Nazar eshonqulning modern asarlari tahlili



Yüklə 38,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü38,36 Kb.
#166885
  1   2   3   4
ZDIT2438




151 
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
NAZAR ESHONQULNING MODERN ASARLARI TAHLILI 
Nurafshon Oripova Olimon qizi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7162347 
Inson tafakkurining yangilanishida, uning ongiga ma’lum bir g‘oyani singdirishda 
hech qaysi soha adabiyotchalik imkoniyatga ega emas. Ijodkorning “Shamolni 
tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam”, “Xayol tuzog‘i”, “Tobut”, “To‘zon”, 
“Og‘riq lazzati” kabi hikoyalarini har jihatdan ilmiy-estetik tahlil va tadqiq qilish, 
ular orqali o‘zbek hikoyachiligida g‘arb modern adabiyotiga xos xususiyatlarning 
shakllanishi va o‘ziga munosib o‘rin egallash jarayonini o‘rganish mumkin. 
Yozuvchi asarlaridagi qahramonlarga xos milliylik, voqealarning sirli tarzda 
vositalar orqali, ba’zan sahna ortida imo-ishoralar bilan ko‘rsatilishi, eng asosiysi, 
asarlaridagi voqealar “men” tilidan hikoya qilinishi va doimo o‘zini-o‘zi taftish-u 
tahlil etib borishi, o‘z gunohlariga iqrorligi adabiyotdagi, nainki milliy mustaqillik 
davri o‘zbek hikoyachiligi, balki butunicha nasrimizdagi yangicha uslubiy 
yo‘nalish sifatida o‘rganishga sazovordir. Bu xususda yozuvchi Nazar 
Eshonqulning o‘zi shunday fikr bildiradi: “
Adabiyot hech qachon yakka holda 
taraqqiy etgan emas. Bir insonni fikridan qaytarish yoki o‘z haqiqati bo‘lgan 
shaxsning qarashlarini o‘zgartirish oson emas. Chunki inson o‘z maslagidan voz 
kechishi, bosib o‘tgan yo‘lini, yashash tarzini inkor etishi, men adashibman, deya 
osongina tan olishi hazilakam gap emas. Bu qalb va iroda bilan kechadigan jarayon. 
Axir, umr davomida singdirilgan mafkurani yangilashning o‘zi bo‘lmaydi-da! Jahon 
adabiyoti dunyodagi yuzlab xalqlarning adabiyoti, shu jumladan bizning ham. U 
bizga begona adabiyot emas. Shuning uchun jahon adabiyoti tushunchasiga 
cho‘chib, xavotirlanib qarash noo‘rin. An’analar adabiyotdan adabiyotga o‘tadi. 
Kimda nimaga ehtiyoj bo‘lsa, o‘shani oladi. Men ham o‘z ehtiyojimga yarasha 
olganman. Kimga kerak bo‘lsa bizdan oladi. Men ta’sirni juda oddiy tushunaman, 
shu sababli cho‘chimayman. “Boshqacha yozish” agar o‘ziga xos yozish bo‘lsa, bu 
muqarrar hodisa. Agar u chiranish, oliftachilik bo‘lsa, u hech narsa, hatto taqlid 
ham emas. Taqlid ham taqlid qilinayotgan narsaga mos bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa u 
karnay bo‘laman deb chirangan surnayning holiga tushadi. Gap taqlid yoki ta’sirda 
emas: gap iste’dodda. Yozilgan asarda iste’dod seziladimi, yo‘qmi? Agar sezilsa
xavotir noo‘rin. U baribir ta’sir doirasini yorib chiqadi”.
Yozuvchining bir qator 
hikoyalari, jumladan, “Hayol tuzog‘i”, “To‘zon”, “Lazzat ortida qolgan yurak”, 
“Zulmat saltanatiga sayohat” hikoyalari an’anaviy asarlar singari bir kishi taqdiri 
tafsilotlari tavsifidan iborat emas. Ular mislsiz azobda o‘rtanayotgan bor
bisotidan, o‘zligidan ajralgan dunyoga qo‘l siltagan inson ichki olamining so‘zda 
chizilgan suratiday bo‘lib ko‘rinadi. Bu surat buyuk rassomlar asarlari singari
qabariq va ta’sirchandir. Undan o‘z xotiralarini yengolgan, taqdir so‘qmoqlarida 



152 

Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə