Nazar eshonqulning modern asarlari tahlili


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya



Yüklə 38,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü38,36 Kb.
#166885
1   2   3   4
ZDIT2438

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
eng qadimiy va eng tabiiy tuyg‘u kindik qoni to‘kilgan ona zaminga muhabbat 
tuyg‘usi hisoblanadi. Nazar Eshonquling “Ozod qushlar”, “Maymun yetaklagan 
odam”, “Tobut”, “Xayol tuzog‘i” kabi ko‘plab hikoyalarida ozod vatanning ozod 
sohibi obrazlari turkumi yaratildi.
Nazar Eshonqul hikoyalarida dunyoni, insonni qayta nazardan o‘tkazar ekan, 
shaxs ehtiyojlari va manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Har qanday qadriyat 
shaxs manfaati nutqayi nazaridan baholanadi. Bunday hollarda insonning, 
shaxsning eng nozik, eng bokira kechinmalari ham tarixiy hodisa ahamiyatiga 
teng ko‘rinadi. Zero, dunyoni va insonni qayta tahlil etishga kirishgan lirik 
qahramon inson shuuri va qalbidagi eng xususiy hilqatlarga ham tap tortmay 
kirib boraveradi. Bu eng erka tuyg‘u va istaklarni oshkora qilish joizmi? Yo nojoiz 
deb ikkilanmaydi, balki nima mavjud ekan, hammasini ko‘rsatishga harakat 
qiladi. Ya’ni mavjudmi, bas, ular rad etilmaydi. Balki badiiy mushohada, mulohaza 
mavzuyiga aylantiriladi. 
Bundan tashqari shuni e’tirof etish kerakki, Nazar Eshonqul hikoyalari tili o‘ziga 
xosligi bilan ajralib turadi. Unda asar qahramonlarining ijobiy yoki salbiy 
qahramon ekanligi yozuvchi tilidan e’tirof etilmaydi. Aksincha, bu yumushni 
o‘quvchining o‘ziga qoldiradi, uni mushohadaga chorlaydi. Umuman olganda, 
asarda kimlar ulug‘lanayotgani, qoralanayotgani ko‘pincha bevosita emas, 
bavosita ifodalanadi. Majoziy, ko‘chma ma’noli tasvirlar ta’rif-u tavsiflarga tez-tez 
murojaat etilib, ularning ustuvorligi ta’minlanadi. Eng muhimi, tasvirlardagi 
majozlar ko‘chma ma’noli vositalar qahramonlarning betakror ruhiy dunyosini 
yoritishga xizmat qiladi.
Bugungi nasrdagi yangi jarayonlar, ma’naviy, shakliy-uslubiy izlanishlar 
ko‘proq Nazar Eshonqul hikoyalarida o‘ziga xos tarzda aks etmoqdaki, u yozuvchi 
ta’kidlaganidek, o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan qadimiy adabiyotdan kuch 
olayotgan bo‘lsa, ajab emas. Bu yozuvchining ilk hikoyasi “Maymun yetaklagan 
odam”dayoq o‘z ifodasini topgan edi. Mazkur asar zamondosh, asrdosh obrazini 
yaratish yo‘lidagi yetmish yillik tajribalarning muayyan intihosi va ayni zamonda 
yangi bosqichning boshlanishi bo‘ldi, deya adabiyotshunoslarimiz tomonidan 
yuqori baholangan edi. 

Yüklə 38,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə