I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə62/77
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153522
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Sun’iy partenogenezda tuxum hujayrasini turli ta’sirlar (kislota, kuchsiz elektr toki va b.) bilan qitiqlash natijasida shu gametadan yetuk organizm hosil qilishga erishiladi. Ushbu usul bilan ninaterililarda, chuvalchang, shiliqqurt, hasharot va hatto sut emizuvchilarda sun’iy partenogenezga erishilgan.
B.L.Astaurov sun’iy partenogenez yordamida erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini aniqlagan.
Hayvonlarda gametogenez
Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni gametogenez deyiladi.
Erkak jinsiy hujayralani hosil bo‘lishi — spermatogenez,
Urg‘ochi jinsiy hujayralami hosil bo‘lishi — oogenez deyiladi.
Gametogenez to‘rtta bosqichdan iborat - ko‘payish(2n2c), o’sish(2n4c), yetilish(1n2c) va shakllanish(1n1c)
Hayvonlarda jinsiy hujayralar xuddi somatik hujayralardek embrional hujayralardan rivojlanadi Murtak hujayralaridan bora-bora jinsiy bezlar va jinsiy hujayralar taraqqiy qiladi.
Erkaklarda spermatagoniy, urg‘ochi organizmlarda oogoniy
Spermatogenez
Urug‘dondagi maxsus to‘qima oldin mitoz yo‘li bilan bir necha marota bo‘linib, o‘lchamlari kichraygan spermatogoniylarni hosil etadi ya’ni, ko’payadi. Shundan so‘ng o‘sish bosqichi boshlanadi. Ular yana mitoz yo‘li bilan bo‘linib birinchi tartibli spermatositlarga aylanadilar.Yetilish bosqichida birlamchi spermatosit hujayralari meyoz bo‘linishga o’tadilar. Mitozning 1-bo‘linishdan so‘ng ikkita ikkinchi tartibli spermatositlar hosil bo‘ladi. 2- bo‘linish natijasida 4 ta spermatidalar rivojlanadi. Shakllanish bosqichida spermatidalaming spermatozoidga aylanishi kuzatiladi. Bu jarayonga yadro va sitoplazmaning barcha elementlari qatnashadi.
Yetilgan spermatozoid boshcha, bo‘yin va dum qismlaridan tashkil topadi.Spermatozoidning bosh qismida Goldji apparatidan hosil bolgan akrosoma joylashadi. U fermentlarga boy bo‘lib, urug‘lanish paytida tuxum hujayra qobig’ini eritadi. Akrosomadan keyin bosh qismda yadro joylashgan. Spermatozoidning bo’yin qismida sentriola, mitoxondriyalar bo‘ladi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə