Nazar eshonqulning modern asarlari tahlili


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya



Yüklə 38,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü38,36 Kb.
#166885
1   2   3   4
ZDIT2438

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
adashgan alamzada odam so‘zlab turganday ko‘rinadi. Bu qahramonlar o‘zini-o‘zi 
inkor qilgan g‘alayonlarning moʻjaz umumlashmasi sanaladi. “Qora kitob” 
qissasida o‘z “men”ini taftish qilayotgan qahramon o‘ziga-o‘zi “…meni hech kim 
o‘zimdek sud qilolmaydi. Jazo nima u?” degan savol qo‘yadi va “Shunchaki rasmiy 
marosim. Aslida eng oliy jazoni ko‘ngilning o‘zi chiqaradi”, deydi
Haqiqatan ham inson o‘z qilgan aybini, xatosini qalbining tub-tubidan anglab 
yetsa, unda insonga sud tomonidan berilgan jazoning vijdon oldidagi jazodan o‘n 
chandon, yuz chandon yengil ekanligini his etadi. Bu jihatni ochishda, hayotning, 
zamonning turfa o‘yinlari, insonning qilmishlari to‘g‘risida fikr yuritgan mazkur 
asarlar katta ahamiyat kasb etadi.
“Xaroba shahar surati” hikoyasi ham yozuvchining mahorati, iste’dodidan 
darak beradi. Parishon yigitning o‘y-xayollari, fikrlari, ichki kechinmalari, o‘zligini 
anglash yo‘lidagi mashaqqatlari bayon etilgan mazkur hikoya insoniyat ong-
shuurining naqadar qotib qolganligi, uning yozuvchi Ch.Aytmatov “Asrga tatigulik 
kun” asari qahramoni Jo‘lomon misoli manqurtga aylanib ulgurmaganini xaroba 
shahar surati orqali badiiy timsollar bilan ochib bergan. E’tibor beradigan bo‘lsak, 
yozuvchi asardagi shahar nomini Tursoriya deb ataydi va uning vayron bo‘lishdan 
avvalgi go‘zalligini odamlarga uqtirishga, uni qaytadan qurishga chaqiradi.
Beparvolik va loqaydlik inson tanazzuli. Uning tuyg‘ularsiz yashashi, kimligini va 
nima uchun bu dunyoga kelganligini anglamaslik, misoli hayvondek faqat qorin 
g‘amini, o‘z tinchini o‘ylashi insoniylikdan yiroqlashish degani. 
“Xaroba shahar surati” hikoyasi insoniyatning o‘sha tanazzuliga, zulmatga 
singish jarayonini ko‘rsatganligi bilan ham ahamiyatlidir. Ko‘p yillar aldov 
odamzotni shunday ko‘yga soldi. Uni jirkanch maxluqdan ajratib bo‘lmas holda 
tarbiya qildi. Natijada inson “Xayol tuzog‘i” hikoyasidagi kabi odamkushlikka ruju 
qo‘ydi. Yonida har kun bir-birini chopish maqsadida bolta olib yurar holga tushdi. 
Bu uning kasbiga aylanib bordi.
Insoniyat tarixi o‘tmish davrlaridan iborat. O‘tmaydigan davrning o‘zi yo‘q. Badiiy 
tafakkur ham shu. U tinimsiz o‘zgaradi, o‘zgargani sayin badiiy tasvir 
imkoniyatlari kengayadi, torayadi, tinch turmaydi. Shu tariqa har qanday milliy-
badiiy tafakkur biridan keyingisiga o‘tuvchi bosqichlar evolyutsiyasidan tashkil 
topa boradi. Ana shu tadrijiy davomiylik ilg‘ab olinsa, milliy-badiiy tafakkurning 
yaxlit bir jarayon ekanligini tasavvur etish oson ko‘rinadi. Mazkur yaxlit jarayon 
ichidagi badiiy tafakkur evolyutsiyasi bosqichlarini aniqlash uchun esa 
qo‘llanilayotgan badiiy tasvir vositalari tadrijini o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Chunki 
ijodkor shaxs dunyoni, insonni qanday idrok etsa, shunga yarasha badiiy tasvir 
vositalaridan foydalanadi, yangilarini kashf etadi.



153 

Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə