I. Bob. O’zbekistonda turizmni rivojlanishi va ichki turizimni rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 137,08 Kb.
səhifə1/9
tarix23.12.2023
ölçüsü137,08 Kb.
#157610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oʻzbekistonda turizm sohasining rivojlanish imkoniyatlari ichki


Oʻzbekistonda turizm sohasining rivojlanish imkoniyatlari ichki xalqaro turizm
Mundarija:
Kirish. .................................................................................................................... 2
I.BOB. O’zbekistonda turizmni rivojlanishi va ichki turizimni rivojlantirish imkoniyatlari
1.1. O‗zbekistonda turizmning rivojlanishi ............................................................. 6
1.2. O‗zbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida .............................................................. 14
II.BOB. O`zbekistonda turizmni rivojlantirishda tashqi iqtisodiy aloqalar va huquqiy me`yoriy hujjatlarning roli.
2.1. O`zbekiston turizmini xalqaro bozorga olib chiqish istiqbollari ..................... 22 2.2. O`zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ................... 24
chora-tadbirlar ...................................................................................................... 24
2.3.O`zbekistonda turizmni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli .......... 26
Xulosa. ................................................................................................................. 32
Foydalanilgan adabiyotlar .................................................................................... 34
Kirish.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilmoqda va ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va o‘zbek xalqining turmush farovonligini oshirish ko‘rsatkichidir. Turizm O‘zbekistonning iqtisodiy
rivojlanishi va o‘sishida muhim o‘rin tutadi va keyingi yillarda Turizmning boshqa sohalari qatori mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda. Hozirgi kunga kelib, dunyoda ibodat va ziyoratgohlarni o‘rganishga qiziqish kuchaygan, chunki muqaddas joylar insonlar kundalik hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu Milliy Turizmdir, dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, - O‘zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega davlatdir. Mamlakatimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob‘ektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning o‘ziga xos tabiati, go‘zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ochish mumkin (МИРЗИЁЕВ, 2018). Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik ma‘rifiy, etnografik, gastronomik, turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak. Shu munosabat bilan biz davlat va xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz kerak. Samarqand, Buxoro, Xorazim, Surxondaryo va Toshkentdagi muqaddas qadamjolarni va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo‘lgan ―Kichik haj‖ dasturini ishlab chiqish va tezlashtirish zarur. Shuningdek, ichki turizm sohasida keng ko‘lamli imkoniyatlarni to‘liq ishga tushirish zarur (МИРЗИЁЕВ, 2018). ―O‘zbekiston Osiyo mamlakatlarini COVID-19 tanaffusidan keyin sayyohlik rivojlanishini rag‘batlantirishga da‘vat etdi‖, - deb yozdi ―Jenmin Jibao‖. Xitoydagi eng nufuzli kundalik nashrlardan biri ―Jenmin Jibao‖ gazetasining veb-sahifasida O‘zbekiston turizm salohiyati mavzusiga bag‘ishlangan maqola e‘lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasi sharoitida iqtisodiy qayta tiklanish uchun Osiyo mamlakatlarini sayyohlik rivojlanishini rag‘batlantirishga chaqirgani ma‘lum qilingan. ―Bu haqda ―Yangi xavfsiz va sog‘lom turizm‖ mavzusida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan Osiyo hamkorlik muloqotiga a‘zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining XVII yig‘ilishida bayonet berildi‖, deb yozadi nashr. Tadbir chog‘ida COVID-19 pandemiyasi sharoitida jahon iqtisodiyotini qayta tiklash, jumladan, turizm sohasini rag‘batlantirishga faol tayyorgarlik ko‘rish bosqichiga o‘tish uchun qat‘iy choralar qabul qilish va sa‘yharakatlarni birlashtirish zarurligi qayd etildi. Xitoy nashri ta‘kidlaganidek, O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda sayyohlik industiriyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlar amalga oshiralayotgani to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni o‘rtoqlashdi. Qayd etilganidek, sayyohlik qayta yo‘lga qo‘yilganidan keyin respublikaga kelgan xorijiy sayyohlar ―turizmni yangi shaklda‖ – yanada xavfsiz, yanada rang-barang va yanada individual holda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. ―Ilgari xabar berilganidek, ziyorat sayyohligini rivojlantirish doirasida O‘zbekiston ziyoratchilarni eltish chog‘ida 50 foizlik, havo qatnovlari geografiyasi kengaytirilgani va mamlakat aeroportlari jozibadorligi yaxshilangani uchun 30 foizlik chegirmalar taqdim etilgan‖

Yüklə 137,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə