Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə51/161
tarix29.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#139033
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161
Respublikasi

Yolg‘on. Yolg‘on bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, noto‘g‘ri so‘zlarni aytishdir. Yolg‘onchi kishilarni kazzob deydilar. Payg‘ambarimiz s.a.v.: «Al kazzobu lo ummati»1, ya’ni yolg‘onchi mening ummatimdan emasdir, – degan edilar. Gaplarning yomoni – yolg‘on gap, yolg‘onni hazil bilan ham, jiddiy ham gapirib bo‘lmaydi. Yolg‘onchilik yovuzlikka, yovuzlik esa jahannamga boshlaydi. Rostgo‘y odamga yaxshi, yolg‘on- chiga yomon baho beradilar.
Hadislarda: «Har bir yolg‘on gap odam bolasiga gunoh bo‘lib yoziladi, lekin uch yolg‘on yozilmaydi:

  1. Kishi urushda (dushmanga) yolg‘on ishlatadi, chunki urushning o‘zi hiyladir.

  2. Kishi xotiniga murosa uchun yolg‘on gapiradi.

  3. Kishi ikki kishining orasini isloh qilish (yarashtirish) uchun yolg‘on gapiradi»2, – deyilgan. Demak, urush vaqtida, er va xotinni rizo qilishda, ikki mo‘min orasini tuzatishda yolg‘on gapirish mumkin ekan.

Yolg‘onchilikning zararlari haqida donishmandlar shunday deganlar:
Yolg‘onchilik qabih illat. (M.Monten)

  • Yolg‘onchi inson deb atalishga loyiq emas. (F.Fenelon)

  • Yolg‘on beviqor qilur odamni,

Yolg‘on sharmisor qilur odamni. (Sa’diy)

  • Yolg‘onchining jazosi uning gapiga hech kim ishonmay qo‘yishida emas, balki uning o‘zi endi hech kimga ishonmasligidadir. (B.Shou)

  • Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi.(Abu Rayhon Beruniy)

Haqorat, qo‘rqoqlik, nifoq, tama, zulm. Xalq fidoyisi Abdulla Avloniy yomon xulqlar, axloqqa zid illatlar to‘g‘risida quyidagilarni yozgan edi.
«Haqorat deb bir kishining nafsiga, iffatiga tegadurgan so‘zlar ila qadr va e’tiborini tushurmak niyatida yomon muomala qilmoqqa aytiladi. Birovni haqorat qilish katta gunohdir. Haqorat tahqir qilingan kishining diliga o‘rnashib, shunday yomon jarohatlarni ochurki, fursatni g‘animat topib, o‘ch va intiqom olmaguncha tuzalmaydur.
Qo‘rqoqlik eng yomon xulqlarning biridur. Qo‘rqoq kishilar vahm va xayolot asiri bo‘lub, bir ishni ishlamakg‘a jasorat qilolmaslar. Qo‘rqoq kishilarning so‘z va va’dalariga ishonib bo‘lmagani kabi yo‘l va safarda




1 Ахлоқ-одобга оид ҳадис намуналари. – Т.: Фан, 1990 – Б.46.
2 Муҳаммад пайғамбар қиссаси. Ҳадислар. – Т.: Камалак, 1991.– Б.98.
ham hamroh bo‘lmak xatodur. Zeroki, yuraksiz kishilarda sabr va sabot, jur’at va matonat kabi yaxshi sifatlar bo‘lmaydur.
Nifoq deb kishining oldida bir xil, orqasidan boshqa xil so‘zlanadigan so‘zlarga aytiladi. Bunday so‘zlovchi ikki yuzlama kishilarni munofiq deyiladi. Ba’zi hiylakor, ko‘rnamak, yolg‘onchi munofiqlar bo‘lurki, o‘zlarining shaxsiy manfaatlari uchun sizni qurbon qilur.
Tama deb birovdan bir narsa umidvor bo‘lishga aytiladi. Tamagirlik balosiga giriftor bo‘lgan kishilarda nomus va hayo degan yaxshi sifatlar bo‘lmaydi.
Zulm deb birovning joniga yoki moliga zarar yetkazmakni aytiladi. Mansab va davlatga, kuch va quvvatga mag‘rur bo‘lib, birovning haqiga taarruz (to‘sqinlik) va tajovuz qilmoq zulmdur.
Kattalikning izzati zulm va taaddi (jabri)da emas, shafqat va marhamatdadur. Kichiklikning lazzati nafrat va qarshilikda emas, sadoqat va hurmatdadur»1.
Axloqqa zid illatlarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari. Umuminsoniy axloqqa zid illatlarning kelib chiqishiga quyidagi sharoitlar sabab bo‘ladi:

  1. Ijtimoiy hayot rivojlanishining bir tekis bormasligi, ya’ni eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli kelib chiqadigan axloqiy yomonliklar. Masalan, xususiylashtirishda eskilik bo‘lgan umumiy mulk- chilik tarafdorlari bilan yangilik bo‘lgan xususiy mulkchilik tarafdorlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar axloqiy illatlarni keltirib chiqaradi.

  2. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash sohasida yo‘l qo‘yil- gan xatolar tufayli kelib chiqadigan axloqiy yomonliklar. Bu haqda I.A.Karimov: «Hammamiz yaxshi bilamiz: 15 dan to 18 yoshgacha bo‘lgan davr inson umrida eng nozik, eng murakkab davrdir. Shu yoshda inson ongi, xulqi va axloqi, ma’naviy qiyofasi tugal shakllanadi. Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni o‘z holiga tashlab qo‘ysak, tarbiyasi, ilmi va ma’naviyati bilan shug‘ullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar bo‘lib yetishmog‘iga kim kafolat bera oladi?»2, – degan edi.

  3. Hayotning mazmunini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin boylik orttirish, mol-dunyo to‘plashda ko‘ruvchilarning haddan tashqari ko‘payib ketishi. Buning oqibatida o‘g‘rilik, chayqovchilik, fohishabozlik, talonchilik,



1 Qarang: Абулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. – Т.: Ўқитувчи, 1992. – Б.51, 52, 54, 55.
2Каримов И.А. Янгича тафаккурга – кенг йўл // Унинг ўзи. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т.6. – Т.: Ўзбекистон, 1998. – Б.11.
bosqinchilik kabilar avj olib ketadi.
Umuminsoniy axloqqa zid bo‘lgan eng yuqori darajadagi illat jinoyatchilikdir. Jinoyat sodir etish axloqiy yomonlikdir.
Umuminsoniy axloqqa zid bo‘lgan illatlar axloq normalarini buzishning quyidagi shaklarida namoyon bo‘ladi:

  1. ijtimoiy axloq buzilishining shakli bo‘lgan bezorilik;

  2. g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lishdan kelib chiquvchi qo‘pollik, qasos, qasam;

  3. o‘zining shaxsini ehtiyot qilmaslik tufayli kelib chiqqan axloqiy yomonlik shakllari: shaxsiyatparastlik, xudbinlik.

Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish sharoitida ham axloqqa zid illatlar, ayniqsa o‘g‘rilik, firibgarlik, poraxo‘rlik, jinsiy buzuqlik, ichkilikbozlik, mayda bezorilik kabilarning saqlanib qolishi tabiiydir. Buning sababi, bir tomondan, eskidan odamlarning ongida saqlanib qolgan axloqiy illatlarning yashovchanligi bo‘lsa; ikkinchi tomondan, jamiyatdagi ziddiyatlar, ularning to‘liq hal etilmaganligidir. Ana shu ikki masalani hal etishda ichki ishlar idoralari xodimlarining o‘z o‘rni bor.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə