Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə50/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161
Respublikasi

G‘iybat va tuhmat. G‘iybat birovlarning orqasidan yomonlab gapirish, fisq-fasod tarqatishdir. G‘iybat tarqatuvchilarni g‘iybatchilar deb ataydilar. Ular birovning gapini boshqa birovga yetkazib, odamlar o‘rtasiga nifoq soladilar. Oqibatda ota o‘g‘ilni oq qiladi, qiz onasidan yuz o‘giradi, ustoz shogirdidan voz kechadi, rahbar va xodim o‘rtasida sovuqchilik tushadi, bir-birlaridan o‘ch olish payiga tushadilar. Shu tariqa g‘iybatchilar dunyoni buzadilar. Shuning uchun ham payg‘ambarimiz:
«G‘iybatdan saqlaningiz, g‘iybat zinodan ham yomonroqdur», – degan edilar.
Tuhmat bu halol, imoni butun odamlarni ayblash yoki qoralash maqsadida o‘ylab chiqarilgan asossiz da’vo, bo‘htondir.
Tuhmat-bo‘htonlar tufayli sobiq sho‘rolar davrida yuz minglab kishilar hayotdan ko‘z yumdilar. Birgina «o‘zbeklar ishi» deb ataluvchi Markazdan to‘qib chiqarilgan bo‘hton tufayli xalqimizning o‘n mingdan ortiq farzandi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdilar, besh mingga yaqinini qamoqda saqladilar. Ammo matonatli xalqimizning asl farzandlari qiyinchiliklarni, tuhmat balo-qazolarini yengib, asrlik kishanlarini parchalab tashlab, ozodlikni qo‘lga kiritdilar va ona Vatanimizning mustaqilligi, obodligi va ozodligi yo‘lida tinmay mehnat qilmoqdalar.
Tuhmat va bo‘htonning zararli illat ekanligi haqida donishmandlar shunday deganlar:
Biron-bir narsani ta’kidlay turib, uni qonuniy ravishda isbotlay olmaslik tuhmat qilish demakdir.(P.Bomarshe)

  • Boshqalarga tuhmat qilib shivirlaydigan odamni uyingdan haydab chiqar. (Fales)

  • Eshitar quloq uchun tuhmat tilga chiqqan chipqondek gap. (SH.Rustaveli)

  • Tuhmatga ishonish orqali qancha-qancha do‘stlik iplari uzilgan, qancha-qancha xonadonlar xaroba bo‘lgan. (Lukian)

  • Kim tuhmatchini qoralamasa, uni qo‘llagan bo‘ladi.(Svetoniy)

  • Bo‘hton xuddi miltiq kabi xavfli quroldir.(A.G.Rubinshteyn)

  • Bo‘hton hasad qurolidir.(S.Segyur)

  • Bo‘hton g‘ingillab jonga tegadigan ariga o‘xshaydi: uni joyida o‘ldira olishingizga ishonmasangiz, yaxshisi uni haydashga ham urinmang, qaytaga u sizga battar yopishadi. (N.Shamfor)


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə