I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/77
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Mavzuga doir masala yechimlari
1. Quyidagi DNK ketma-ketligiga mos bo’lgan. i- RNK ketma-ketligini aniqlang.(GSAGTGST)
Yechish:
DNK 1-zanjiri: G-S-A-G-T-G-S-T
2-zanjir S-G-T-S-A-S-G-A
i-RNK uchun G-S-A-G-U-G-S-U Javob: G-S-A-G-U-G-S-U
Izoh: DNK zanjiridagi T (timin) nukleotidiga i-RNKdagi U (uratsil) nukleotidi mos keladi (complement)
2.Agar iRNK nusxa ko'chirib olgan DNKning I zanjirida nukleotidlar ketma- ketligi ATTCGGTGCATA bo'lsa, uning 1- zanjiri qanday bo'ladi?
Yechish :
DNK 1-zanjir ATTCGGTGCATA
2-zanjir TAAGCCACGTAT Javob: TAAGCCACGTAT
3. Agar vazopressinning i-RNK molekulasida 7 ta kodon bo’lsa, u nechta nukleotiddan tashkil topgan?
Yechish: Bizga malumki bitta kodon tarkibida 3ta nukleotid (UUA) boladi.
Demak : 1 ta kodon-------3ta nukleotid
7 ta kodon-------X=21 ta Javob : 21ta nuleotid
Izoh: AUS AAA CCA CGC ATT TTG SSS
1 2 3 4 5 6 7 kodon
Har birida 3 tadan nukleotid. 3x7=21ta
4. DNK ning tarkibidagi nukleotidlarnig barchasi bir xil miqdordaligi ma’lum bo’lsa ularni 265ta vodorod bog’ o’zaro birlashtirib tursa ushbu DNKva transkripsiyalangan i-RNK da mononukleotidlar soni nechta?
Yechish : DNK zanjirida A va T orasida 2 ta, G va S orasida 3 ta vodorod bog’ mavjud.
1-ish. 2x+3x=265
5x=265
x=53
2-ish. 53x4=212 i-RNK da nukletidlar DNK dagi nukleotidlardan 2 barobar kam. Javob. 106 ta
5. Agar vazopressin oqsilining sintezini amalga oshiruvchi iRNK molekulasida 9 ta kodon bo’lsa, uning uzunligi toping? ( nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A0ga teng).
Yechish: 1) AUS AAA CCA CGC AUU UUG SSS GGG SAG
1 2 3 4 5 6 7 8 9 kodon
2) 1 ta kodonda------ 3 ta nukleotid bor3) har bir nukleotid orasi 0,34 nmdan xisoblanadi
9 ta kodon -------x=28 ta. 4) i-RNK tarkibida 28ta nukleotid bor .
5) 28x0,34nm = 91,8nm

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə