I bob. Qo‘shma gaplar uslubiyati



Yüklə 322,37 Kb.
səhifə1/18
tarix04.07.2023
ölçüsü322,37 Kb.
#119234
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Qo\'shma gapni bog\'lovchi vositalar.



MUNDARIJA
Kirish...........................………….............................................................................
I BOB. QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI
1.1. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimimyasi. ……………..
1.2 Ravishdosh oborot va qo‘shma gap stilistikasi ………………………….…
II BOB. “SODDA GAP QOLIPI VA UNING TURLARI” MODULINING NAZARIY MASALALARI
2.1. “Sodda gap qolipi va uning turlari” modulining o‘rganilishi.............................
2.2. “Sodda gap qolipi va uning turlari” modulini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar.............................................................................................

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. 2016-yilning
30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning yetakchi olimlari, ziyolilari, akademiklari bilan uchrashib, ular bilan ilm-fanni yanada rivojlantirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish yuzasidan suhbatlashib, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, funtamental yo‘nalishlarni rivojlantirish, akademiklar maktabini yaratish, yetakchi olimlar salohiyati va tajribasidan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berib, bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanini ta’kidlab o‘tdi1. Darhaqiqat, har bir fan va ilmiy yo‘nalishning falsafiy–gnoseologik-metodologik asoslarini obdon uqish, fanni falsafiy kategoriyalar bilan bog‘lab o‘rganish mustaqil milliy taraqqiyot yo‘liga o‘tgan o‘zbek ilmi oldida turgan muhim vazifalardandir. Respublikamizning Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturi, «Davlat tili haqida»gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa ko‘plab hujjatlarda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy: «Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur» deya ona tilining ijtimoiy vazifasiga urg‘u bergan. Shunday ekan, jamiyatning madaniyat ko‘zgusi, milliy o‘zlikning lisoniy tajassumi – ona tiliga munosabat har qachongidan ko‘ra bugun sezilarli darajada o‘zgardi. Bundan yarim asr oldin o‘zbek tili grammatikasi lisoniy tabiatiga yot ilmiy qarashlar tamal toshlariga muvofiqlashtirilgan edi. Ona tilimizning butun borlig‘i va ko‘rki o‘zbek tili sintaksisida aks etadi. O‘zbek tilshunosligida XX asrning 50-yillarigacha shakllangan grammatik talqinda o‘zbek tili sintaksisi qonuniyatlari va lisoniy sintaktik imkoniyatlari ochib berilmadi. Shuning uchun fanda ilmiy bilishning keyingi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishi uchun yangi ilmiy tadqiq yo‘nalishi va usullariga zaruriyat tug‘ildi. O‘zbek tilining substansial tadqiqi til tizimi va birliklari mohiyatini ochib berdi. Uning ilmiy xulosalari ta’lim tizimida ona tili ta’limi mazmunini yangilash va o‘zbek tilini o‘qitishda tatbiq etilmoqda. Sodda gap turlarining substansial tadqiqi natijalari oliy ta’limda tilshunoslik nazariyasi, ona tili metodikasini o‘rganish va o‘qitishda foydalanilmoqda. O‘zbek tili sintaktik qurilishida ona tilining milliy qiyofasi aniq ifodalanar ekan, SG sintaksisini o‘rganish nafaqat ilmiy-nazariy, balki tarbiyaviy jihatdan g‘oyatda ahamiyatlidir. O‘zbek tili SG sintaksisini o‘rganish va o‘qitish talaba-yoshlarda milliy ong va o‘zlikni shakllantirish, milliy-madaniy an’analar va qadriyatlarni e’zozlash, asosiysi, ona tilida mustaqil ijodiy tafakkur qilish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu hozirgi kunda ta’lim tizimidagi bosh maqsad − barkamol avlodni tarbiyalash nuqtayi nazaridan dolzarbdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi
PF-4797-son «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida», 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi Qonuni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu loyiha ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 322,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə