I. Bob. O’zbekistonda turizmni rivojlanishi va ichki turizimni rivojlantirish imkoniyatlari


II.BOB. O`zbekistonda turizmni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy aloqalar va huquqiy me`yoriy hujjatlarning roli



Yüklə 137,08 Kb.
səhifə5/9
tarix23.12.2023
ölçüsü137,08 Kb.
#157610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oʻzbekistonda turizm sohasining rivojlanish imkoniyatlari ichki

II.BOB. O`zbekistonda turizmni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy aloqalar va huquqiy me`yoriy hujjatlarning roli.
2.1. O`zbekiston turizmini xalqaro bozorga olib chiqish istiqbollari
O`zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning rivojlanishi, unga bo`lgan munosabatning ijobiy tomonga siljishi bilan belgilanadi. Respublika sharoitida ayniqsa, o`rta va kichik tadbirkorlarni rivojlantirishda turizmning imkoniyatlari boshqa sohalarga qaraganda juda kattadir. Chunki respublikadagi iqtisodiy barqarorlik va bozor iqtisodiyotiga bosqichmabosqich o`tilishi tadbirkorlarga keng yo`l ochilishi bilan birga uni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini tug`dirmoqda. Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy yuksalishida eng asosiy omil-tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va ijtimoiy adolatdir. O`zbekiston hozir Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan davlat bo`lib, o`ziga tadbirkorlar va ishbilarmonlarni, turistlarni jalb qiluvchi makonlardan biri hisoblanadi.
Xalqaro turizm sohasi Respublikamiz iqtisodiyoti uchun g`oyatda zarur bo`lgan valyuta tushumini ta`minlaydi. Turizmning respublika iqtisodiyoti uchun qanchalik zarur tarmoq ekanligini tushungan holda, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish. Tajriba almashinish imkoniyatlarini qo`llab mustahkamlash zarur.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‗mitasi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi bilan hamkorlikda turistik faoliyatda axborot ta‘minoti samaradorligini oshirishga bag‗ishlangan davra suhbati o‗tkazildi.
Parlament quyi palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‗mitasi va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz sayyohlik imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qaratilgan choratadbirlar sohani sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarishga xizmat qilayotganini ta‘kidladi. Prezidentimizning 2016-yil 2-dekabrdagi «O‗zbekiston
Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoni hamda 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar muhim dasturilamal bo‗lmoqda.
Mamlakat turizm sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotning tez o‗sishini ta‘minlashda uning rolini oshirish, yangi ish o‗rinlari yaratish, dunyo bozorida milliy turistik mahsulot salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur faoliyat milliy turizm sohasini axborot bilan ta‘minlash, turistik operatorlar uchun zamonaviy axborot texnologiyalari yechimlari va komputer dasturlarini ishlab chiqish, axborot bozori subyektlariga uyg‗unlashgan holda ishlash, xalqaro miqyosda mamlakatimiz nufuzini oshirish bo‗yicha ommaviy axborot vositalarida keng targ‗ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Mutaxassislaming fikricha, respublikada turistlar oqimi har yili
15%ga ko‘payib borishi kutilmoqda, bu jahon turistik tashkilotining taxminlariga nisbatan ikki marotaba ko‘pdir. Turizm milliy iqtisodiyotning istiqbolli sohalardan biriga aylanmoqda, uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi oshib bormoqda. Respublikaning eksport imkoniyatlarini rivojlantirish uchun kelajakda quyidagi tadbirlami amalga oshirish rejalashtirilmoqda: turizm bo‘yicha iqtisodiy hududlami barpo qilish; xorijiy turistlaming oqimlari va qiziqishlariga qarab qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish; yangi turistik marshrutlami yaratish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; yangi mehmonxonalar, kempinglar, dam olish maskanlarini qurish, turistik mehmonxona va xo‘jaliklami jihozlash uchun mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini tayyorlash; mehmonxona va servis xizmatlarini kengaytirish bilan turmahsulot sifatini oshirish, shuningdek, mavjud yodgorliklaming turistlami qabul qila olish imkoniyatlarini oshirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Ayniqsa, turizm sohasi uchun malakali kadrlar, turizm marketologlarini tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bu borada mamlakatimizda juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda.

Yüklə 137,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə