I–Bob. “Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə11/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#134980
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
MAmura

Tashkilotchilik malakalari: - bo’lajak pedagoglarning o’quv-bilish faoliyatini boshqarish; - bo’lajak pedagoglarda ilmiy bilimlarni o’zlashtirish ko’nikma, malakalarini shakllantirish; - dars jarayonida vaqtni to’g’ri taqsimlash va rejani samarali bajarish; - bo’lajak pedagoglar bilan individual ishlarni tashkil etish; - guruh jamoasi bilan jamoaviy yoki guruhli ishlarni olib borish; - bo’lajak pedagoglarda ta‟lim muassasasi ichki tartib-qoidalariga rioya etish ko’nikmalarini shakllantirish; - bo’lajak pedagoglarga o’quv va ijtimoiy topshiriqlarni berish; - o’quvchilarning diqqatini boshqarish; - bo’lajak pedagoglar o’rtasida bahs-munozara tashkil etish va uni boshqarish; - darslarda o’yin texnologiyalaridan foydalanish; - bo’lajak pedagoglarning o’quv faolliklarini oshirish, ularning mustaqilligini ta‟minlash; - kichik guruhlarni shakllantirish asosida topshiriqlar bajarilishini ta‟minlash; - bo’lajak pedagoglar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlar ro’yxatini ishlab chiqish. 
Izchillikni ta’minlovchi (protsesssual) malakalar: - o’quv materiali mazmunini bayon qilishda nutqiy izchillikni ta’minlash; - og’zaki va yozma nutqni bayon qilishda o’zaro izchillikni qaror toptirish; - bo’lajak pedagoglarning mavjud bilimlari bilan yangi o’zlashtiriladigan bilimlar o’rtasida muayyan izchillikni yuzaga keltirish; - bo’lajak pedagoglarning mavjud hayotiy qarashlarini yangi g’oyalar bilan boyitish; - darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlaarda pedagoglarni faol faoliyatga undovchi metodlardan foydalanishda muayyan izchillikka erishish; - pedagoglar BKM darajasining DTS talablariga muvofiq kelishida ma‟lum izchillikka erishish; - guruh jamoasining ijtimoiy-psixologik holatini o’rganish metodlaridan foydalanishda pedagogik faoliyat izchilligini ta‟minlash; - pedagoglarning tarbiyalanganlik va rivojlanganlik darajasini baholashda doimiy izchillikka erishish 
Texnik-texnologik malakalar: - ta‟lim jarayoniga zamonaviy texnik vositalarini tatbiq etish; - dars jarayoni mazmunini texnologik pasport va texnologiya xarita yordamida yoritish; - O’quv materiali mazmunini yorituvchi slaydlarni tayyorlash; - O’quv mashg’ulotlarini axborot texnologiyalari, interfaol metodlar yordamida tashkil etish; - ixtisoslik fani xususiyatidan kelib chiqqan holda turli texnik vositalardan foydalanish; - darslarda proektorni qo’llay olish; - O’quv materiallarini audio va video yozuvlari, taqdimot asosida bayon qilish; - pedagoglarda o’quv materialini mustahkamlash va o’quv topshiriqlarini berishda axborot texnologiyalarini qo’llash; - kompyuter imkoniyatlaridan foydalanishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish; - pedagoglarning BKMni baholashni kompyuter asosida tashkil etish; - pedagoglarning bilim olganlik va tarbiyalanganlik darajalarini tashxis qilishda kompyuter yordamiga tayanish va b.sh.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə