Nazar eshonqulning modern asarlari tahlili


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya



Yüklə 38,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü38,36 Kb.
#166885
1   2   3   4
ZDIT2438

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Yozuvchi Nazar Eshonqul hikoyalarida esa bu ko‘rinish o‘ziga xos tarzda bo‘y-bast 
ko‘rsatib borayotir. “Uyg‘onish badiyati insonni jo‘n va yuzaki tushunishdan, uni 
bir yoqlama talqin etishdan voz kechdi, – deb yozadi filologiya fanlari nomzodi 
Xurshid Do‘stmuhammad, – o‘zbek hikoyachiligida bu o‘ziga xoslik 
nasihatbozlikdan qutulishda o‘z ifodasini topdi. Misol uchun “oqpadarlik – 
yomon”, ichkilikbozlik, poraxo‘rlik – illat” singari “g‘oya”lar hikoyalarda o‘z qadr-
qimmatini yo‘qotadi. Ishlab chiqarish mavzusidagi jasoratlar madhi o‘rnini 
qahramonning shaxs sifatidagi kamolini izlash tasviri egalladi. Qahramonlarning
ijobiy yoki salbiyligini belgilovchi mezonlar o‘zgardi. Qahramon shaxsi, ruhiy 
olami, shuuri tasviriga moyillikning kuchayishi hikoyaning syujet qurilishini, 
tasvir maromini, konfliktlar tabiatini yangiladi” .
Darhaqiqat, adib ta’kidlaganidek, inson ruhiy holatini taftish etuvchi, uning 
o‘zligini, “men”ini kashf etishga qaratilgan modern adabiyoti Sharqning ulkan 
tafakkur qudrati bilan yaratilgan. Bu borada yozuvchi Nazar Eshonqul fikr 
bildirar ekan, xalqimizning qadimiy ijod namunalarini yuqori baholab: “Turkiy 
xalqlar asotir va eposining ta’sir ko‘lami shu darajada kengki, biz hatto buni 
tasavvur ham qilolmaymiz. Agar biz ana shu merosni o‘zlashtira olsak, g‘arb 
adabiyoti nimadan “ozuqlangan”ini ham, chinakam ma’nodagi adabiyot o‘zi 
nimadan iborat ekanligini ham tezda tushunib yetamiz”.
Nazar Eshonqul asarlarini o‘qib turib yozuvchi ijodidagi ko‘zga tashlanadigan 
jihatlar asosan xalq mifologiyasi asosida, uning o‘zagidan ruh olib yaratilganligiga 
amin bo‘lasan.
“Shamolni tutib bo‘lmaydi”dagi Bayna momodek matonatli insonlar, “Xaroba 
shahar surati”dagi parishon yigit, o‘z tanazzulini sezmagan saylovga nomzodi 
qo‘yilgan shoir, unga qarama-qarshi tarzda o‘z mag‘lubiyatini seza turib, bunga 
ko‘nikkan professor, “Xayol tuzog‘i”dagi aldov va maqsadsizlik ustiga qurilgan bu 
dunyodan voz kechgan Voqif, inson miyasini taomiga aylantirgan “To‘zon”dagi 
maxluqlarga urush ochib, o‘zi ham uning domiga tushgan yozuvchi yigit, “Lazzat 
ortida qolgan yurak”dagi kabi yo‘qlik va noma’lumlik, puch g‘oyalarga berilgan 
talabalarning o‘y-xayollari, orzu-armonlari, kechinmalari, his-tuyg‘ulari aks etgan 
bir qator hikoyalar dunyoga keldiki, ular Xurshid Do‘stmuhammadning ta’biri 
bilan aytganda bugungi “uyg‘onish badiyatining” nodir namunalari sirasiga kiradi.
“Har bir millat o‘z uyg‘onish davrini o‘ziga xos yo‘sinda boshdan kechirgan” 
deb yozadi taniqli badiyatshunos faylasuf A.Losev va uyg‘onish badiyatining bosh 
alomatlaridan biri qadimgi qadriyatlarga tashnalikning kuchayishi ekanini 
ta’kidlaydi. Insoniyat tarixidagi eng ko‘hna qadriyatlar tabiat qonunlariga 
uyg‘unlashib ketishi bilan farqlanadi. Bu ulkan haqiqat Nazar Eshonqul 
hikoyalarida o‘ziga xos tarzda o‘z talqinini topdi. Ayniqsa, o‘zbek xalqi tabiatidagi 



154 

Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə