I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari


Oogenez Urg‘ochi organizmlarning jinsiy hujayralarini rivojlanishi oogenez



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə63/77
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153522
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Oogenez
Urg‘ochi organizmlarning jinsiy hujayralarini rivojlanishi oogenez deyiladi.
Oogenez jarayonining spermatogenezdan farqi shundan iboratki,
Birinchidan, birlamchi oosit (oosit I) ning o‘sish bosqichi ko‘proq davom etadi.
Ikkinchidan oositda oziq moddalarning yig‘ilishi ro‘y beradi. Ootsit I meyozning 1-bo‘linishidan so’ng ikkita hujayra - biri yirik oosit II, ikkinchisi mayda oosit II hosil etadi. U birinchi tartibli yo‘naItiruvchi tana deb ataladi. 2-bo‘linishdan so‘ng oosit II dan bitta yirik ootida va bitta mayda ootida, birinchi tartibli yo‘naltiruvchi tanadan esa ikkita mayda ootida hosil bo‘ladi. Shunday qilib meyozning 1 va 2 bo‘linishidan so‘ng to‘rtta ootidalar hosil bo‘ladi. Ulardan uchtasi mayda, bittasi yirik ootida bo‘ladi. Faqat yirigi – tuxum hujayra keyingi rivojlanish va urug’lanishga layoqatlidir. Qolgan uchta mayday ootidalar yo‘naltiruvchi tana bo’lib, keyinchalik yemiriladi.
Tuxum hujayra yirik, sitoplazmaga boy, qobiq bilan o‘ralgan, uni tashqarisida ko‘plab follikul hujayralar joylashgan bo’ladi.
Gulli o‘simliklarda sporogenez va gametogenez
O’simliklarda jinsiy hujayralarning shakllanish jarayoni 2 bosqichga bo’linadi:

  1. bosqich — sporogenez — gaploid sporalarning hosil bo’lishi;

2- bosqich -- gametogenez — gametalarning rivojlanishi bilan tugallanadi.
O'simliklarda mikrosporalar hosil bo’lish jarayoni mikrosporogenez, megasporalaming hosil bo’lish jarayoni esa megasporogenez deb ataladi.
Changchi hujayraning hosil bo’lishi:
Mikrosporogenez va mikrogametogenez
Yosh changdonning to‘qimasida arxeospora hosil bo’ladi. Arxeospora meyozning 1-bo’linishdan keyin ikkita spora, 2- bo‘linishidan so‘ng to‘rtta gaploid to‘plamli mikrosporalar hosil qiladi. Ular sporalarnlng tetradasi deb ataladi.
Mikrosporalar hosil bo‘lgandan so‘ng mikrogametogenez boshlanadi. Наг bir mikrospora mitoz bo‘linishi oqibatida vegetativ va generativ hujayralarning hosil bo‘lishiga olib keladi.
Keyinchalik vegetativ hujayra bo‘linmaydi. Unda oziq moddalar to‘planadi, ular generativ hujayraning bo’linishini ta’minlab beradi. Generativ hujayra yana bo’linib, ikkita spermiylar rivojlanadi. Yetilgan chang donachasi bitta vegetativ hujayra va ikkita generativ yadrodan tashkil topadi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə