I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#136607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kamaz – 5320 avtomobilining oraliq birikmasi, kardanli uzatmasi va yetakchi ko‘priklari texnik loyihasini ishlab chiqish




Mavzu: Kamaz – 5320 avtomobilining oraliq birikmasi, kardanli uzatmasi va yetakchi ko‘priklari texnik loyihasini ishlab chiqish
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1.Kamaz – 5320 avtomobillar haqida
2.2. Kamaz – 5320 avtomobilining oraliq birikmasi, kardanli uzatmasi
2.3. Kamaz-5320 avtomobilining ilashish muftasi va uzatmalar qutisi haqida ma`lumotlar
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Birinchi avtomobil 1896 yil Rossiyani Peterburg shaxrida yaratilgan, ammo sanoat ishlab chiqarishda avtomobillarni tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha birinchi urinish Peterburg shaxridagi «G.A.Lesner» zavodi tomonidan amalga oshirilgan. Salkam 6 yil davomida ushbu zavoda 100 ga yaqin yengil va yuk avtomobillar tayyorlanib 1909 yilda ishlab chiqish to‘xtatilgan.
1909 yilda Riga shaxrida joylashgan «Russko-Baltiyskiy» vagon zavodida avtomobil chiqarish tashkillashtirilib 1909…1915 yillarda 625 ga yaqin yengil va yuk avtomobillari tayyorlandi.
1916 yilda Rossiyani xarbiy-texnik bosh boshqarmasi sanoatchilar guruxi bilan davlat kredit asosida 6 ta avtomobilsozlik zavodlarni tashkil qilish masalasi bo‘yicha kontrakt imzolandi. Bu avtomobil zavodlari quyidagicha nomlandi: Moskva shaxrida – AMO, Moskva atrofidagi Fili shaxarchasida – «Russko-Balt», Rqbinsk shaxrida – «Russkiy Reno», Yaroslav shaxrida «V.A.Lebedev» va Rostov-Don shaxrida – «Aksoy».
Sobiq ittifoq avtomobilsozligini tavallud topgan deb 1924 yil xisoblanadi, chunki shu yili Moskva avtomobil zavodi AMOda (xozirgi ZIL) yuk ko‘tarish qobiliyati 1,5 t bo‘lgan AMO-F-15 rusumli avtomobil seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
1925 yilda Yaroslav avtomobil zavodida (YaAZ) 3 tonnada yuk avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi. 1927…1928 yillarda Moskva shaxridagi «Spartak» nomli avtomobillar tahmirlash zavodida NAMI-1 rusumli kichik xajmli avtomobillarni seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1931 yilda 25 mingta uch tonnali avtomobil chiqarishga qayta jixozlangan Moskva avtomobil zavodi ishga tushirildi. 1933…34 yillarda ushbu zavoda avtobuslar va olti o‘rinli ZIS-101 rusumli yengil avtomobillar xam chiqarila boshlandi.
Yaroslav shaxridagi avtomobil zavodi 1931 yildan Ya-4 va Ya-5 kabi yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqara boshladi.
Mashxur Gorg‘kiy avtomobil zavodi (GAZ) 1936 yilda ishga tushib 1,5 tonnali GAZ- AA xamda GAZ-A yengil avtomobillari chiqara boshladi.
1938…39 yillarda KIM-10 rusumli kam xajmli avtomobil Moskva shaxridagi avtomobil yig‘uvchi zavoda ishlab chiqarildi (MZMA).
1944 yilda Miass shaxrida UralAZ rusumli 3 tonna yuk ko‘taradigan avtomobillar chiqarila boshlandi.
1947…48 yillarda zavodlar avval ishlab chiqarilayotgan avtomobillar o‘rniga GAZ- 51, GAZ-63, ZIS-150, ZIS-151, «Ural-355M», YaAZ-200, MAZ-200, MAZ-205 rusumli yuk avtomobillar va «Pobeda» (M-20) kabi yengil avtomobillar chiqarila boshlandi.
1955-59 yillarda sobiq ittifoqda ilk shaxarlararo ZIS-127 rusumli avtobus chiqarildi.
1957 yida Riga shaxrida RAF rusumli mikroavtobuslar chiqarilgan.
1960 yildan boshlab 25 va 40 t yuk ko‘taruvchi BelAZ avtomobillari ishlab chiqarildi. 60 yillarda zavodlar ZIL-130 va ZIL-131 (1967y.), GAZ-53A (1965y.) va Ural-377 (1966y.), MAZ-500, MAZ-503, MAZ-504 (1965y.) kabi zamonaviy yuk avtomobillari
chiqarilgan.
1967 yildan boshlab Ijevsk shaxrida «Moskvich-412» rusumli yengil avtomobilini, Moskvaning AZLK zavodi bilan parallel chiqarila boshlandi.
1970 yildan boshlab VAZ avtomobil giganti «Jiguli» va «Niva» rusumli avtomobillar tayyorlay boshladi.
Keyinchalik GAZ, ZIL va KamAZ zavodlarida Yangi 9…14 t yuk ko‘taradigan avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 30 t dan 180 t gacha yuk ko‘taruvchi BelAZ avtomobillar chiqarilgan.
VAZ va AZLKda old g‘ildiraklari yetakchi bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarildi. SHu yillarda UAZ-3303, GAZ-3307, «Ural-4320», KamAZ-5320 yuk avtomobillari, KAZ-3205, LiAZ-5256 rusumli avtobuslar va VAZ-1111, AZLK-2141, IJ-2126, VAZ-2108, VAZ-2109,
VAZ-2121, GAZ-24-10 rusumli avtomobillarni chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasida dvigatellar ishlab chiqarish
1981 yilda Toshkent motor zavodi qurilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ishlab chiqarish uchun Minsk motor zavodining (MTZ) D-240 rusumli dvigateli asos qilib olindi.
1985 yilda birinchi dvigatel yig‘ildi v 1987 yildan boshlab D -243 dvigatellari seriyali ishlab chiqarila boshlandi.
1993 yilda Toshkent motor zavodi «Adjind svissital» Italiya firmasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini dizellar bo‘yicha talabini qondirish uchun qo‘shma korxona tashkil qildilar. CHiqarilgan maxsulotni bir qismi eksportga mo‘ljallangan edi.
1996 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qaroriga binoan Toshkent traktor zavodida (TTZ) AQSHni «Keys» rusumli traktorlari ishlab chiqarila boshlandi. SHu bilan birga «Tashselmash» birlashmasida «Keys» rusumli don yig‘ish va paxta terish mashinalari xam ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu rusumli mashinalarga motor ishlab chiqarish «O‘zItalmotor» AU siga topshirildi.
Olib borilgan tadqiqot ishlari o‘tkazilgandan so‘ng 4VT-3,9A va 6VT-5,9A rusumli
«Cimmins» firmasida chiqariladigan dizellar tanlandi. 2003 yilgacha istehmolchilarga 4000 ta «Kamminz» dvigatellari jo‘natildi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə