I. U. Raxmonov, K. M. Reymov, N. N. Niyozov


Bir tarifli bir fazali hisoblagiehlar



Yüklə 3,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/96
tarix21.10.2023
ölçüsü3,78 Mb.
#129459
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96
Elektr ta\'minoti tizimida energiya tejamkorligi. Raxmonov I.U.

Bir tarifli bir fazali hisoblagiehlar
Bir tarifli bir fazali «Telekart-Asbob» hisoblagichlari maishiy 
sektorda qo‘llash uchun m o‘ljalIangan. Maksimal tokning yuqori 
qiymati tufayli ular elektr energiyasini ko ‘p m iqdorda iste’mol 
qiladigan ko‘p sonli elektr asboblar bilan jihozlangan uylarda va 
xonadonlarda qo‘llanilishi mumkin.
« T ele k a rt-A sb o b » M CH J ish la b c h iq a ra d ig a n b a rc h a
hisoblagiehlar 1,0 dan past b o ‘lmagan aniqlik sinflariga ega va 
ishchi harorat oralig‘i -40 dan +55°C ni tashkil etadi. Eng oddiy 
m odifikatsiyalar m exanik indikatorga ega, lekin suyuq kristalli 
indikator (SKI) o ‘rnatilgan, EHATga ulanish uchun interfeys 
chiqishiga, himoyalash va ruxsat etilmagan ulanishlardan indikatsiya 
tizimiga ega bo‘lgan modellari mavjud.
Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi:
• CTK - «Telekart» markali elektron hisoblagich;
• 
1 - bir fazali; 3 - uch fazali;
• 
10 - 1,OS aniqlik sinfi;
• K52 (K55) - tok va kuchlanish bo‘yicha to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri 
ulanish: 220 V, 5 A (60 A), (2 0, 10 A (100 A);
• 10 - elektron-mexanik indikator;
• 12 - elektron indikator va interfeys;
• S - o ‘lchovchi shunt element;
• Z - ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash funksiyasi;
• t - - 40 dan +55°C gacha ishchi haroratlar oralig‘i.
Hisoblagichlarning DTi
Hisoblagichlaming DTi quyidagi parametrlardan iborat:
1. Identifikatsiya parametrlari:
- hisoblagichni «initsializatsiya» sanasi;
- hisoblagichning identifikatori.
117


2. Hisoblagichning asosiy parametrlari:
- integratsiyalash davrlari (15, 30, 60 minut);
- vaqtni korreksiya qilish soniyalar soni (kunda bir marta), ±10 
soniya oraliqlarida;
- yozgi/qishki vaqtga o ‘tish (ha/yo‘q);
- yozgi/qishki vaqtga o ‘tish parametrlari (sana, vaqt);
- mavsumlar bo‘yicha oylami bo‘lish (12 tagacha);
- har bir m avsum uchun 8 tagacha vaqtli ta rif zonalarini 
dasturlash imkoniyati;
- shanba, yakshanba va bayram kunlarida ularga alohida tariflar 
berish bilan vaqt zonalarini dasturlash imkoniyati (modifikatsiyaga 
bog‘liq ravishda).
3. Yig‘iladigan m a’lumotlar va saqlanadigan axborotlar:
- «Butunlay», «Bir oyga» formatdagi har bir tarif uchun hisobga 
olinadigan energiya miqdori (joriy va oldingi, shuningdek, oxirgi 13 
oylik ko‘rsatkichlar);
- ta ’m inotning ulanishlari soni (tarm oq kuchlanishlarining 
yo‘qotilishi);
- hisoblagichga ruxsat etishlar soni, oxirgi ruxsat etishning 
sanasi va vaqti;
- hisoblagich korpusining ochilishlari soni, oxirgisining sanasi 
va vaqti.
4 .Y u k la m a n i 
u la s h /u z is h n i 
b o s h q a r is h
im k o n iy a ti 
(modifikatsiyalashga bog‘liq ravishda):
- 1 boshqarish kanallarining soni;
- tarifikatsion vaqt oralig‘ini ishlashi vaqti bo‘yicha boshqarish 
imkoniyati;
- interfeys bo‘yicha hisoblagichga uzatilgan buyruq bo‘yicha 
boshqarish imkoniyati;
- boshqarish kanali kommutatsiyalaydigan kuchlanish, 220 V 
dan ortiq emas;
- boshqarish kanali kommutatsiyalaydigan tok, 1 A dan ortiq 
emas.
118


Hisoblagichni dasturlash.
1. Hisoblagich parametrlarini quyidagicha dasturlash mumkin:
- ketma-ket port bo‘yicha kompyuter yordamida boshqarish;
- param etrlarni alm ashtirish qurilm asidan foydalanish -
optoport yordamida.
2. H isoblagichni dasturlash energiya ta ’m inoti korxonasi 
tom onidan ishlatish jo y ig a o ‘rnatishdan oldin yoki ishlatilishi 
juruyonida «Energiya» masofadan boshqarish tizimi vositalari orqali 
amalga oshiriladi.
3. Dasturlash «Konsol» dasturi yordamida amalga oshiriladi.
4. Agar shanba, yakshanba va bayram kunlari alohida tariflar 
bo‘yicha tariflashtirish zarurati bo‘lgan hollarda, bu kunlar uchun 
ham ish kunlariga o ‘xshash tariflarni tayinlash va vaqt zonalarini 
dasturlash zarur. Bayram k u nlarida ishlatish uchun bayram
nishonlanadigan kun sanalarini ko‘rsatish lozim.
5. Statistik axborotlam i y ig ‘ish va dasturlashni o ‘tkazish 
«Konsol» DTining «Dasturlash bo'yicha ko‘rsatmalar» bo‘limida 
kcltirilgan.

Yüklə 3,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə