I-bob. Muzeylarning maqsadi va uning turlari


Muzeylarning o’quv va tarbiyaviy ishlarda tutgan o’rni,muzeylarning o’lkamiz tarixini o’rganishdagi ahamiyati



Yüklə 57,48 Kb.
səhifə5/7
tarix07.04.2023
ölçüsü57,48 Kb.
#104563
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi(3)

2.1. Muzeylarning o’quv va tarbiyaviy ishlarda tutgan o’rni,muzeylarning o’lkamiz tarixini o’rganishdagi ahamiyati.
O`lkashunoslik manbalari orasida haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga aylanib qolgan muzeyning o`rni va axamiyati kattadir. U moddiy va ma`naviy madaniyat yodgorliklarining asl nusxalarini, arxeologiya, etnografiya, tomonimikaga oid materiallarni to`playdi, saqlaydi va ilmiy asosda o`rganib taxlil qiladi, natijalarini esa ekspozitsiya sifatida ommalashtiradi. Yig`ilgan va muzeyda saqlanayotgan barcha materiallar muzeyning ilmiy bazasini tashkil etadi va uning ijodiy faoliyatida asos bo`lib xizmat qiladi. Mana shu manbalar asosida muzeylar ilmiy tadqiqot va ilmiy hamda madaniy-ma`rifiy ta`lim-tarbiya ishlarini olib boradi. 1. O`zbekiston tarixi muzeyi o`tmishi haqida bir necha so`z M. T. Oybek nomidagi O`zbekiston tarixi muzeyi Turkistonning mashhur olimlari va jamoat arboblarining harakati bilan va bevosita rahbarligi hamda yordamida 1976 yilda tashkil etilgan. O`zbekiston va umuman butun Turkistonning yodgorliklari ko`pdan buyon olimlarning diqqatini o`ziga jalb qilib kelardi21. XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, qidiruv ishlari olib borildi. Bu sohada P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. A. Jukovskiy, V. V. Bartol’d, M. S. Andreev, V. L.,Vyatkin, A. A. Divaev, L. A. Zimin, V. A. Kallaur, E. F. Kal’, B. N. Kastal’skiy, A. L. Kun, N. P. Ostroumov, N. N. Pantusov, A, A. Semyonov, E. T. Smirnovlar to`plagan materiallar O`zbekiston (Turkiston)ning qadimiy yodgorliklarini hisobga olish, ta`riflash va tekshirish ilmiy muassasalari: Imperator arxeologiya komissiyasi, Rus arxeologiya jamiyatining SHarq bo`limi, shuningdek, 1903 yil aprelda tashkil qilingan o`rta va SHarqiy Osyyo tarixiy, arxeologiya, lingvistika va etnografiya jamiyatlarining qimmatbaho materiallari hamda rus havaskor kollektsiyachilari: Barshchevskiy, Vyatkin, Dobrosmislov, Kastal’skiy, Komarov, Petrov-Borzna, Poslovskiy, Stolyarov, Terent’ev, Trofimov va boshqalar to`plagan ko`pdan-Ko`p ajoyib materiallar bu muzeyning asosiy fondlarini tashkil etadi. Muzeyini tashkil qilishda A. P. Fedchenko faol ishtirok etgan. U tabiiyot antropologiya va etnografiyaga oid materiallar to`plagan. Bu materiallar dastlabki eksponat sifatida muzeyga qo`yilgan. Fedchenko vafotidan so`ng bu ishga N. A. Severtsev, I. V. Mushketov, V. F. Oshanin kabi mashhur rus olimlari katta hissa qo`shdilar. Birinchi mahalliy arxeolog Akrom polvon Asqarovning xizmatlari ham kattadir. Akrom polvon Asqarov o`zi to`plagan juda ko`p ajoyib yodgorliklar (faqat tanga-chaqalardan 15 mingdan ko`prog`ini mana shu muzeyga topshirgan) muzey fondini ancha boyitgan. Umuman, bu muzeyning ochilishi va uning faoliyati o`lkaning madaniy hayotida muhim voqea bo`ldi. Muzey eksponatlari xalqaro ko`rgazmalarda namoyish qilindi, unda tuzilgan kataloglar esa hozircha o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.
Asrimizning boshlarida, ya`ni 20- yillardan keyin bu muzey haqiqiy ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasaga bo`lib qoldi. Muzey jamoasi O`zbekiston xalqlarining qadim zamonlardan buyongi tarixini o`rganish yuzasidan ilmiy tekshirish ishlari olib bormoqda. Muzey fondi respublikaning hamma viloyatlariga yuborib turiladigan arxeologiya, etnografiya ilmiy safarlarining materiallari bilan doimiy ravishda boyitilmoqda. Hozirgi vaqtda muzeyda 40 mingdan ortiq arxeologiyaga oid eksponatlar, 44 ming qadimgi pul nusxalari, 10 mingdan ortiq turli-tuman etnografiyaga oid buyumlar, 2 mingdan ortiq noyob yodgorlik buyumlar mavjud. Muzey fondidagi materiallar orasida qo`shni respublikalar — Turkmaniston, Tojikiston va Qirg`izistonga taalluqli ma`lumotlar ham ko`p. Muzeyda asosan materiallarning asl nusxalari, shuningdek, maketlar, badiiy va grafik tasvirlar, chizmalar, diagrammalar, rasmlar qo`yilgan. eksponatlar orasida noyob narsalar ko`p. 1917 yildan keyingi davr xronologik ravishda 1965 yilgacha ko`rsatilgan. Muzey 1967 yilda XIX asrning me`morchilik yodgorliklaridan biri hisoblangan binoga ko`chdi. Bu binoda 1919 yilda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo`mitasi va RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining Turkiston ishlari bo`yicha komissiyasi (Turkkomissiya) ishlagan edi. Bu binoda 45 ta zal bo`lib, ularda 7 mingdan ortiq eksponat joylashtirilgan. Muzey turlari Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud bo`lib, birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar kiradi.22 Ular bir vaqtning o`zida ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy hamda ta`lim-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradigan muzey laboratoriyalariga ega bo`lgan maxsus muzeylar (masalan, O`zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) kiradi va nihoyat, uchinchi turdagi muzeylarga faqat o`quv turidagi" muzeylar kiradi. Bu muzeyning asosiy maqsadi o`quv jarayonini yaxshilashdan iborat. Muzey turlari ko`p jihatdan unda saqlanayotgan kollektsiya fondlarining xarakteriga va ular faoliyatining yo`nalishiga bog`liqdir. SHuningdek, turli fan sohalariga bo`lingan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko`proq ma`lum bo`lganlari yoki faqat o`sha sohd mutaxassislarigagina ravshan bo`lgan ma`lum tarmoqni aks ettiruvchi muzeylar ham mavjud. Masalan, Toshkentdagi M. T. Oybek nomli O`zbekiston tarixi muzeyini, Tasviriy san`at muzeyini Alisher Navoiy nomli adabiyot muzeyini, Turkiston Harbiy Okrugi muzeyini, Tabiatshunoslik muzeyini ko`pchilik omma yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, harbiy-tarixiy, memorial, regional, san`atshunoslik, texnik muzeylarni ko`proq o`sha soha mutaxasisslari biladilar.23 Bulardan tashqari yana Toshkentda murakkab va kompleks sohali muzeylar xam mavjud. Toshkentdagi mavjud muzeylar o`zbek va boshqa qardosh xalqlar tomonidan tashkil etilgan turli-tuman sohalarning uzoq o`tmishdan to hozirgi kunga qadar bo`lgan rivojlanishini ko`rsatish bilan bir qatorda, O`rta Osiyo xalqlarining, shu jumladan, o`zbek xalqining ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm davridagi hamda 1917 yilgacha bo`lgan davrdagi hayot yo`lini aks ettiruvchi eksponatlar bilan birga to`ntarishdan keyingi Turkistonda Sho`rolar hokimiyatining o`rnatilishiga doir, fukarolar urushi xalq xo`jaligini qayta tiklash, mamlakatda elektrlashtirish rejasining amalga oshirilishiga doir materiallar ham muzey eksponatlari ichida joy olgan. Mustaqillikka erishganimizdan song koplab o’zgartirishlar kiritildi.Birinchi poydevor Islom karimov tomonidan muzey ishlarini tubdan yaxshiladi keyingi ishlarni Shavkat Mirziyoyev tomonidan keng ko’lamli islaxotlar amalga oshirilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida” 2017 yil 31 maydagi PQ–3022-son qarorini ijro etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi “2017-2027 yillarda davlat muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi 975-sonli qarorini qabul qilganligi yurtimizda muzeylar rivoji istiqbolini belgilab berdi.Tarixdan ma'lumki, dunyoning yirik xorijiy muzeylarida kollektsiyalarning to'planishi, saqlanishi va namoyish etilishi o'sha mamlakat aholisining yaratgan moddiy-madaniy yodgorliklari tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Jahon muzeyshunosligida tarixiy-madaniy merosni saqlab qolishning ustuvor yo'nalishlari, ularni ilmiy tadqiq va targ'ib etish orqali muzey kommunikatsiyasini takomillashtirishni bugungi kun tartibiga qo'ymoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF‒6199-son Farmonlarida bajarishi kerak bo'lgan ustuvor vazifalar aynan muzeyshunoslik ilmining yanada ravnaq topishida mustahkam zamin bo'lib xizmat qilishishi tabiiydir. Bilamizki, jahonning ko'plab muzeylari hamda ilmiy markazlarida, xususan O'zbekistonda ham muzey ashyolarini komplektlash va atributlashning ilmiy asoslarini tadqiq etish, ilmiy tavsiflash, fondlarda informatsion komplektlash ishini rivojlantirish, boyitish, muzey kollektsiyalarini saqlash, konservatsiyalash, artefaktlarning 3D ko'rinishini yaratish, ularning elektron reestrini tuzish kabi vazifalar xalqaro darajada o'rganilmoqda. Google Art Project, Historic Moments – “Tarix zarvaraqi”, Europeana global loyihasi, Goskatalog.ru kabi elektron kataloglarda muzey kollektsiyalarining yagona ma'lumotlar bazasi yaratilmoqda. 24Bu jarayonlar madaniy merosga bo'lgan munosabat va uning tadqiq etish zaruriyatini qay darajada muhimligidan dalolat beradi. Aynan farmonda bajarilishi lozim bo'lgan: milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kollektsiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tkazish hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish;
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan o'tkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini ta'minlash va muzey ashyolari hamda muzey kollektsiyalarini o'rganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar YAngi O'zbekiston davrida muzeyshunoslik sohasida ham Renessans bo'lishi tabiiydir. Darhaqiqat, keyingi yillarda tarixning turli sabablariga ko'ra xorijiy davlatlarga olib chiqib ketilgan O'zbekistonga oid madaniy merosni o'rganish, tadqiq qilish bo'yicha ko'pgina ishlar amalga oshirilmoqda. YA'ni, O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi, O'zbekistonga oid xorijdagi moddiy boyliklarni tadqiq etish markazi va sohaga oid ko'plab ilmiy tadqiqotlarning bajarilishi natijasida xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz o'z yurtidan olisda saqlanayotgan moddiy-madaniy merosdan boxabar bo'lish imkoniga ega bo'lmoqdalar. Aynan bu kabi dolzarb vazifalar farmonning quyidagi bandlarida o'z ifodasini topgan: Mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida:
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo'yicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o'tkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reestrini yuritish, sohada davlat nazoratini amalga oshirish;25
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to'liq ma'lumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki ko'chirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish;
ilmiy o'rganish asosida olingan ilmiy ma'lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to'plamlar, kataloglar, kitob-al`bomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog'ida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. Darhaqiqat, bu borada har bir xalqning o'ziga tegishli bo'lgan milliy-madaniy merosini saqlash, o'rganish va xorijdagilarini imkon qadar qaytarish vazifasi XXI asr ilmiy-amaliy yo'nalishlarida dolzarb masalalar qatoridan o'rin oldi. 26Bu borada xalqaro va mahalliy me'yoriy hujjatlarga tayangan holda, xorijdagi O'zbekistonga oid moddiy merosni asrash, ular haqidagi to'liq ma'lumotlar bazasi – reestrini tuzish, muntazam yangilab borish, muzey ashyolarining egizak nusxalarini, nodir qo'lyozmalarning faksimilelarini yaratish, ularning ko'rgazmalarini tashkil etish kabi ishlar mamlakatning sayyohlik salohiyatini yanada oshirishga va muzey fondlarini to'ldirishda xizmat qiladi. Albatta, bu kabi vazifalarni to'laqonli bajarishda ilmiy salohiyatli, har tomonlama puxta bilim va ko'nikmaga ega kadrlar faoliyati juda muhim hisoblanadi. Ma'lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida muzeyshunos mutaxassislarga ta'lim berish yo'lga qo'yilgan. “Muzeyshunoslik” kafedrasi tarixiga nazar tashlasak, 1992 yilda Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent davlat san'at instituti Tasviriy san'at fakul`teti “Tasviriy san'at tarixi va nazariyasi” kafedrasi San'atshunoslik ta'lim yo'nalishi negizida birinchi Muzeyshunoslik yo'nalishiga talabalar saralab olingan. 1999 yilda “Tasviriy san'at tarixi va nazariyasi” kafedrasi negizida “Muzeyshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan. 27Bugungi kunda ushbu kafedrada o'z sohasining etuk mutaxassislari fan doktorlari talabalarga saboq berib kelmoqdalar. Talbalar bevosita olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan qo'llash maqsadida, 2019 yil dekabr` oyida O'zbekiston davlat san'at muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Muzeyshunoslik kafedrasining filiali ochilgan bo'lsa, 282020 yil 15 yanvar` kuni Muzeyshunoslik kafedrasining O'zbekiston tarixi davlat muzeyida ham ikkinchi filialini ochilishi kafedra tarixida muhim voqealardan biri bo'ldi. Muzeyshunoslik kafedrasi O'zbekiston muzeylar kengashi, respublikamizdagi yirik muzeylar, YuNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Sankt-Peterburg davlat madaniyat instituti, Koreya Universiteti va boshqa xorijiy davlatlardagi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Bugungi kunda mazkur institutda muzeyshunos kadrlarni tayyorlash, o'zaro tajriba almashish maqsadida jahonning etakchi mamlakatlari muzeylari bilan ham samarali ilmiy hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 8-son Qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida institutda ko'plab xorijiy soha mutaxassislari bilan hamkorlikda muntazam ravishda konferentsiyalar, seminarlar o'tkazib kelinmoqda. O'tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanlarda sohaga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalari vakillari o'z ilmiy tadqiqotlari natijalari bilan ishtirok etib, moddiy va madaniy meros, jahonning ko'plab nufuzli muzeylarida saqlanayotgan bu kabi eksponatlar, muzeylardagi innovatsion tadqiqotlar, muzeyshunoslikka bag'ishlangan dolzarb muammolar va ularning echimlari haqida o'z fikr va mulohazalarini bildiradilar. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, jahonning yirik muzeylarida saqlanayotgan O'zbekistonga oid ashyolarni o'rganish, ajdodlar moddiy-ma'naviy merosi va ularning asosiy xususiyatlarini tadqiq etish tarix, muzeyshunoslik va san'atshunoslik ilmini yangi ma'lumotlar bilan to'ldirish, kelajakda sohaga oid tadqiqotlarni bajarishda asos vazifasini o'taydi. Muzey faoliyati muzey fondlari asosida amalga oshiriladi. Muzey kollektsiyalarini to'plash – ilmiy izlanish samarasidir.29 Fan va texnikaning rivojlanishi bilan bog'liq holda komplektlashning zamonaviy usuli – informatsion komplektlash vujudga kelganligi natijasida xorijiy muzeylar, kutubxonalar internet saytlaridan foydalanish orqali, O'zbekistonda xorijiy muzeylarning tajribalaridan foydalangan holda muzey kommunikatsiyasini rivojlantirishda katta samara beradi. Bunda dunyo bo'ylab tarqab ketgan O'zbekistonga oid merosni o'rganishda jahon muzeylarining internet saytlariga qo'yilgan ma'lumotlar, fotosuratlar mavzuga oid ma'lumotlarni to'plash, ya'ni zamonaviy informatsion komplektlashning muhim tamoyili bo'lib xizmat qiladi. Bilim olishning ushbu zamonaviy usullari videomuzeylar, virtual sayohatlar va elektron kataloglar orqali amalga oshiriladi. Albatta, bu borada biz, soha vakillari muzeyshunoslik ilmining Renessans davrini yaratishda hozir turishimiz, badiiy ta'lim yo'nalishida esa amaliyot bilan integratsion jarayonda bo'lishimiz darkordir.



Yüklə 57,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə