish xalqni ma’naviyatli qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. O’zbekistonda ma’naviyatni ko’tarish , targ’ib qilish , boyitish aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika “Ma’naviyat va marifat markazi ” tashkil etilgan. Respublika ta’lim tizimida ham ma’naviyat asoslari faniga alohida urg’u berib chuqur o’qitilmoqda. Ma’naviyat sohasida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan O’zbekistonda buyuk ajdodlarimiz , allomalarimiz boy ma’naviy merosini bizgacha yetib kelishida xizmat qilayotgan respublika ma’naviy ma’rifiy markazi muhim ahamiyat kasb etadi.





1Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi xalq etiqodi va buyuk kelajakga ishonchdir T; “O`zbekiston”, 2000

2Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi xalq etiqodi va buyuk kelajakga ishonchdir T; “O`zbekiston”, 2000


Yüklə 125,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə