Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Xushmuomalalik haqida mutafakkirlar shunday deyishgan



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə42/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
Respublikasi

Xushmuomalalik haqida mutafakkirlar shunday deyishgan:


Hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun talantdan ko‘ra kishilar bilan xushmuomalada bo‘lish ko‘proq muhimdir. (J.Lebbok)

  • Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatliligidan darak. (O.Balzak)

  • Ozginagina xushmuomalalik hayotingizni yoqimli, kunni esa nurafshon etadi.(K.Bouvi)

  • Xushmuomalalik eng zarur va eng yoqimli ezgulikdir.(J.Lokk)

  • Haqiqiy xushmuomalalik odamlar bilan muruvvatli munosabatdan iboratdir.(J.J.Russo)



1 Hilm – muloyim tabiatlilik.

Odoblilik yaxshi tarbiya ko‘rganlikning namoyon bo‘lishi, xatti- harakatlarda, so‘zlashuvda me’yorni, chegarani, muvofiqlik va nomuvo- fiqlikni bilishdir. Odoblilikning asosiy belgisi – o‘zini tuta bilish, hukm chiqarishda shoshmaslik, kishilarning orqasidan g‘iybat qilmaslik, o‘zgalar fikrini tinglay bilish, shirinso‘zlik hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobi – bu har bir xodimning o‘z xizmat vazifasini bajarishda shirinso‘zlik, sipolik, bosiqlik, xokisorlik, mehr-muruvvat ila hech kimni kamsitmasdan fuqarolar bilan bo‘ladigan muloqotlarining yaxlit ko‘rinishidir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining odobliligi:

  • odamlar orasida o‘z tanishi bilan boshqalar bilishi shart bo‘lmagan ishlar haqida ovozni baland qo‘yib gaplashmasligida;

  • suhbat chog‘ida o‘zini bosiqlik bilan tuta bilishida;

  • boshqa kishilarning xatti-harakatlari va xarakteri haqida hukm chiqarishda shoshilmasligida;

  • kishilarning orqasidan g‘iybat qilmasligida;

  • birovni nohaq xafa qilmasligida;

  • suhbatdoshi istamagan suhbatni sipolik bilan yakunlab qo‘ya qolishida;

  • o‘zi haqida gapirmasligi yoki juda ham kam gapirishida ko‘rinadi va h.k.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə