I bob. Matematika darslarida parametrli tenglamalar va parametrli tenglamalar sistemasini yechish metodikasining nazariy asoslari



Yüklə 239,41 Kb.
səhifə2/10
tarix23.12.2023
ölçüsü239,41 Kb.
#155902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
parametrli tenglamalar va parametrli tenglamalar sistemasini yechish (2)

Mavzuning dolzarbligi. Yaqinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Farg’onaga tashrifi chog’ida Xalq ta’limi vazirligiga alohida ko’rsatmalar berdi. Prezident yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish masalalariga alohida to’xtalib o’tib, yangi o’quv yilidan sinfdan boshlab o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish lozimligini ta’kidlab o’tdi.
Umumiy o‘rta ta’lim xamda o‘rta maxsus kasb —xunar ta’limi matematika kursining katta qismini tenglamalar va ularni yechish bilan bog‘liq o‘quv materiallari egallab. Davlat ta’lim standarlari va o‘quv dasturlariga asosan matematika kursida tenglamalar va ularni yechish bilan bog‘lik, o‘quv materialni o‘rganishni uchta bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich umumiy o‘rta ta’lim matematikasining boshlang‘ich kursi, xamda algebra kursining boshini o‘z ichiga oladi. Bu boskichda o‘quvchilar tenglamalarning eng sodda sinflariga tegishli aloxida, konkret misollarni yechishning turli usullari bilan tanishtiriladi. Bunda konkret tenglamalarni yechishda qo‘llanilgan almashtirishlar induktiv xolda asoslanadi, o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar xosil kilinib, ularning tenglamalar yechish bo‘yicha malakasi ortib borgan sari, asta — sekin induktiv muloxazalar teng kuchlilik terminini ishlatmagan xolda uni amalda qo‘llash bilan almashtiriladi,
Ikkinchi bosqichda teng kuchlilik tushunchasi ajratila boshlaydi, uning nazariy mazmuni keltirib chiqarilgan almashtirishlar qoidalari bilan takkoslanadi. Bu boskich uzoq davom etmaydi, faqat teng kuchlilik tushunchasi ajratilib, misollarda uni ko‘llash tushuntiriladi.
Uchinchi bosqichda teng kuchlilik tushunchasi asosida tenglamalar yechishning umumiy nazariyasi kiritiladi.
Dastlab tenglamalarga oid bizga tanish va notanish bo‘lgan malumotlarni keltirildi. Hamda tenglamani yechish usullari haqidagi mavzuni yoritildi. Tenglamalarning bazi yechilish usullari va ularning tadbiqlarini ko‘rib chiqildi
Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi, fuqarolarining aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi.
Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o’qitish bilan bog’liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o’ylantirib qo’yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo’lib boraveradi.

Yüklə 239,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə