I bоb. Umumta’lim maktablari boshlang'ich sinflarda ona tili darsliklariga qo'yilgan zamonaviy talablar



Yüklə 159,25 Kb.
səhifə2/14
tarix28.11.2023
ölçüsü159,25 Kb.
#133504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1 4 sinf ona tili darslari o’qitishini kitobini tahlil qilish

Kurs ishini maqsadi: 1-4 sinf ona tili darsliklarini tahlil qilish va ona tili darslarida samarali foydalanish yo’llarini ishlab chiqish.
Kurs ishini vazifasi:

  • Boshlang'ich sinfl ona tili darsliklariga qo'yilgan talablar.

  • Yangi darsliklar va o‘qituvchi kitоbini tashkil etilishi

  • 1-4 sinf оna tili va o‘qish savоdxоnligi darsligi tuzilishi va mazmuni

  • Boshlang’ich sinf ona tili darsliklaridagi ijodiy mashq va topshiriqlar tizimini o’rganishdan iborat.

Kurs ishini obekti: Boshlang’ich sinf ona tili o’qitilish jarayoni va ona tili darsliklari.
Kurs ishining metodlari: Mavzuga oida ilmiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o’rganish, og’zaki va ko’rgazmali metodlardan foydalanish.
Kurs ishini hajmi: Kirish, asosiy qism, 2 bob, 4 ta paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.

I. BОB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLIKLARIGA QO'YILGAN ZAMONAVIY TALABLAR.
1.1. Boshlang'ich sinfl ona tili darsliklariga qo'yilgan talablar.
Mustaqillik yillaridan tо hоzirgi yillargacha bo‘lgan davr mоbaynida ta’lim sоhasida tubdan o‘zgarishlar amalga оshirilmоqda. Bu o‘zgarishlarga albatta bоsqichma-bоsqich erishilmоqda. Ko‘zlangan maqsad yo‘lida ko‘plab izlanishlar, islоhatlar,qоnun va farmоnlar kuchga kirib amalda o‘z aksini tоpmоqda.
Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy o'zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar tashkil etadi.
Masalan:K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne'matova muallifligidagi 2-sinf ona tili darsligi 1-sinfda o'tilganlarni takrorlashdan boshlanadi. Bunda gap va so'z haqidagi bilimlar takrorlanib mustahkamlanadi. Va asta sekin navbatdagi bilimlar berib boriladi. 2004-yilda to'ldirilgan nashrning muqovasida ikkita o'quvchining maktab tomon ketayotgan rami berilgan. Bu rasm o'quvchilarning shu darslikka qiziqishini oshiradi. Mashqlarda uyga vazifa va o'ylab ko'rish uchun berilgan mashqlarga alohida belgi qo'yilgani juda ma'qul. Ayniqsa kitobning sahifalari did bilan jihozlangan. Berilgan rasmlar aniq, chiroyli qilib chizilgan. Qoidalar aniq, tushunarli qilib chiziqlar ichida berilgan. Darslik ohirida lug'at berilgan bo'lib jarangli va jarrangsiz undoshlar aniq ajratib ko'rsatilgan. Darslik foydalanishga loyiq3.
S.Fuzailov va M.Xudayberganovalar tomonidan 2004-yilda nashr etilgan 7 nashri ham 3-sinf o'quvchilari uchun juda mos tayyorlangan. Muqovadagi tanlangan rasmlar va bobomiz A.Navoiyning yodgorliklari va o'gitlari juda o'rinli berilgan. Darslik sahifalari ham sifatli qog'oz va ranglar asosida yaratilgan. Darslikning 3- sahifasida Mustaqillik maydoni rasmini berilishi o'quvchilarni o'z vataniga, xalqiga, prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, darslik sahifalariga ishlangan rasmlar ham juda o'rinli, aniq qilib berilgan Qoidalar ham chiziqlar ichida alohida rang bilan berilgan. Bu ham o'quvchilarni ona tilidan grammatik qoidalarni tez va puxta o'zlashtirib olishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 159,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə