I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/77
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Oqsil biosintezi ikkita bosqichda boradi: Transkripsiya, Translatsiya
1) Transkripsiya(yadroda)- i-RNK DNK molekulasidagi oqsil to’g‘risidagi axborotni o‘ziga ko‘chirib oladi.
Bir molekula — i-RNK DNK molekulasining bitta genga to‘g‘ri keladigan bo‘lagidan axborotni ko‘chirib oladi va bu axborot asosida bir molekula oqsildagi aminokislota- larning ketma ket joylashishini belgilaydi. i-RNK yadrodan sitoplazmaga chiqib ribo-soma bilan birlashgach, sintez qilinishi kerak bo‘lgan oqsilga nisbatan nusxa beruvchi (matritsa) bo‘lib xizmat qiladi. RNK ning DNK asosida sintez qilinish jarayoniga transkripsiya (nusxa ko‘chirish) deyiladi. DNK asosida RNK ni sintez qiladigan RNK polimeraza fermenti ishtirok etadi. RNK polimeraza uch xil, ya’ni
i-RNK, t-RNK, r-RNK larni ham sintez qila olishi mumkin.


2)Translatsiya(ribosomada)—t-RNK oqsil sintezi uchun kerakli aminokislotalarni oqsil sintez qilinayotgan joyga olib keladi. t-RNK ning i-RNK kodoniga to‘g‘ri keladigan joyi antikodon deyiladi. t-RNK molekulasi odatda uzun ipcha holida bo‘lmasdan, komplementar qismlari (azotli asoslari) bilan bir-biriga yaqinlashganda ular orasida vodorod bog‘lari hosil bolganligi uchun yig‘ilgan holda bo‘ladi. t-RNK molekulasining mustahkam va turg‘un bolishi undagi komplementar qismlar orasidagi vodorod bog’larining ko‘pligi bilan belgilanadi. Vodorod bog’lari qancha ko‘p bo‘lsa molekula shuncha mustahkam va turg‘un bo‘ladi.
t-RNK ning shunday mustahkam strukturasi beda bargining shakliga o‘xshab ketadi. Bu molekulaning ikkita faol nuqtasi bo‘lib, biri (antikodon) bilan i-RNK ga (kodon) birlashsa, ikkinchisi bilan aminokislotaga birikadi. t-RNK o‘ziningi-RNK (kodon)ga mos keladigan nukleotidlari bo‘lgan qismi (antikodon) bilan birlashadi.
Shunday qilib, i-RNK, ribosomaning kichik bo‘lagi va t-RNK lardan iborat bo‘lgan bog‘lam hosil bo‘ladi.
Oqsil sintezi—UAS nukleotidli t-RNK (antikodon), i-RNK dan (kodon) o‘ziga mos keladigan nukleotidni (AUG) topishi bilan boshlanadi. Demak, boshlovchi kod AUG kodoni ya’ni metionin oqsili.
Ribosomada aminokislotalar bir-biriga ketma-ket birika boshlaydi. Ribosoma i-RNK bo‘ylab 5'—3" tomonga qarab harakat qiladi. t-RNK olib kelgan aminokislotalar o‘zaro birlashib oqsilning polipeptid zanjirini hosil qiladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə