I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə66/77
tarix19.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153522
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

EMBRIONAL DAVR
Zigota, maydalanish, gastrula, ixtisoslashish, organogenez davrlariga bo‘lib o‘rganiladi.
Zigota jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, yangi sifatga (irsiy axborotga) ega bo‘ lgan ko‘p hujayrali organizmlarning bir hujayrali organizm davridir. Zigotaning keyingi rivojlanishi uning mitoz yo‘li bilan bo‘linishidan boshlanadi. Bo‘linishdan hosil bo‘lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashmaganligi va o'smaganligi sababli, bu jarayon maydalanish deb ataladi.
Maydalanish natijasida hosil bo‘ lgan hujayra blastomera deb ataladi. Maydalanish jarayoni otalangan tuxum hujayrasining turiga bog‘liq. Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo’linadi. So’ngra yana bir bor har bir blastomer meridian bo’yicha bo’linadi, natijada bir biriga teng 4 ta hujayra hosil bo’ladi.
4 ta hujayra keyingi bo’linishni ekvator tekisligi o’taydi, va 8 ta hujayra hosil bo’ladi.(16,32,64,128)
Maydalanish ko’p hujayrali –blastula(bir qavatli bosqich) hosil bo’lishi bilan tugallanadi.
Blastula ---sharsimon, bir qavat hujayradan tuzilgan ichi suyuqlik bo’ladi va bu bo’shliq ---birlamchi tana bo’shlig’i----blastosel deb ataladi.
Gastrulyatsiya--- homilaning ikki varaqli davridir. Bu davrda embrional hujayralar takomillashuvi hamda harakati jadallashadi va bu homila varaqlarining hosil bo‘lishiga olib keladi.
Gastrulatsiya. Homilaning rivojlanishi davom etib, hujayralarning bo‘linishi va joyini almashtirishi natijasida asta-sekin gastrula bosqichiga o‘tadi. Homilaning ikki qavatli bosqichi gastrula bo‘lib, uning hosil bo‘lish jarayoni gastrulatsiya deb ataladi. Gastrulaning tashqi qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deb ataladi. Ektoderma va entoderma homila varaqalari, gastrula ichidagi bo‘shliq birlamchi ichak deb ataladi. U tashqariga birlamchi og‘iz orqali ochiladi. Keyinchalik ektoderma bilan entodermaning o‘rtasida mezoderma rivojlanadi. G‘ovak tanlilar va kovakichlilardagina mezoderma hosil bo‘lmaydi. Shunday qilib, gastrulatsiya jarayonida uchta homila qavati hosil bo‘ladi. Homila qavatlari nisbatan bir xil bo‘lgan blastula hujayralarining ixtisoslashishi natijasida hosil bo‘ladi.
Organogenez. Bu bosqichida dastlab o‘zak organlar majmui: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo‘ladi.
Homila qavatlari ma’lum tartibda joylashgan hujayralar to‘plami bo‘lib, ularning har biridan o‘sha qavat uchun xos to‘qimalar va a’zolar rivojlanadi.
Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining epidermis qismi va uning hosilalari, (jun, pat, tirnoq) tishlarning emal qavati rivojlanadi.
Entodermadan me’da, ichak, nafas yo‘llari epiteliysi, jigar, o‘rta ichak epiteliysi, hazm bezlari, jabralar va o‘pkalar epiteliysi rivojlanadi.
Mezodermadan biriktiruvchi va muskul to‘qimalari, yurak-tomir sistemasi, ayirish va jinsiy organlar rivojlanadi.
Ixtisoslashuv. Homilaning rivojlanishi jarayonida uning ayrim hujayralari qismlarining tuzilishi va funksiyalarida farqlar paydo bo‘lishi va farqlarning tobora ortib borishi differensiatsiyalanish (ixtisoslashish) deyiladi. Morfologik jihatdan differensiatsiyalashish natijasida ko‘p hujayra tiplari hosil bo‘ladi. Biokimyoviy jihatdan differensiatsiyalanish natijasida hujayralarda (maxsus) oqsillar sintezlanadi (masalan, teri hujayralarida melanin, oshqozon osti bezi hujayralarida – insulin).
Tuban hayvonlarda differensiyalashgan hujayralar tipi uncha ko‘p bo‘lmaydi. Yuksak darajada tuzilgan hayvonlarda hujayralar orasidagi farqlar tobora kuchayib boradi. Differensiatsiyalanish jarayoni tiriklikning molekula – hujayra – to‘qima darajasida sodir bo‘ladi. Bu jarayonda hujayraning ayrim genlari o‘z faoliyatini saqlab qoladi, ayrimlari o‘z faoliyatini butunlay to‘xtatadi. O‘z faoliyatini to‘xtatgan genlar zichlashgan xromatinga aylanadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə